Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 181,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix21.07.2022
ölçüsü181,63 Kb.
#62845
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
BcWzy4M



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI
«QISHLOQ XO‘JALIK GIDROTEXNIK MELIORATSIYA» KAFEDRASI
«Gidromelioratsiya» va «Melioratsiya va sugorma dehqonchilik» mutaxassisliklari
magistrlari uchun magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash bo‘yicha
METODIK KO‘RSATMA
Toshkent-2012


2
Ushbu metodik ko‘rsatma institut Ilmiy– metodik uslubiy kengashining 2012 yil
«14» 06 bo‘lib o‘tgan 10-sonli majlisida ko‘rib chiqildi va chop etishga tavsiya etildi.
Ushbu metodik ko‘rsatma magistraturaning 5A450201 - «Gidromelioratsiya» va
5A450202 - «Melioratsiya va sugorma dehqonchilik» mutaxassisliklariga mo‘ljallangan
bo‘lib, o‘z ichiga kafedrada o‘qitiladigan fanlarni o‘rganish va o‘zlashtirish borasidagi
ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha
ko‘rsatmalarni oladi.
Mazkur metodik ko‘rsatma
magistrlik
dissertatsiyasini
barcha tomonlari -
mavzu tanlash, unga material yig‘ish, qay tarzda yozish va rasmiylashtirish, himoya
qilishgacha bo‘lgan jarayonlar to‘g‘risida batafsil aniq ma’lumotlar berilgan.
Tuzuvchilar:
I.A.Begmatov, dotsent
A.K.Muxamedov, dotsent
Taqrizchilar:
Norkulov U.,
ToshDAU «Melioratsiya va
dexqonchilik 
asoslari» 
kafedrasi, 
k/x.f.n.,
dotsent.
Baraev F.A. – t.f.d., professor
© Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, 2012 yil.


3
KIRISH
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.A.Karimov
«Barkamol
avlod

O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», deb bejiz aytmaganlar. Bu avlod kelajakni
quruvchi, yaratuvchi, rivojlantiruvchi va bizning ota-bobolarimiz, biz boshlagan
ishlarning davomchisi, taraqqiy ettiruvchi, dunyo miqyosida tanituvchi vorislaridir.
SHularni his etgan holda, biz hozirgi hayotimizni, butun borlig‘imizni va bilim
salohiyatimizni shunday barkamol avlodni shakllantirishga bag‘ishlashimiz zarur.
SHuning uchun ham Prezidentimiz tashabbuslari bilan ta’limni isloh qilishga kirishildi
va uning milliy modeli yaratildi. Qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi»da Oliy ta’limning muayyan mutaxassislik bo‘yicha ikkinchi
bosqichi - magistratura, bakalavriat yoki maxsus oliy ta’lim negizida magistrlar
tayyorlash amalga oshirilishi belgilandi. 1999 yildan boshlab yurtimizning eng ko‘zga
ko‘ringan, nufuzli, tayanch bo‘lib hisoblangan oliy o‘quv yurtlarida, shu jumladan,
bizning Toshkent
irrigatsiya va melioratsiya institutimizda «Magistratura» bo‘limi
ochildi.
Ilk bor magistraturani bitiruvchilariga yo‘llagan tabriklarida Prezidentimiz
I.A.Karimov g‘ururlanib aytgan so‘zlarini esga olamiz: «Biz o‘z taqdirimizni
qo‘limizga
olib,
yangi
hayot,
yangi
jamiyat
qurishga,
kelajagimizni
jahon
hamjamiyatining uzviy bir qismi sifatida barpo etishga azmu qaror qilgan dastlabki
kunlaridanoq bunday yuksak maqsadlarga erishishning eng muhim sharti-o‘z mustaqil
fikriga ega, mustahkam irodali, chuqur bilimli, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmagan
sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish bilan bog‘liq ekanini teran angladik».
«Magistr»-lotincha so‘z bo‘lib, qadimiy asoslarga egadir. U — «murabbiy»,
«ustoz», «o‘qituvchi», «rahbar» ma’nolarini bildiradi. So‘zning to‘g‘ri tarjimasi — «o‘z
ishining ustasi» degan ma’noni ham bildiradi. Bu so‘zdan, masalan, musiqa termini-
«maestro»-musiqa sohasida ma’lum mutaxassislikni bildiruvchi katta usta ma’nosini
keltirib chiqadi.
Qadimgi Rimda «magister» so‘zi yuqori lavozimli shaxsni bildirib, ellikdan oshiq
lavozimlarga mansub bo‘lgan. Masalan, kema kapitani lavozimi «magister–navis»,


4
lashkarboshi lavozimi-«otliqlar magistri» deb nomlaganlar. Rim davlatida maxsus nom
ham
mavjud
bo‘lgan-«magister–populi»-«xalqa
murabbiysi»-direktor
ma’nosida
ishlatilgan.
Vizantiyada «magister»-oliy tabaqadagi xizmatchilarni eng yuqori unvoni bo‘lib,
davlatning eng yuqori mashhur shaxslariga berilgan.
O‘rta asrlarda «magistr»-«etti erkin san’atlar» o‘qituvchisiga berilgan maxsus
unvon bo‘lgan. U juda faxriy unvon bo‘lib, oliy tabaqa va cherkov peshvolari
taqdirlangan. Tefton ordeni, gospital’er ordeni va tampler boshliqlari esa oliy magistr
unvoniga ega bo‘lganlar.
Keyinroq
«magistr»-g‘arbiy yevropa
universitetlari
falsafa
fakultetlarida
doktorlikdan pastroq ilmiy daraja bo‘lib qoldi. Hozirgi anglo — amerika oliy ta’lim
tizimida magistr darajasi bakalavr va fan doktori o‘rtasidagi oraliq o‘ringa ega. U
bakalavr akademik darajasiga ega bo‘lgan, 2-3 yil ichida qo‘shimcha kurs o‘tgan,
maxsus imtihonlar topshirib, magistrlik dissertatsiyasini yoqlagan shaxslarga beriladi.
Magistratura-bakalavriatdan keyin aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va chuqur
bilimlarga asoslangan kamida ikki yillik oliy ma’lumotdir.
Magistr maxsus o‘quv rejalari, dasturlari asosida chuqur bilimlarga ega bo‘lib
turib, magistrlik ilmiy ishini bajarib, himoya qilish, pedagogik bilim va mahoratga,
zamonaviy ilmiy-amaliy bilimlarga, informatsion texnologiyalarga ega bo‘lishi va ilmiy
ishlarni davom ettira olishga tayyor bo‘lishi kerak.
Magistrlik darajasi «Oliy ta’lim standartlar»da belgilangan talablarga javob
beradigan,
mutaxassislik
o‘quv
dasturlarida
belgilangan
reja
fanlarini
to‘liq
o‘zlashtirgan, pedagogik va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib bora oladigan va ilmiy
dissertatsiya ishini himoya qilganlarga beriladi.
2001 yildan boshlab magistrantlarni tayyorlash bo‘yicha yangi yaratilgan va
tasdiqlangan Davlat standartlari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari asosida o‘qitish
tizimiga o‘tildi. Davlat standartlari, o‘quv rejalar va dasturlar asosan institut
mutaxassislik kafedralari tomonidan yaratildi. Ularga binoan magistraturada o‘qish
jarayonida pedagogik va ilmiy-tadqiqot bilan birgalikda dissertatsiya ishini yozish va
himoya qilishga asoslangan Yakuniy Davlat Attestatsiya Komissiyalarda belgilangan
fanlar bo‘yicha sinovlardan keyin talabalar dissertatsiya ishini himoya qiladilar. Mavjud


5
bo‘lgan adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalarga qaramasdan
talabalar dissertatsiya
mavzusini tanlashda, ishni yozib tayyorlashda, rasmiylashtirishda va himoyaga
tayyorlab, himoya qilishda ko‘p tushunmovchiliklarga va muammolarga duch
kelmoqdalar. Ushbu ko‘rsatma yuqoridagilarni umumlashtirib, tartibga solib va
yig‘ilgan tajribaga asoslangan holda talabalarga aniq yordam va ko‘rsatmalar berish
maqsadida yaratildi.
Keltirilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashqari talabalarga lug‘atlar bilan ishlash,
logika, tahlil, tahrir, ekspertiza, stilistika, ilmiy izlanish, uslubiyotlar bilan tanishib
chiqishlari maslahat beriladi.
Metodik ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasining hamma qonuniy va me’yoriy
hujjatlari asosida yaratilgan bo‘lib, unda chet mamlakatlar, Rossiya va Hamdo‘stlik
mamlakatlari tajribalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va
jamiyat qurilishi akademiyasida yaratilgan Nizom va O‘zbekiston Respublikasi
institutlarda yaratilgan qator qo‘llanmalar ko‘rib chiqildi.

Yüklə 181,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin