35
3.5-rasm
3.5. Kuchlanishni reaktiv quvvat oqimini o’zgartirib rostlash
Tarmoqda kuchlanish pasayishining bo‘ylama tashkil etuvchisi Ut
quyidagi ifodadan aniqlanadi.
(3.8)
Yuqoridagi ifodadan ko‘rinadiki, kuchlanish pasayishi tarmoqdagi aktiv
va reaktiv quvvat oqimlariga bog‘liq. EUL orqali oquvchi aktiv quvvat
iste‘molchi quvvati bilan belgilanadi. Kuchlanishni rostlash uchun aktiv
quvvatni o‘zgartirish mumkin emas. Ta‘minlovchi tarmoqlarda reaktiv
qarshilik aktiv qarshilikka nisbatan katta bo‘lmaganligi uchun quvvat
oqimlarini o‘zgartirib rostlashda kuchlanish pasayishiga Qyuxt ko‘paytma hal
qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Reaktiv quvvat oqimlarini kompensasiyalash uchun
kompensasiyalovchi qurilmalar – kondensator batareyalari (KB), sinхron
kompensatorlar (SK), shuningdek reaktiv quvvatni statik manbalari (RQSM)
qo‘llaniladi.