Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning farmakologik xossalari yoritib beriladi.
SHuningdek, ishlab chiqarishda mexnat muxofazasi, yong‘inga qarshi, sanitar
13
texnikasi masalalarini echilishi kurs ishini texnologik qismi bilan chambarchas
bog‘langanligini unutmaslik kerak.
Texnika xavfsizligi bo‘limida ishlab chiqarishni zararli chiqindilari, zaxarli
ikkalamchi maxsulotlarni kayta ishlab zaxarsizlantirish, travma olish manbai va
sabablari yoritiladi.
Sanitar-texnika bo‘limida aspiratsiya va ventilyasiyani ishlab chiqarishda
qo‘llash; tebranish va shovqin bilan kurashish uslublari va chora tadbirlari keltiriladi;
changlangan havoni va bug‘ni so‘rib olish zaruriyati mavjud bo‘lgan joylar
ko‘rsatiladi va ishlab-chiqarish binolarida shovkin va tebranish darajasini
kamaytiruvchn uslub va amallar yoritiladi.
Xulosada, yong‘inga qarshi, va uni oldini olish asosiy profilaktika ishlari va
chora-tadbirlari ko‘rsatiladi (yo‘lak, eshik eni, yong‘inga qarshi omillar). Atrof
muhitni ishlab-chiqarish chiqindilarn bilan zaxarlanishidan saqlashga va maxsulotni
ekologik tozalanishini ta’minlovchi, ikkalamchi maxsulotlarni va chikindilarni qayta
ishlash maxsulotlaridan foydalanish chora-tadbirlariga aloxida ahamiyat beriladi.
Dostları ilə paylaş: