Toshkent farmatsevtika instituti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə20/52
tarix09.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#127803
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
FITQusl.qol.2-qism.10.02.2020

V.Axborot qismi.


Farmatsevtik logistika haqida tishuncha.


Farmatsevtik logistika — Farmatsevtik va boshqa tovarlar hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan Farmatsevtik yordamda iste’molchilarni qoniqtira oladigan axborotli, moliyaviy va xizmat qilish oqimlarini o‘z ichiga oladigan boshqarish hamda qulaylashtirishni ta’minlaydigan fan va amaliy faoliyatdir.
Logistika moddiy resurslarni taqsimlash, ishlab chiqarishni texnik, texnologik, tashkiliy ta’minlash to‘g‘risidagi fan sifatida, ilmiy-texnik taraqqiyot ta’siri natijasida mahsulotlar aylanuvi jarayonini takomillashtirib borishga bo‘lgan doimiy talab ta’siri ostida praydo bo‘ldi.
Logistika quyidagilarga asoslanadi:
-texnikaga (materiallar oqimi);
-axborotga (axborotlar oqimi);
-ishlab chiqarishga (mos holdagi boshqaruv modellari bilan).


Logistik tizim, logistika infrastrukturasi, logistik sarf-harajatlar, logistik kanal, logistik zanjir terminlari.
Logistik tizim (LT) deganda elementlar va ular o‘rtasida yuk (material) oqimini, u paydo bo‘lgan nuqtadan iste’mol qilinadigan nuqtagacha boshqarish maqsadida paydo bo‘ladigan o‘zaro aloqalar hamda bu jarayonlar uchun zarur bo‘lgan axborot oqimlari yig‘indisi tushuniladi.
Logistik tizimning elementlari quyidagilardir: ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi korxonalar va boshqa tarmoqlarning korxonalari, tijorat-vositachilik korxonalari, transport va ombor quvvatlari, yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar, axborot tizimlari, axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uzatish moslamalari, boshqaruv organlari (menejment).
Logistika infrastrukturasi deganda bir korxonadan boshqa korxonaga moddiy va axborot oqimlarini ishonchli hamda bir maromda yetkazib turilishini ta’minlaydigan transrort va boshqa zaruriy elementlarning yig‘indisi tushuniladi.
Quyidagilarga qilingan harajatlar logistik sarf-harajatlar hisoblanadi:
-tashishga, ortishga, tushirishga, qayta ortishga, yuklarni manipulyatsiya qilishga;
- transport- ombor ishlarining hamma turlari bo‘yicha taxlash;
- axborot xizmatini ko‘rsatish, ya’ni axborot oqimlarini tashkil etish;
- aylanma mablag‘larni tutib turishga va omborlarda yuklarni saqlab turish natijasida qilinayotgan tavakkalchilik;
-logistik boshqarishga.
Logistik kanal-yetkazib beruvchi, iste’molchi, tashuvchi, vositachi, sug‘urtachilardan iborat qisman tartibga solingan ko‘plik. Iste’molchi yoki etkazib beruvchi bozor iqtisodiyoti sharoitida tashuvchilarni, sug‘urtachilarni va hokazolarni turli xil usullar bilan (reytingini hisoblash, operatsiyalarni tadqiq qilish usullarini qo‘llash va hokazo) tanlash imkoniyatiga egadir. Tanlash amalga oshirilgandan so‘ng logistik kanal, logistik zanjirga aylanadi.
Logistik zanjir-bu chiziqli tartibga solingan ko‘plab jismoniy va yuridik shaxs (ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, umumiy foydalaniladigan ombor)larning ko‘pligi bo‘lib, ular tashqi moddiy oqimni bir LT dan boshqa LT ga yetkazib berish bo‘yicha yoki yakuniy iste’molchiga yetkazib berish bo‘yicha (noishlab chiqarish iste’moli, shaxsiy iste’mol) operatsiyalarni amalga oshiradi. Umumiy holda logistik zanjir ishlab chiqaruvchi iste’molchi, vositachi va tashuvchilarni birlashtiradi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin