5
1. KURS ISHINI BAJARISHDAN MAQSAD VA VAZIFALAR
1.1. Kurs ishini bajarishdan maqsad farmatsevtika korxonalarini loyihalashda yoki
ilmiy izlanish va referatik shakldagi kurs ishlarini bajarishda talabani mustaqil ish
yuritishga o‘rgatish na shu bilan birga bitiruv ishiga talabani tayyorlash.
1.2. Kurs ishini bajarishdagi asosiy vazifalar talabalar bilimini mustahkamlash va
chuqurlashtirish; texnologik masalalarni echishda talabalarni ijodiy yuksalishini
rivojlantirish; biofaol moddalarni ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy texnika
yutuklari bilan tanishtirish; soha adabiyoti va boshqa materiallari bilan ishlashga
o‘rgatish.
“Biologik faol moddalar texnologiyasi” fanidan kurs ishi – o‘quv jarayonining
muhim va asosiy bir qismi bo‘lib, “Biotexnologiya” kafedrasining o‘quv rejasiga
kiritilgan. Kurs ishini o‘qituvchi raxbarligida talabalarning mustaqil bajarishga
mo‘ljallangan o‘quv – uslubiy va ilmiy ishidir. Kurs ishi talabalarni kafedrada
olinayotgan nazariy va amaliy bilimlarini mustaqil va keng doirada chuqur
o‘zlashtirishlariga, shuningdek ilmiy adabiyot manbalari bilan ishlash ulardan to‘g‘ri
foydalana bilish, xamda kafedra eksperimental izlanish olib borish qobiliyatini
oshirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Kurs ishini bajarishda talaba asosan qiyosiy tahlil qilish yo‘llarini, muammolar
ustida ishlashda bir nechta adabiyotlardan foydalanish va yakuniy xulosalar
chiqarishni o‘rganadi.SHuningdek, talaba texnik materiallarni savodli yozishga,
yoritishga; texnologik echimlarni asoslab himoya qilishga, institutda olgan nazariy
bilimlarini kurs ishini va ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish jarayonida foydalanishga
o‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: