PARKINSONIZMGA QARSHI ISHLATILADIGAN DORI VOSITALARI
Parkinsonizm-surunkali kechib, ekstrapiramid tizim yadrolari shikastlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Asosiy belgilari: tana mushaklarining tonusini oshishi, kiskarish xolatiga tushib kolishi (rigidlik), notugri xarakat bulishi (akineziya) va titrash (tremor) bilan namoyon buladi. Bu kasallik kupincha miya qon tomirlarining aterosklerozi natijasida va boshka miya kasalliklarida kelib chikadi. YOshi utib kolgan odamlarda kuprok uchraydi. Ma’lumotlarga karaganda, bu kasallikda miya tukimasida (bazal gangliylarida) dofamin kamayib ketishi aniklangan. Bundan tashkari, ekstrapiramidal tizimda va miya pustlok osti tugunchalarida xolinergik va dofaminergik jarayonlarni buzilishi, anikrogi, xolinergik faollikni oshishi va dofaminning funksional faolligini kamayishi aniklangan. Bu kasallikda asosan orka miya va bosh miya poyasining neyronlariga ta’sir etib, ularni kuzgaluvchanligini kamaytiradigan va shu bilan bir katorda orka miya refleksini susaytiradigan dori vositalari kul keladi. Demak, bu xastalikning davosi uchun ikki tizimni muvozanatini saklab turadigan yoki dofaminergik va xolinergik tizimga ta’sir etuvchi preparatlar ishlatiliishi urinlidir. SHu maksadda kuyidagi preparatlar ishlatiladi:
Dofaminergik retseptorlarni kuzgatuvchi (dofaminergik) preparatlar (levadopa, nakam, madopar, midantan, gludantan, pergolid, memantin).
Xolinergik tizimni tormozlaydigan (atsetilxolinergik) preparatlar (siklodol, triperidin, tropatsin, biperiden, etpenal, didipel, dinizin).
Bemorga davo kursatishda bu dori preparatlari uzok vakt davomida beriladi va ular almashtirib turiladi.
Levadopa. Preparat gematoensefalik tusikdan utib, neyronlarga kira oladigan va dofaminni kupaytiradigan dori vositasi xisoblanadi. Dofaminni oshishi esa kasallik alomatlarini kamaytiradi. Levadopa xarakatsizlanishga (akineziya) kuprok, mushaklarning tonusi oshishiga (rigidlik) kamrok, mushaklar titrashiga (tremor) yanada kuchsizrok ta’sir etadi. Preparatning ta’siri sekin-asta namoyon bulib, bir xaftadan keyin boshlanadi va bir oy mobaynida samarasi yuzaga chikadi. Dori ta’sirida nutk yaxshilanadi, sulak okishi kamayadi. Levadopa bilan davo kilishda uning dozasini oshirib turish tavsiya etiladi. Preparat ovkatdan keyin ichiladi. Kupincha levadopa markaziy va periferik xolinoblokatorlar bilan birga beriladi. Uning karbidopa dori vositasi bilan birga kushilgan preparati (karbidopa+levadopa) Respublika davlat reestriga kiritilgan.
Midantan-dofaminergik retseptorlarni sezuvchanligini oshiradi, neyronal depodan dofaminning ajralishini kupaytiradi, uning kaytadan depoga surilishini kamaytiradi. Preparat ta’sirida akineziya va rigidlik ancha kamayadi. Tremorga deyarli ta’siri yuk.
Siklodol. Farmakologik ta’siri bo‘yicha markaziy va periferik ganglioblokator xisoblanadi. Bunda xarakatlantiruvchi impulslarni neyronlararo utishi tusiladi. Natijada rigidlik va akineziya kisman kamayadi. Titrok xolatiga esa ta’siri kuchlirok. Preparat ogiz orkali kabul kilinganda sulak okishi kamayadi, terlash xam kisman kamayadi. Preparat glaukoma kasalligida, taxiaritmiyada, adenomada ishlatilmaydi.
Siklodol O”zbekiston davlat reestriga va asosiy dori vositalari ruyxatiga trigeksifenidil nomi bilan kiritilgan.
Dinizin. Farmakologik ta’siri bo‘yicha amizilga va diprazinga yakin. Markaziy va periferik xolinoretseptorlarni (kuprok n-xolinoretseptor) bloklaydi. Parkinsonizmda va Parkinson kasalligida beriladi. Titrash xolatlarini kamaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |