Ularda qo‘l va oyoqlar haddan tashqari uzun bo‘ladi. Yelka chanoqqa nisbatan tor bo‘lib jinsiy bezlarning rivojlanishi buziladi.
Balog‘atga yetish davridan boshlab, bir qadar aqliy qoloqlik yuzaga keladi.
Bu kasallik o‘rta hisobda yangi tug‘ilgan 500 ta o‘g‘il boladan bittasida uchraydi.
“KLAYNFELTER SINDROMI”
“SHERESHEVSKIY-TERNER SINDROMI”
Ayollarda jinsiy xromosomalar mutatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan, «Shereshevskiy-Terner sindromi» kasalligi uchraydi.
Bu kasallikka duchor bo‘lgan ayollarda juft gomologik jinsiy xromosomalar soni bittaga kamayadi. Ularda xromosoma soni 46 ta emas, balki 45 ta bo‘lib qoladi.
Bunday ayollarning bo‘yi juda past, bo‘yni juda qisqa bo‘ladi. Ularda tuxumdon rivojlanmagan, ikkilamchi jinsiy belgilar ham juda sust namoyon bo‘ladi. «Shereshevskiy-Terner sindromi» kasalligi o‘rta hisobda yangi tug‘ilgan 5000 qizdan bittasida uchrayd