6-masala. 8-sinf o‘quvchisi Nodir kam ta’minlangan oila farzandi bo‘lganligi uchun sinfdagi tashkiliy ishlarga har doim ham qo‘shila vermas edi. Kino, teatr va muzeylarga deyarli bormas, sinf to‘lovlarini ham vaqtida to‘lay olmas edi. SHunday kunlarning birida sinfni ta’mirlash uchun pul yig‘ilayotganida Nodir vaqtida pulni olib kela olmadi. SHunda o‘qituvchi “Seni pullaringsiz ham sinf ta’miri bitadi. O‘zi bu sinf uchun nima ish qilgansan. Aslida foydangdan ko‘ra zararing ko‘proq. O‘tir joyingga” – deb hammaning oldida izza qildi. Nodir shunday oilada tug‘ilganidan, shu sababli o‘qituvchisi hammaning oldida izza qilganidan qattiq ranjidi. Natijada Nodir hammaga nafrat ko‘zi bilan qaray boshladi. Uni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish uchun kimlar bu ish bilan shug‘ullanishilari kerak.
7-masala. Bobur boshlang‘ich sniflarda a’lo baxoga o‘qigan lekin kiyinchalik uning o‘zlashtirishi pasayib ketadi snif raxbari bu vaziyatni uning ota-onasidan so‘rashtirganda bir galgi dars tekshirishdan keyin arzimagan xato tufayli otasi qttiq jazolaganini aytadi Bobur ulardan o‘ch olish maqsadida shu yo‘lni tanlagan. Snif raxbariga maslaxatingiz.
8-masala. Zarif sportga juda qiziqganligi uchun darsda befarq sinf raxbari uning otasidan bu masala bo‘yicha chora ko‘rishini talab qiladi otasi esa uni jazolab darsda yaxshi qatnashib a’loga o‘qishini talab qiladi. Zarif darsga yuzaki qarab faqat yaxshi baxo olish uchungina o‘qiydi. Bu masalada otasi va ustozi to‘g‘ri yo‘l tutdimi.
9-masala. Ilgari qalin do‘st bo‘lgan ikki o‘rtoq urishib qolishadi va buning natijasida sinfda bir-biriga qarshi bo‘lgan o‘g‘il bolalar guruxi paydo bo‘ladi. Bu vaziyatda sinf raxbariga maslaxatingiz. Guruhda o‘zlashtirishi past va biroz tarbiyasiz o‘quvchi bor. U bilan gaplashish befoydaligini bilib ota-onasini chaqirdingiz lekin ular ham kelmadi. Bu o‘quvchi bilan jiddiy shug‘ullanmasa bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutasiz?
10-masala. Dars paytida, ikkita o‘rtoq arzimagan narsaning ustidan urush boshlashdi. Ular janjallariga o‘qituvchilar va ota-onalar aralashdi. Bu janjalni bartaraf qilib, bolalarni yarashtirish uchun qanday chora tutish lozim? Darsda ikkita o‘quvchi janjallashsa siz o‘qituvchisiz, qanday yo‘l tutasiz?