Aktiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqlar boshlang‘ich qoldiqqa debet oborot summasini qo‘shib, kredit oborot summasini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi. Passiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqni topish uchun boshlang‘ich qoldiqqa kredit aylanma summasi qo‘shilib debet aylanma summasi ayriladi.
Aylanma qaydnomadagi ustunlar bir - birovlariga tegishli tartibda teng keladigan debet va kredit jamilarga ega bo‘lishlari kerak. Debet va kredit bo‘yicha boshlang‘ich qoldiqlar jamilarining tengligi balansning har xil bo‘limlarida keltirilgan bir xil mablag‘larning umumiy summalaridan iboratdir. Pul ko‘rinishida bu summalar har doim bir xil bo‘lishi kerak, chunki u aktiv va passivning jamidir.
Barcha schyotlar debeti va kreditining yakunlari har xil bo‘lishi mumkin emas, chunki barcha muomalalar schyotlarda ikki yoqlama yozuv bilan aks ettiriladi.
Oxirgi qoldiqlarning tengligi boshlang‘ich qoldiqlarning tengligiga o‘xshab shartlanadi.
Yangi balansni tuzish uchun sintetik aylanma vedomostidagi oxirgi qoldiqlar summalaridan foydalaniladi. Gap shundaki, o‘ng tomondagi so‘ngi ustunlarda ko‘rsatilgan oxirgi qoldiqlarning barchasi birgalikda korxonaning yangi balansini anglatadi.
Lekin balansni tuzish aylanma vedomostiga sintetik schyotlar qoldiqlarini balans jadvaliga mexanik o‘tkazishni anglatmaydi. Aylanma vedomosti faqat hisobot davrining oxiriga bo‘lgan korxona mablag‘lari holati to‘g‘risidagi dastlabki ma'lumotlargagina egadir. Unda hisoblab chiqarilgan qoldiqlar, balans tuzishdan oldin tekshiriladi va aniqlanadi. Shuning uchun sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma vedomostlar ko‘pincha tekshiruv balansi deb ham nomlanadi.
Analitik hisob schyotlarida esa natura va boshqa o‘lchov birliklari
qo‘llanilishi ular aylanma qaydnomasi shaklinining quyidagi ko‘rinishda bo‘lishini taqazo etadi.