12
1.KUCHANISHNI ROSTLASH MASALASINING QO’YILISHI,
MOHIYATI VA UMUMIY MA’LUMOTLAR.
Elektr ta‘minotida kuchlanishni rostlash usullarini quyidagicha tavsiflash
mumkin:
a) elektr stansiya va nimstansiya shinalarida rostlash.
Elektr stansiya shinalarida yuklama maksimum soatlarida va yuklama
minimum soatlarida generatorlarining qo‗zgatish tokini o‗zgartirib kuchlanishni
rostlash mumkin.
Pasaytiruvchi 35/10 kV li podstansiyalar shinalarida kuchlanishni
rostlash transformatorlar, statik kondensatorlar, sinxron kompensatorlar,
avtotransformatorlar yordamida rostlash mumkin.
b) uzatuv liniyalarida rostlash.
Nimstansiyaning uzatuv shinalarida yakka ravishda rostlash effektiv usul
xisoblanadi. Bu hollarda yuklama ostida rostlashga ega bo‗lgan
transformatorlardan, qo‗shimcha kuchlanish bera oladigan trans–formator va
liniyalariga ketma–ket ulanadigan kondensatorlardan foydalaniladi.
v) qo‗shma rostlash–birinchi (a) va ikkinchi (b) usullar birga qo‗llanadi.
g) kuchlanishning ko‗shimcha ravishda rostlash. Bu usul boshqa usullarni
qo‗llaganda kerakli darajaga erishilmaganda qo‗shimcha ravishda qo‗llanadi.
d) elektr ta‘minoti sistemasini o‗zgartirish bilan rostlash
Elektr ta‘minoti sxemalarida reaktiv quvvatni miqdori, yo‗nalishi va
tarmoqni ayrim joylarda qarshilikni o‗zgartiriladi, ya‘ni bu bilan tarmoqni ba‘zi
nuqtalarida kuchlanishni rostlash imkoniyati hosil bo‗ladi.
Kuchlanish darajasini kerakli miqdorda ushlab turish uchun ikki xil usul
Dostları ilə paylaş: