Toshkent gumanitar fanlar universiteti



Yüklə 128 Kb.
səhifə2/5
tarix15.08.2023
ölçüsü128 Kb.
#139443
1   2   3   4   5
Слайд

Bunday so`zlar turli sabablarga ko`ra o`zbek tili egalari tomonidan bir xil darajada qo`llanavermaydi. Qo`llanish doirasi chegaralangan leksikaning quyidagi xususiyatlari bor: 1. Bu leksika tarkibiga kiruvchi so`zlarning ma’nolari barcha o`zbek millati vakillariga tushunarli bo`lavermaydi. Masalan, doyi so`zining ma’nosini faqat xorazmliklar (yoki ularga qo’shni hududdagilar) tushunishadi (bu so`z adabiy iale tog`a degan ma’noni bildiradi). 2. Bu so`zlarning qo`llanish doirasi chegalanishi ularning kelib chiqishiga bog`liq emas. Masalan, kelib chiqishi jihatidan o`zbekcha bo`lgan purkagich (purka+gich) so`zi barcha o`zbek tilida so`zlashuvchilar tomonidan faol ishlatilmaydi (bu so`z ruscha pulverizator so`zining tarjimasidir).

Bir millatning ma’lum hududdagina yashaydigan vakillari tomonidan ishlatiladigan so`zlar yig`indisi dialectal leksika deb ataladi.Dialekt – yunoncha so`z bo`lib, dialektos – «tilning mahalliy ko`rinishi» demakdir. Dialektal leksika birligi dialektizmlar deb yuritiladi. Millatning ma’lum hududda yashaydigan qismi ishlatadigan birliklar ichida adabiy tilga tegishlilari ham bo`lishi mumkin. Dialektizmlar tilning faqat mahalliy ko`rinishigagina tegishli bo`lgan birliklardir. Dialektal leksika tarkibida quyidagi ko`rinishlar mavjud: 1) lug`aviy dialektizmlar shakl va ma’no jihatidan shevaga xosbo`lgan so`zlardir. Bunday dialektizmlar ham ikki xil bo`ladi: a) to`liq dialektizmlar shakli ham, ma’nosi hamfaqat shevaga xos bo`lgan so`zlardir. Masalan: xorazmcha:momo (buvi), gashir (sabzi), moyak (tuxum), o‘jak (buzoq), taxya (do‘ppi), sеcha (chumchuq), hovva (ha); farg‘onacha:valish (ishkom) paqir (chеlak); buxorochakallapo‘sh (do‘ppi), inak (sigir), nana (ona); toshkеntcha:ada (ota), doda (bobo).

b) yarim dialektizmlar faqat ma’nosigina shevaga xos bo`lgan so`zlardir. Masalan, xorazmchatakaso`zining “yostiq” manosi, o`ra so`zining “ustun” manosigina shevaga xosdir, adabiy tilda taka va o`ra so`zlari boshqa ma’nolarni (“echkining erkagi” va “qazilgan chuqurlik” ) ifodalaydi. Bir lug`aviy dialektizm har xil shevalarda har xil ma’nolarni ifoadalaydi: andi so`zi Toshkent shevasida “lo`li yoki qorayib ketgan, kir odam” ma’nosini ifodalasa, Qashqadaryo (Qovchin) shevasida “anqov, bechora” ma’nolarini bildiradi. 2) fonetik dialektizmlar adabiy tildagi so`zdan tovushlari bilan farqlanadigan birliklardir: jo`q (ad. yo`q), dag` (ad. tog`), chish (ad. tish) va b. 3) grammatik dialektizmlar shevagagina xos bo`lgan grammatik birliklardir (bular asosan affikslardir): borvotti (ad. boryapti), yurta (ad. yurtga), bozorgir (ad. bozorbop) va b. 4) frazeologik dialektizmlar adabiy tilda muqobili bo`lmagan va shevaga xos frazeologik birliklardir: Xorazm shevasida: boshi aylanmaydi (ad. e’tibor bermaydi). Bu haqda “Frazeologiya” bo`limida batafsil bayon qilinadi.


Yüklə 128 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin