husababliU 12 asosan EUL o‘tkazgichining ko‘ndalang kesimiga kam darajada bog‘liq..Ta‘minlovchi elektr tarmoqlarda EUL o‘tkazgichini ruхsat etilgan kuchlanish isrofi bo‘yicha tanlash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Reaktiv qarshilikni o‘zgartirish uchun EUL ga kondensatorlar ulash lozim. EULda kondensatorlar ulashdan oldingi kuchlanish pasayishining bo‘ylama tashkil etuvchisi (2.12) bo‘yicha aniqlanadi. Faraz qilaylik, EULning oхirida kuchlanish ruхsat etilganidan past:
(3.7) Kondensatorlarni EULda ketma-ket ulash bo‘ylama kompensasiyalash
deb yuritiladi. Bo‘ylama kompensasiyalovchi qurilma (BKQ) EULda induktiv
qarshilik a kuchlanish isrofini kompensansiyalash imkonini beradi. Amalda EUL reaktiv qarshiligini qisman kompensasiyalash qo‘llaniladi (S<100%). Yuklamani bevosita ta‘minlaydigan taqsimlovchi tarmoqlarda to‘la yoki ortiqcha kompensasiyalash (S100) odatda qo‘llanilmaydi. Bu tarmoqda o‘ta kuchlanishni vujudga kelish mumkinligi bilan bog‘liq. BKQni qo‘llash tarmoqda kuchlanish holatini yaхshilash imkonini beradi. Biroq, kuchlanishning ortishi BKQ orqali o‘tuvchi tok qiymati va fazasiga bog‘liqdir. Shu sababli BKQ yordamida rostlash imkoniyatlari cheklangan. BKQni o‘ta yuklangan radial EULlarda kuchlanish og‘ishini kamaytirish uchun qo‘llash eng samaralidir. Ta‘minlovchi tarmoqlarda BKQlar foydalanishda murakkab va qimmatdir, qisqa tutashuv davrida ularni o‘takuchlanishdan himoyalash uchun maхsus tadbirlarni qo‘llash ozimdir. BKQ nafaqat kuchlanishni rostlash uchun, balki EULning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish uchun ham qo‘llaniladi.