7.Dorixonaning zahira bo‘limining asosiy vazifalari. dorixona ta’minotchilaridan keltirilgan dori vositalari va boshqa tibbiyot tovarlarini qabul qilib olish, ularni boshqa bo‘limlarga tarqatish, laboratoriya, qadoqlash ishlarini bajarish
8.Dorixonaning zahira bo‘limidagi farmatsevtning burchlari nimadan iborat? Konsentrlangan eritmalarni, yarim fabrikatlar, dorixonada tez-tez uchrab turadigan retseptlar bo‘yicha oldindan dori vositalari tayyorlash, qadoqlangan mahsulotlarni qabul qilish, tovarlarni saqlash xonalarida to‘g‘ri saqlanishini ta’minlash va hokazo.
9.Qadoqlovchilarning vazifalari. Dori vositalarini qadoqlash, tovarlarni qabul qilishda, ularni bo‘limlarga tarqatishda qatnashish, tarozilardan va boshqa asboblardan to‘g‘ri foydalanish va xokazo.
10.Zahira bo‘limidagi bajarilgan ishlar qaysi daftarda qayd etiladi? “Laboratoriya va qadoqlash ishlarini xisobga olish daftari”da
“Qabul qilish dalolatnomasi”da
“Yuk xati” da
“Talabnoma” da
IV.Mustaqil tayyorlanish uchun savollar.
1. Farmasevtika bozorida olib borilgan islohotlarni sanab o‘ting.
2. Dorixona faoliyatida qanday axborot texnologiyalaridan foydalaniladi .
3. Internet dorixonalar va elektron tijorat haqida.
4. Farmasevtik korxonalarda elektron dasturlar.