Elektrlashtirishxalqxo`jaliginingbarchasohalarinirivojlantirish, hozirgizamontaraqqiyotiniamalgaoshirishuchunyetakchiomilhisoblanadi. O`zbekistonenergetikasixalqxo`jaliginingasosiysohasibo`lib, respublikadaiqtisodiyvatexnikataraqqiyotiningmustahkampoydevoridir. 1913 yildaO`zbekistondagibarchaelektrstansiyalarningquvvati 3 mingkVtgatengbo`lib, yiliga 3,3 mln. kVtsoatelektrenergiyasiniishlabchiqararedi. Respublikada energetikaning ravnaqi Toshkent shahri yaqinida joylashgan Bo`zsuv GES i qurilishidan boshlangan. Quvvati 2 ming kVt bo`lgan bu stansiya 1926 yilning may oyida ishga tushirilgan edi. Ayni vaqtda Bo`zsuv GES ini Toshkent tramvayini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi dizel elektrstansiyasi bilan bog'lovchi, uzunligi 34 km li 39 ta transformator punkti bo`lgan 6 kV li kabel tarmog'i qurilgan edi. Shu tariqa O`zbekiston energetika tizimini yaratishga asos solindi. Chirchiq-Bo`zsuv traktida elektrstansiyalarining qurilishi tez sur'atlar bilan davom ettirilib, 1926 yildan 1940 yilga qadar mazkur yo`nalishda 67 ming kVt quvvat ishga tushirildi. 1940 yilda O`zbekistonda gidroelektrstansiyalarining o`rnatilgan quvvati 170,5 ming kVt ga teng bo`lib, elektr energiyasini ishlab chiqarish 482 mln. kVtsoat ga yetdi.