Toshkent farmatsevtika instituti


TALVASAGA QARSHI MODDALAR FARMAKOLOGIYASI



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə22/76
tarix31.03.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#54517
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76
нейротроп

TALVASAGA QARSHI MODDALAR FARMAKOLOGIYASI

Tutqanoq surunkali psixo-nevrologik kasallik bulib, ko’proq bolalar orasida uchrab turadi (1% atrofida). MNS-ning ba’zi bir jaroxatida va uning kasalliklarida asosiy simptomlardan biri talvasa xolati xisoblaniladi. Bunda bosh miyada patologik kuzgalish uchogi xosil bulib, vakti-vaktida kuzgalish impulslari kuchayadi va tarkalib xuruj keltirib chikaradi. Talvasa MNS-ning kuchli ko‘zg‘alishidan yuzaga chikishi mumkin. Masalan: Tutqanoqda, stolbnyakda, eklampsiyada va dorilar bilan zaxarlanganda (strixnin, korozol va b.k.) yuzaga chikadi. Talvasaning kelib chikishida MNS neyronlaridan  atsetilxolinni ajralib chikishini oshib ketishi va xolinesteraza  fermentining faoliyatini kamayishi sababchi bo‘ladi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra MNS-sidagi tormozlanishni yuzaga chakiruvchi mediator GAMK-ni  ( α -aminomoy kislota) kamayishi, glyutamin kislota Vitamin V6 larni etishmovchiligi, katexolaminlar va serotonin almashinuvining buzilishi xam o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Talvasa-2 xil bo‘ladi:

1. Tonik tirishish. Bu skelet mushaklarining (xam bukuvchi, xam yozuvchi mushaklarining) bir vaktda kiskarishidan yuzaga chikadi. Bunda butun organizm bo‘ylab kuchli zo‘rikish qayd etiladi. Orka miyadagi motoneyronlarning doimiy ko‘zg‘alishidan yuzaga chikadi. Bunda uxlatuvchi-barbituratlar va orka miyaning pastsinaptik  tormozlanishini yuzaga chikaruvchi GAMK preparatlari beriladi.

2. Klonik tirishish. Bu bukuvchi va yozuvchi skelet mushaklarining galma-galdan kiskarishidan yuzaga chikadi. Bu o‘rta va oralik miyani ko‘zg‘alishidan yuzaga keladi. Ba’zan kuchli ovoz orkali ko‘zg‘alishda, elektr toki o‘rganda xam yuzaga chikadi.

Tutqanoq kasalligi kuyidagi 3 kurinishda namoyon buladi: 1. Katta tutqanoq xuruji (grand mal), 2. Kichik tutqanoq xuruji (petit mal), 3. Psixomotor ekvivalent xolati.

Katta tutqanoq - xuruji birdan boshlanib, bemor xushidan ketadi va yikiladi, tana mushaklari tartibsiz kiskarib (tonik kiskarish), Tutqanoq tutadi. Ogzidan kupik ajrash bilan bir necha dakika davom etadi. Talvasa tugagach kasal uykuga ketadi. Tutqanoqning tez-tez kaytarilishi (epileptik status) ogir xolatlarga sabab buladi.

Kichik tutqanoq - xurujida esa bemor bir necha soniyaga xushini yukotib, bir nuktaga tikilib koladi, yikilib tushmaydi, savollarga javob kaytarmaydi. Kupincha yuz mimik mushaklarini titrashi kuzatiladi. Bemor atrofidagi odamlar kupincha bunday xurujni sezmay koladilar.

Psixomotor ekvivalent - xolatida esa tutqanoq tutish bulmaydi. Lekin, ma’lum vaktlarda buladigan xayol parishonlik xurujida (ayniksa tunlari) bemorning xarakati, yurish-turishi va ayrim ishlarni notug‘ri bajarishi mumkin (masalan, transportga tushib aylanib kelishi, uylamay-netmay xatti xarakatlar kilaverishi va boshkalar). Xuruj tugagach bemor xech narsani bilmaydi va eslay olmaydi.

Talvasa xolatida juda ko‘p dori moddalari (MNS susaytiruvchi va uning ko‘zg‘aluvchanligini kamaytiruvchi, xarakat markazlarini susaytiruvchi, uxlatuvchi, narkozlovchi, kuraresmon va boshka) ishlatilishi mumkin.

Talvasa va titrokka karshi ta’sir kursatadigan dori vositalari kimyoviy tuzilishi va farmakologik ta’siri, ishlatilishi buyicha turlichadir.

Tutqanoqka karshi preparatlarning asosiy guruxlari:

Barbituratlar (fenobarbital, benzonal),

Gidantoin unumlari (difenin),

Oksazolidindion unumlari (trimetin),

Suksinimidlar (etosuksimid, pufemid),

Iminostilbenlar (karbamazepin),

Benzodiazepinlar (klonazepam),

GAMKergik jarayonlarning stimulyatorlari (atsediprol, vigabatrin),

Neyromediator aminokislotalar ingibitorlari (lamotridjin),

Xar xil tuzilishga ega preparatlar (xloraqon, metindion).

Bir qator uxlatuvchi, tinchlantiruvchi dori vositalari, xususan, barbituratlardan fenobarbital, yukorida qayd etilganidek, 1912 yilda Tutqanoqka karshi ishlatilgan. 25 yil davomida uning 35 xil unumlari tekshirishdan utkazilgan. 1990 yilgacha asosan 16 dori vositalari Tutqanoqni davolashda ishlatilgan. Bulardan 13 tasi barbituratlar, gidantoinlar, oksazolidindionlar, suksinamidlar va atsetilmochevina unumlari xisoblanadi. Ular asosan bosh miya pustlok kismidagi xarakat zonalarining kuzgaluvchanligini zaiflashtiradi, shu bilan birga talvasaga sabab bulgan patologik uchokdan impulslar tarkalishini (irradiatsiyasini) susaytiradi. Preparatlar ta’sirida neyron devori pardalari barkarorlashadi, bu esa uz navbatida refrakter davrni uzaytiradi va neyronlararo impulslar utishini kamaytiradi. Xullas, talvasa va titrokka karshi kullanadigan dori vositalarining ta’sir mexanizmi xozirgacha batafsil urganilmagan. Umuman olganda, ularning ta’siri turlicha bulib, neyrofiziologik va neyrokimyoviy jarayonlarga karatilgan. Jumladan, bu dori vositalari ta’siri bosh miyadagi tormozlovchi mediator xisoblangan gamma-aminomoy kislotasining (GAMK) ortishi bilan tushuntiriladi. Bundan tashkari, ularning ta’siri nervlar oxiridagi adenozin uch fosfatazaga karatilgan bulib, mediator ajralishini buzadi degan fikr xam bor. Kiskacha kilib aytganda dori vositalarining ta’siri natijasida GAMK-tormozlovchi mediatorni mikdori oshib, kuzgalishni utishi kamayadi va tok ionlarini bir me’yorda bulishini ta’minlaydi. Bu degan so’z tutqanoqqa qarshi ishlatiladigan dori vositalarining davo kursatishining mexanizmi ular ta’sirida neyronlararo kuzgalishning kamayishi, neyronlar kuzgalishining zaiflashishi, tormozlanishning kuchayishi va tormozlovchi neyronlarning kuzgalishi bilan tushuntiriladi.

Bunda tutqanoq xurujining nechoglik tez yoki kam bulib turishi, kancha vakt davom etishi va uning turiga karab preparatlar tanlanadi. Bemorga davo kursatishda bir necha preparatlardan yoki tarkibida bir necha dori vositalari saklagan (piraminal, difenin, glyuferol va b.) preparatlardan foydalanish yaxshi samarali xisoblanadi.

Shuni aytib o’tish kerakki, talvasaga qarshi qullanadigan mavjud dori vositalari bemorni darddan butunlay forig qilib yubormay, kasallik xurujini ancha kamaytiradi, uning kechishini engillashtiradi, davom etishiini kiskartiradi. Preparatlar uzok vakt beriladi. 1-1,5 oylik tanaffusdan keyin davo kilish kaytariladi.

Nojuya ta’siri va asoratlari kupchilik preparatlarga xos bulib, ular birinchidan, preparatning kimyoviy tuzilishiga, dozasiga, berilish muddatiga boglik bulsa, ikkinchidan, bemorning dorilarga nisbatan sezuvchanligiga, chidamligiga, kasallikning turiga va kechishiga boglik. Kupchilik dori vositalari bosh aylanishi, uykuchanlik, kul barmoklarining titrashi, ataksiya, kungil aynashi, gemerolopiya (kurishning buzilishi), fotofobiya (nurdan kurkish), dermatit, leykopeniya va boshkalarni keltirib chikaradilar. Bunday uzgarishlar ruy bersa, dori preparatini berish vaktincha tuxtatiladi, zarur choralar kuriladi. Bemorni boshka preparatlar bilan davo kilinadi.

Tutqanoqqa qarshi dori vositalari O’zbekiston davlat reestriga kiritilgan va asosiy preparatlar ruyxatida qayd etilgan kuyidagi dorilar taalukli.

Fenobarbital-uxlatadigan ta’sirga ega bulgani uchun katta tutqanoq xurujiga davo kilishda uning kichikrok dozasidan (0, 05) foydalaniladi va ancha samarali xisoblanadi. Preparat bilan uzok muddat davo kilishda uning kumulyasiyaga va karamlikka sabab bula olishini nazarda tutish lozim. Davo davrida bemorda uykuchanlik xolati kuzatilishi mumkin.

Difenin-fenobarbital singari eng eski preparat bulib (1958 y), uxlatuvchi ta’siri bulmasligi bilan boshka dorilardan ajralib turadi. Bosh miyaning xarakat markaziga bulgan ta’siri kuchlirok. Tutqanoqning katta xurujlarida keng mikyosda ishlatiladi va ancha samarali xisoblanadi. Uning ta’siri natriy, kaliy va kalsiy ionlariga, xujayra parda potensialiga, aminokislotalar va neyromediatorlarga (noraderenalin, atsetilxolin, GAMK) karatilgan. Difenin bromidlar, fenobarbital va trankvilizatorlar (nozepam) bilan birga kushib berilishi mumkin. Difenin jigar va buyrakning ogir kasalliklarida, yurak faoliyatining etishmovchiligida tavsiya etilmaydi.

Benzonal-fenobarbitalga uxshab tutqanoqka karshi ta’sir etadi, lekin uning uxlatuvchi-tinchlantiruvchi ta’siri kuchsizrok. tutqanoqning katta xurujlarida boshka preparatlar (geksamidin, karbamazepin, difenin) bilan birga ishlatiladi.

Shuni aytib utish kerakki, barbituratlar (fenobarbital, benzonal) ayniksa benzonal jigar mikrosomal fermentlari faolligini oshiradi. Ular induktorlar xisoblanadi. SHuning uchun ularni boshka preparatlar bilan tavsiya etilganda bu nazarda tutilishi kerak. Aks xolda kushib ishlatilayotgan dorilarning samarasi bulmasligi mumkin.

Geksamidin-uzining ta’siri buyicha fenobarbitalga uxshab ketadi, lekin unga karama-karshi ularok, uxlatuvchi-tinchlantiruvchi xususiyati yuk va kumulyasiya keltirib chikarmaydi. U asosan Tutqanoqning katta xurujida tavsiya etiladi.

Karbamazepin-tutqanoqka karshi yukori samaraga ega. Bundan tashkari antidepressiv va kisman ogrik koldiruvchi xossaga ega. Preparat psixomotor kuzgalishda (asosan katta xurujli tutqanoqda) qullanadi. Kichik tutqanoqda xam samaralidir. Yosh bolalarga xam tavsiya etish mumkin.

Natriy-valproat preparati-tutqanoqning katta va kichik shakllarida ishlatiladi. Uning bunday ta’sir etishi tormozlanish mediatori xisoblangan gamma aminomoy kislotasining (GAMK) metabolzmini ta’minlaydigan GAMK-transferaza (GAMK T) faolligiini kamaytirishi bilan boglik. Buning natijasida GAMK yigila borib pre va postsinaptik kutblanishni va postsinaptik parda kuzgaluvchanligini kamaytiradi.

Keyingi paytda shunga yaqin GAMKergik preparatlar olingan (vigobatrin, gavapentin va b.). Natriy valproat keng mikyosda ishlatiladigan asosiy preparatlardan xisoblanadi.

Xloraqon-yukorida keltirilgan preparatlarga nisbatan ancha xavfsiz, nojuya ta’siri deyarli bilinmaydi, terapevtik ta’sir doirasi keng bulgan preparat. Bemorlar xloraqon bilan davolanishni engil utkazadi. Preparat asosan katta xurujlarda va psixomotor ekvivalent xolatida tavsiya etiladi.

Trimetin-oksazolidin unumi xisoblanadi. Preparat orqa miya polisinaptik reflekslarini susaytiradi, neyronlar labilligini kamaytiradi. Neyronlardan natriy ionlarini faol ajralishi jarayoniga ta’sir etmaydi. Tutqanoqning kichik xurujlarida juda faol. Trimetin-me’da-ichak yo‘llarida yaxshi suriladi, jigarda parchalanadi va metabolitlar xolida buyrak orqali chiqib ketadi.

Nojo‘ya ta’sirlari: sedativ ta’siri bor, gemeralopiya (shapkurliK0 chaqiradi, allergiya berishi mumkin, aplastik anemiya va agronulotsitoz chaqiradi. Buyrak va jigarga salbiy ta’sir etadi.

Etosuksimid-kichik xurujlarda samarali. Trimetinga qaraganda kamroq zaharli, buyrak, jigar, qon yaratuvchi a’zolarga salbiy ta’siri kamroq. Xolsizlik, bosh aylanishi, dispepsiyalar chaqiradi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin