Toshkent farmatsevtika instituti


-masala. Kursda guruhlar paydo bo‘la boshlasa. Siz bu vaziyatga qanday qaraysiz? 23-masala



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə76/85
tarix25.10.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#66226
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   85
Toshkent farmatsevtika instituti

22-masala. Kursda guruhlar paydo bo‘la boshlasa. Siz bu vaziyatga qanday qaraysiz?
23-masala. Bir talaba qizni Yosh o‘qituvchi yoqtirib qoldi. Bu juda tez hammaga ovoza bo‘lgani sababli, qiz darslarga kelishga tortinib, tengqurlaridan ajralib qoldi.
Bu vaziyatni qanday tahlil qilgan bo‘lardingiz?
24-masala. Agar o‘qituvchi ota-onalar majlisiga kech qolib kelsa – bu JINOYAT. Agar ota-onalar yig‘ilishga kech qolishsa bu – SABAB.
Quyidagi fikrga qanday qaraysiz?
25-masala. Maktabda bo‘yanib yuradigan qizlar va chekib yuradigan o‘gil bolalar bilan qanday shug‘ullanish mumkin?
26-masala. O‘qituvchi bir o‘quvchi gap qaytargani uchun qo‘l ko‘tardi. Ma’lum vaqtdan keyin o‘sha o‘qituvchini ishdan bo‘shatildi.
Vaziyatni tahlil qiling.
27-masala. Farhod o‘qishdan kelib choy taxlashga o‘rindi. U endigina 9 yoshga to‘lgan edi. Farhodning otasi ishdan kech qaytardi. Uning onasi Fotima opa uy-ishlaridan kechgacha ortmas, bu orada opa 2 yashar qizi Zaxroga ham qarab charchab ketar edi. CHunki Zaxro juda injiq va nimjon bo‘lgani uchun ko‘p kasal bo‘lar edi. Ota-onasining barcha e’tibori kichik Zaxro tomon qaratilgani Farhodning jahlini chiqarar va rashkini keltirar edi. Bir tomondan buvisining Farhodga qiladigan nasihatlari, o‘gitlari uni uylashga, mulohaza qilib, senglisi Yosh bo‘lgani uchun unga ko‘p e’tibor kerak degan xulosaga kelardi. Ammo buvisi onasiga ko‘p tanbeh berishi Farhodni bezota qilib qo‘yar edi. Farhodning uyidagi bu holat uning o‘qishiga ta’sir qilmay qolmadi. Oldingi quvnoq, jim deganga quloq solmaydigan o‘yinqaroq bola, endi har narsaga harxasha qilar edi. Oilaning bunday holatga kelib qolishiga sabab nimada deb o‘ylaysiz?
28-masala. Dilfuza uyiga yig‘lab keldi. Ota-onasining yolg‘izi, oq-u qorasi bo‘lgan, Dilfuzani ota-onasi avaylab-asrashar edi. Dilfuzani onasi Nazira opa undan qancha so‘rab-so‘rishtirmasin, u hech narsa aytmadi. Bu holat Nazira opaga tinchlik bermadi. Dilfuzani maktabda Lobar degan sinfdoshini o‘ziga yaqin olishini bilardi. SHuning uchun Lobardan bo‘lib, o‘tgan voqeani so‘rab-so‘rishtirdi. Kimyo darsida o‘tkazilayotgan labaratoriyada qo‘shmaslik lozim bo‘lgan suyuqlikni qo‘shib yuborgani uchun uni o‘qituvchisi qattiq o‘rishgani va bunga qo‘shimcha bo‘lgan sinf rahbarini tarbiyaviy soatda bergan tanbehiga chiday olmasdan gap qaytarib, yomon so‘zlar bilan haqoratlab eshikni yopib chiqib ketganini aytdi. Nazira opa yolg‘iz oq-u qorasi bo‘lgan Dilfuzani hech kimga xafa qildirib qo‘ymayman deb jahl ustida o‘qituvchilarga nimalar deganini bilmay qoldi. Dilfuza bo‘lib o‘tganlarini eshitib o‘zida ham xato o‘tganini, onasini qilgan ishini tushunishga harakat qildi. Ammo endi maktabga qanday borishi, o‘qituvchilari va o‘quvchilarining oldida kim degan odam bo‘lganini o‘ylab siqilar edi. Dilfuza bu vaziyatda qanday yo‘l tutishi to‘g‘ri bo‘ladi?
29-masala. Oilasida kam ta’minlangan bolalar mavjud sinfda rahbarsiz. Siz uning oilaviy sharoitidan behabar tarzda uni butun o‘quvchilar oldida pul olib kelishi haqida gapirib uyaltirdingiz. Bunday hal bo‘lganidan keyin o‘quvchi darsga kelmay qoladi. Uyiga borib uzr so‘rab maktabga borishini aytsangiz ham dasrsga kelmay qoldi. Bunday holda qnday munosabat bildirasiz?

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin