Toshkent farmatsevtika instituti


Pedagog faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar bilan bog‘liq vaziyatlar



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə71/85
tarix25.10.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#66226
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   85
Toshkent farmatsevtika instituti

Pedagog faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar bilan bog‘liq vaziyatlar
1-Keys
Pedagogika va psixologiya fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari professor-o‘qituvchilarni bir marotaba mashg‘ulotga kelmagan talabani oraliq nazorat kiritmaslik haqida ogohlantirdi. Professor-o‘qituvchilardan ayrimlari dekan o‘rinbosarining ko‘rsatmasiga asosan, bir marotaba mashg‘ulotga kelmagan talabalarni ham oraliq nazoratga kiritmadi. Ayrim o‘qituvchilar uch-to‘rt marotaba mashg‘ulotga kelmagan talabalarning ham oraliq nazoratni yozishlariga ruxsat berdi.
Noyabr oyida bo‘lib o‘tgan “Pedagogika” kafedra majlisida ham talabalarning davomat masalasi muhokama qilinib, qoldirilgan mashg‘ulotlarni o‘zlashtirish uchun qayta topshirish qanday amalga oshirilayotganligi muhokama etildi. Professor-o‘qituvchilardan biri qoldirilgan mashg‘ulotlar uchun qayta topshirishni olmasligi, talaba qancha mashg‘ulotga qatnashmaganligidan qat’iy nazar, oraliq nazoratga kirishi mumkinligi va mashg‘ulotlarni qoldirganligi uchun oraliq nazoratga kirishga ruxsat berilmasligi “Reyting to‘g‘risida”gi Nizomda ko‘rsatilmaganligini bayon etdi.
YUqorida keltirilgan vaziyatga aniqlik kiriting. Aniq vaziyatda aks etgan asosiy muammo va kichik muammolarga oydinlik kiriting.
2- Keys

Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 102-guruhi talabalaridan 8 nafari hamma fanlardan besh bahoga sessiyani yopayotganligini, faqat pedagogika nazariyasi fanidan ularning uch nafariga uch baho, to‘rt nafariga to‘rt baho qo‘yilayotganligini aytishdi. O‘qituvchidan esa, ularga besh baho qo‘yib berishni so‘radi. O‘qituvchi esa, bu holatni o‘rganib chiqishni zarur, deb topdi. Xuddi shu guruhga darsga kiradigan ikkita o‘qituvchidan “besh” baho so‘rab kelgan talabalar haqida so‘rab ko‘rdi. O‘qituvchilar mazkur talabalar boshqa fanlarning hammasidan besh olganmiz, deb ulardan baho qo‘ydirib olganligini aytishdi.


Mazkur vaziyatni aniqlik kiriting. O‘qituvchi mazkur vaziyatda qanday yo‘l tutishi lozim. Aniqroq qilib aytganda, o‘qituvchi qat’iy ravishda o‘z nuqtai nazarini saqlab qolishi kerakmi, yoki tolerant yondashuv asosida ularga so‘ragan bahosini qo‘yib berishi lozimmi?

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin