Dezinfeksiyalovchi vositalar (xloramin V va boshkalar) germetik berkitilgan idishlarda saqlanadi. Saqlash uchun xona aloxida bo’lib va plastmassa, rezina x,amda metall buyumlar xamda tozalangan suv olinadigan xonalardan uzokrokda joylashgan bo’lishi kerak. Bunda saqlash joyi salkin va yorug’likdan ximoyalangan bo’lishi lozim.
Rezina buyumlardan iborat tibbiy buyumlarni saqlashga bo’lgan talablar: xona quyosh nuridan himoya qilingan bo’lishi kerak. Yorug’lik faqat sun‘iy,
elektr orqali bo’lishi lozim. Quruq xonalarning namligini saqlash uchun karbol kislotasining 2% li suv eritmasi idishlarda qo’yiladi. Rezina buyumlarning elastikligini saqlash uchun xonalar va shkaflarda shisha idishda ammoniy karbonat solib qo’yish kerak.
Bog‘lovchi materiallarni va yordamchi vositalarni saqlash tartibi.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalariningg‘ayriqonuniynusxalari — intellektual mulk to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalariningg‘ayriqonuniynusxalari — intellektual mulk to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari.
Qo’llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning egalarining yoki sudning qarori bo’yicha muomaladan chiqariladi va 30 kun mobaynida yo’q qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan dori vositalarining va tibbiy buyumlarni bojxonada rasmiylashtirish jarayonida, shuningdek sertifikatlashtirish sinovlari natijasida qo’llash uchun yaroqsizligi aniqlangan bo’lsa, bunday dori vositalari va tibbiy buyumlar O’zbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqarib yuboriladi (reeksport) yoki yo’q qilingunga qadar bojxona rejimida joylashtiriladi va yo’q qilinadi.