Qo’llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo’q qilish bilan bog’liq xarajatlar ularning egalari mablag’lari hisobidan qoplanadi.
Yo‘q qilish usullari
Suyuq dori shakllari (ampulalardagi in‘eksiya qilish uchun eritmalar, paketlar va flakonlardagi, aerozol ballonlardagi eritmalar, miksturalar, tomchilar) sindirib (ezilib), (aerozol ballonlar oldindan teshib qo’yiladi) hamda suv bilan kamida 1:100 nisbatda suyultirilib, hosil bo’lgan eritma kanalizatsiya tizimiga to’kiladi. Bo’shagan ampulalar, aerozol ballonlar, paketlar va flakon qoldiqlari konteynerlarga joylashtiriladi va chiqindilarni utilizatsiya qilish talablariga muvofiq yo’q qilinadi.
Yo‘q qilish tartibi
Qo’llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo’q qilish
«Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to’g’risida», «Ekologik nazorat to’g’risida» hamda «Chiqindilar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga amal qilgan holda amalga oshiriladi.