7. KURS ISHLARI HIMOYASI
Kurs ishini himoya qilish talaba bilimini yakuniy baholashidan biri bo‘lib, u kafedra
tomonidan tayinlangan komissiyasining ochiq majlisida himoya qilinadi.
Kurs ishi mavzusini bajargan talabani yana xam chuqurroq bilimga ega
ekanligini bilish uchun “Biotexnologiya” kafedrasi professor – o‘qituvchilari
tomonidan 3 kishidan iborat ximoyani qabul qilish xay’ati tuziladi. Komissiya-hay’at
a’zolari, 2 va undan ko‘p bo‘lib talabalar ham eshitish va ishtirok etishi mumkin.
Himoyada talaba xay’atga dastlab hisob-tushuntirish xatini berib, chizmani
taqdim etadi. Maruzaga 8-10 daqiqa beriladi. Bu vaqt davomida talaba kurs ish
mavzusini dolzarbligini, texnologik chizmani asosiy bosqichlarini, muallifni kiritgan
yangiliklarini va olingan ma’lumotni gapirib beradi . Himoya davomida mavzu
bo‘yicha umumlashtirilgan xulosalar, muallifning bu masala yuzasidan qilgan fikr-
muloxazalari va takliflari bayon etiladi. Illyustratsiya sifatida talaba oldindan
tayyorlangan sxema, jadval, grafik, diagramma, rasmlardan foydalanishi mumkin.
Ma’ruzani tinglangandan so‘ng talaba komissiya savollariga javob beradi.
Dostları ilə paylaş: |