Toshkent farmatsevtika instituti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə42/52
tarix09.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#127803
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52
FITQusl.qol.2-qism.10.02.2020

Asosiy vazifasi. Laboratoriya dori vositalari va tibbiy texnika sifati bo‘yicha davlat nazorati ro‘yxatga olinadigan keyingi hamda davomli nazorat o‘tkazadi.


Laboratoriya asosiy faoliyatiga muvofiq ravishda quyidagi
vazifalarni bajaradi
-Tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga muvofiq dori vositalarini sertifikatsiyalashtirish va tanlab nazorat qilishni amalga oshiradi.
-Dorixona muassasalari va tashkilotlari tarkibida yurak glikozidlari saqlovchi dori vositalari hamda dorivor o‘simlik xomashyolarining biologik sifati nazoratini amalga oshiradi.
-Agar laboratoriyaning mikrobiologik xizmati mavjud bo‘lsa dorixonalarda tayyorlangan steril dori vositalaridan olingan yuvindilarning mikrobiologik tekshiruvini o‘tkazadi. Sifatsiz dori vositalari aniqlangan hollarda tezlikda bu dori vositalarining sotilishini to‘xtatib turish kerakligi haqidagi xulosani bosh boshqarmaga taqdim etadi.
-Shartnoma asosida belgilangan tartibda farmatsevtik faoliyat yuritish uchun litsenziyaga ega yuridik shaxslardan kelgan dori vositalari sifatini tekshiradi va sertifikatlar beradi.
-Zarur holatlarda dorixona muassasalari va korxonalariga farmatsevtik faoliyat uchun litsenziya berish yoki litsenziya berishni asoslangan holda rad etish haqida xulosa chiqarish uchun litsenzion hay’at ishida ishtrok etadi.
Nazorat tahlil laboratoriyasi dori vositalarining sifat nazoratini amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi. Bu qator nazorat tahlil laboratoriyalari O‘zbekiston Respublikasi “Dori-darmon” davlat aksiyadorlik birlashmalari qoshida, shuningdek viloyat “Dori-darmon” aksiyadorlik birlashmalari qoshida faoliyat yuritadi.
Ushbu nazorat-tahlil labaratoriyalari quyidagi vazifalarni bajaradi.
-Aksiyadorlik dorixona muassasalarida tayyorlangan dori vositalarining sifatini nazorat qilish;
-Aksiyador dorixonalarning faoliyatini dori vositalarining sifatini nazorat qilish bo‘yicha tashkiliy uslubiy boshqarish;
-Aksiyador dorixonalarni reaktivlar, titrlangan eritmalar bilan ta`minlash, ularning saqlanishi va ishlatilishini nazorat qiladi;
-Yilning har choragida dorixonalarda tozalangan suv, tez eskiruvchu va noturg‘un vositalarning sifatini nazorat qiladi.
Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun labaratoriya talabiga javob beruvchi ish joylariga ega va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Nazorat-tahlil laboratoriyalarning asosiy xonalariga quyidagilar kiradi:
Tahliliy zal – kimyoviy tahlillarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan asosiy ishlab chiqarish xonasi.
Zal tahliliy stollar, mo‘rili javonlar, titrlangan eritmlar uchun aylanma taglik, idish va reaktivlar saqlash uchun javonlar, shtativlar, o‘lchov idishlari va h.k.lar bilan ta`minlangan bo‘ladi;

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin