Respublika hukumatining eng muhm vazifalaridan biri aholining iste'mol tovarlariga nisbatan o`sib borayotgan talabini qondirishdir. Chunonchi, aholi oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat mahsulotlari bilan to`liq ta'minlanishi natijasida ularning farovon hayot kechirishlari uchun asos yaratiladi. Bu muammoni agrosanoat majmuasi hal etadi. Agrosanoat majmuasida barcha tarmoqlar o`zaro uyg`unlashishi (integratsiyalashuvi) hamda ixtisoslashishi natijasida aholining ikki xil ehtiyojini qondiradigan mahsulotlar ishlab chiqarilib, iste'molchilarga yetkazib berilishi zarur.
muammolarni hozirgi zamon talabi darajasida hal etish uchun:
muammolarni hozirgi zamon talabi darajasida hal etish uchun:
agrosanoat majmuasi tarkibidagi mashinasozlik, neft, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari qishloq xo`jaligini va uning mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlarni arzonroq, sifatli, unumdor ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlashlari;
qishloq xo`jalik tarmoqlari mavjud bo`lgan barcha ishlab chiqarish vositalaridan oqilona foydalangan holda talabni qondiradigan miqdorda sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishlari;
qishloq xo`jaligi tarmoqlarining rivojlanishini ta'minlash maqsadida ularga turli xildagi xizmatlarni vaqtida, sifatli va arzon narxlarda amalga oshirish, jumladan, ekinlarni suv bilan, texnikalar, kimyoviy vositalar, o`g`itlar, ozuqa-em, yoqilg`i, yonilg`ilar bilan, texnikalarni ta'mirlash va xizmatlar ko`rsatish;
qishloq xo`jaligida yyetishtirilgan mahsulotlarni nobud etmasdan vaqtida, sifatli tayyorlab, qayta ishlab, tayyor mahsulotlar iste'molchilarga yetkazib berilishini ta'minlash lozim. Bunda mahsulotlarni sotib olib, qayta ishlash korxonalari ko`lamini rivojlantirishga alohida e'tibor berish, respublika Prezidenti I.Karimov ta'kidlaganlaridek, qishloqqa sanoatni olib borish kerak. Shu bilan tarmoqdagi aholining ish bilan ta'minlanishi, real daromad olishi uchun katta imkoniyat yaratiladi;
respublika agrosanoat majmuasi tarkibidagi tarmoqlar o`rtasidagi barcha o`zaro munosabatlarni (baholar, soliqlar, to`lovlar) takomillashtirishga va ularni erkinlashtirishga qaratilgan tadbirlarni hamma bo`g`inlarda ishlab chiqib, ularning hayotga tatbiq etilishini ta'minlashga erishish kerak.