Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


XI MATNDAGI IZOHLAR VA HAVOLALAR



Yüklə 181,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix21.07.2022
ölçüsü181,63 Kb.
#62845
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
BcWzy4M

XI MATNDAGI IZOHLAR VA HAVOLALAR
Dissertatsiya
matnida
bayon
qilingan
jadvallar,
ko‘rgazmali
materiallar,
chizmalar va boshqalarga qilingan havolalar (ssыlkalar) berilganda «1-jadval, «5-
rasm», «I bob», «2-§» va «9-bet»lar shaklida yoziladi. Ko‘rsatilgan ob’ektlarga
havolalar
qilinmasa,
unda
matnda
«jadvalda
ko‘rsatilganidek», «rasmda
aks
ettirilganidek» kabi so‘zlar bilan matn davom ettiriladi. Matn tarkibiga so‘zlar bilan
qo‘yilmagan havola qavs ichida (Qarang:___) deb qo‘shimcha beriladi.
Har bir betda berilgan izohlar (snoski) shu betning matn pastki
qismida chiziq tortilganidan keyin satr boshidan alohida tartib raqami bilan ko‘rsatiladi.
Keyingi betning izohlari yangidan tartib raqami bilan belgilanadi. Matndagi izohning
izoh belgisi faqat bir so‘zga taalluqli bo‘lsa, shu so‘zning oxirida, agar bir butun gapga
tegishli bo‘lsa gap oxiriga qo‘yiladi. Masalan: «Qaror»ga
1
yoki «Ishlab chiqarish
o‘sganligi belgilandi».
1
Izoh raqami har doim tinish belgilaridan oldin yoziladi (ko‘p nuqta, undov belgisi
va so‘roq belgisi bundan mustasno).
Ish matnida boshqa mualliflar, mutaxassislar, olimlar va boshqalar so‘z va
fikrlari, qonun, qaror va boshqalardan olingan gaplarga izohlar berish zarurdir. Aks
holda ko‘chirmakashlik deb qaralishi mumkin. Bularni ifodalashda izohlar (pastda) aniq


15
muallif ismi-sharifi va kitob nomi, chop etilgan shahar, nashriyot, chiqqan yili va betlar
ko‘rsatilishi shart.
Xuddi shu aniq tartib foydalanilgan adabiyotlarning bibliografik ro‘yxatida
saqlanishi kerak.
XII FOYDALANILGAN MANBALARNING BIBLIOGRAFIK RO‘YXATI
Magistrlik dissertatsiyaning asosiy qismlaridan biri bo‘lgan «Foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati» xulosa qismidan keyin joylashtiriladi. Bu qism talabaning ilmiy-
ijodiy ishlashi mustaqil faoliyati, qobiliyatini va o‘tkazgan tadqiqotining darajasini
ko‘rsatadi.
Ro‘yxatda faqat nashr qilingan va dissertatsiya ishida foydalanilgan (mavzuga
taalluqli)
adabiyotlar,
qonunlar,
farmonlar,
qarorlar,
yo‘riqnomalar,
buyruqlar,
maqolalar va olingan patentlar keltirilishi mumkin. Foydalanilmagan, asosiy matnda
keltirilmagan manbalar, entsiklopediyalar, ma’lumotnomalar va ilmiy-ommabop
nashrlar ro‘yxatga kiritilmaydi.
Har bir nashrni birinchi (yoki oxirgi) betida keltirilgan bibliografik nomi va
keltirilgan rekvizitlari aniq berilib, quyidagi tartibda kiritiladi:
-ro‘yxat tartib raqami;
-muallifning familiyasi, ismi-sharifi;
-kitob nomi;
-kitob chop qilingan shahar nomi;
-nashriyot nomi;
-chop etilgan yil;
-kitob jami qancha betdan iboratligi ko‘rsatilishi shart.
Foydalanilgan adabiyotlar bibliografik ro‘yxati quyidagi tartibda (alfavit
bo‘yicha) guruhlashtirilishi tavsiya
-
qilinadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ilmiy ishlari;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari;
3. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari;
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari;
5. Alfavit ketma-ketligida joylashgan adabiyotlar, maqolalar va chop qilingan tezislar;
6. Me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalar;


16
7. Statistik materiallar va to‘plamlar;
8. Xo‘jalik tashkilotlari, vazirliklar muassasalar va boshqalarning
buyruqlari va yillik hisobotlari;
9. CHet elda chop etilgan adabiyotlar,
10. Olingan patentlar;
11. Muallif chop etgan asarlar, maqolalar va qo‘llanmalar.

Yüklə 181,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin