Kurs ishini umumiy baholashda himoya natijalari va bajarilgan ishni sifati e’tiborga
olinadi. Rahbar kurs ishi mavzusiga, nazariy va amaliy qismiga, olingan natijalariga
baxo berishi bilan birga, unda talaba qo‘yilgan masalalarni naqadar to‘la va ilmiy –
uslubiy asosda amalga oshirganligi, ish yuzasidan olingan natijalarning ahamiyati,
xamda ishni ijobiy tomonlari va qilingan xulosaning to‘g‘riligiga e’tibor berish
to‘g‘ri bo‘ladi. Himoya natijalari “a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz”
15
Kurs ishiga “a’lo” baho mavzuni har tomonlama to‘g‘ri yoritgan, amaliyotni
hozirgi zamon voqeligi bilan uyg‘unlashtira olgan, adabiyotlar va hujjatlar bilan
ishlashda bilimini ko‘rsata olgan, qo‘yilgan barcha talablarga rioya qilib yozgan
talabalarning ishiga qo‘yiladi.
“Yaxshi” baho asosiy talablarga javob bergan, talab materiallar bilan tanish,
lekin ayrim savollarni yoritishga to‘liq va har tomonlama javob bera olmaydigan,
ayrim kamchiliklari bor ishga qo‘yiladi.
“Qoniqarli” baho talablarga javob beradigan, lekin talaba tomonidan savollargi
yuzakiroq jeavob bergan, ishni rasmiylashtirishda kamchilikka yo‘l qo‘yilgan
ishlarga qo‘yiladi.
“Qoniqarsiz” baho qo‘yilgan talablarga javob bermaydigan, yomon yozilgan
ishlarga qo‘yiladi.
Kurs ishi himoyasidan “qoniqarsiz” baho olgan talabalar o‘quv rejasida
ko‘rsatilgan mazkur fandan yakuniy baholashga kirish huquqidan chetlashtiriladi.
Kurs ishi himoya natijalari 100 ballik reyting baholash tizimi orqali aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: