9.Qaysi hujjatga asosan zahira bo‘limidan dori vositalari dorixonaning boshqa bo‘limlari va shaxobchalariga tarqatiladi? Laboratoriya qadoqlash ishlarini xisobga olish daftarigaasosan
qabul qilish dalolatnomasiga asosan
yuk xatiga asosan
talabnoma yuk xatiga asosan
10.Talabnomaning birinchi nusxasi qaysi hujjatga ilova qilinadi? tovarlar xisobotiga
Lаbоrаtоriya vа qаdоqlаsh ishlаri hisоbini оlib bоrish tаrtibi.
V.Axborot qismi.
Dorixonada zahiralar bo‘limining vazifalari. Zaxiralar bo‘limining asosiy vazifalari dorixona ta’minotchilaridan keltirilgan dori vositalar va boshqa tibbiy mollarini qabul qilib olish, saqlash, ularni boshqa bo‘limlarga davolash-profilaktika muassasalariga, tashkilotlarga, shahobchalariga tarqatish hamda laboratoriya va qadoqlash ishlarini amalga oshirishdan iborat.
Zahiralar bo‘limidagi Farmatsevt va qadoqlovchilarning vazifalari Zaxiralar bo‘limida farmatsevt va qadoqlovchilar xizmat qilib, ular bevosita bo‘lim mudiri va muovinlariga bo‘ysunadilar.
Bo‘limda farmatsevt-texnologning vazifalari quyidagilardan iborat:
- bo‘limdagi laboratoriya ishlarini olib borish, jumladan, konsentrlangan eritmalarni, yarim fabrikatlar, dorixonada va tez-tez uchrab turadigan retseptlar bo‘yicha oldindan dorilar tayyorlash;
- qadoqlovchilar o‘rtasida ishlarni taqsimlab, qadoqlangan mahsulotlarni qabul qilish;
- tovarlar saqlash xonalarida davlat farmakopeyasi va amalda tasdiqlangan yo‘riqnomalarning talablariga muvofiq to‘g‘ri saqlanishini ta’minlash;
- shtanglaslarni dori va dori vositalari bilan to‘ldirib turish;
- biriktirilgan davolash profilaktika muassasalari va dorixona bo‘limlaridan tushgari talabnomalar asosida mollar to‘plash;
- dori vositalari va boshqa tibbiyot mollariga buyurtma tuzishda qatnashish, vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan dori vositalariga buyurtma tuzishda qatnashish, vaqtinchalik savdoda bo‘lmagan va yangi qabul qilingan dori vositalarining hisobini olib borish;
- dorixonaga olib kelingan mollarni qabul qilishda qatnashib, ularni saqlanish joylari bo‘yicha joylashtirishni tashkil qilish;
- bo‘limda farmatsevtik tartib va sanitariya rejimiga rioya qilishni nazorat qilib turish va boshqalar.
Qadoqlovchilar esa quyidagi vazifalarni bajaradilar:
- dori vositalarni qadoqlash;
- mollarni qabul qilishda va bo‘limlarga tarqatishda qatnashish;
- tarozilardan, qadoqlash asboblaridan va uskunalardan to‘g‘ri foydalanib, ularni ozoda saqlanishini ta’minlash;
- farmatsevt va farmatsevt assistentlarning ishlab chiqarishga doir ko‘rsatmalarini bajarish.
Qadoqlovchi bajarilgan ishning sifati va ish joyining sanitariya holati uchun javobgar hisoblanadi.