Fanning qisqacha bayoni: “
Umumiy kimyoviy texnologiya ” fani umumkasbiy fanlar blokiga
kiritilgan kurs hisoblanib, 2 -kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Fan kimyoviy texnologiyaning
nazariy asoslari, kimyoviy texnologiyaning asosiy tarmoqlari, kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab
chiqarishning yangi texnologiyalari, chiqindisiz texnologiyalardan foydalanish, energiya va xom
ashyo resurslarini tejash, kimyoviy reaktorlar, ishning yuqori unumdorligiga ta’sir etuvchi jixatlarni
tahlil qilish, kimyoviy ishlab chiqarishda chiqadigan chiqindilarni kamaytirish usullarini va
chiqindilardan foydalanish usullarini bilishda zarur bo`lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
Fanning maqsadi: talabalarga kimyoviy texnologiyaning asosiy tarmoqlari, kimyoviy texnologik
jarayonlarni optimal sharoitda olib borish, jahon andozalariga mos kimyoviy mahsulot ishlab chiqarish,
chiqindisiz texnologiyalarni yaratish, noorganik va organik mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologik
tizimlarining tahlilini o`rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko`nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi: –
kimyoviy jarayonlarning umumiy qonuniyatlari, ishlab chiqarishning asosiy texnik
iqtisodiy ko`rsatkichlarini tahlil qilish
haqida tasavvurga ega bo`lish; –
ishlab chiqarishning texnologik usullari, kimyoviy texnologiya ta`lim yo`nalishiga muvofiq
kasb
faoliyati sohalarida erishilgan asosiy yutuqlar, muammolar va ularning rivojlanish istiqbollari,
termodinamik, fizik-kimyoviy va texnologik jarayonlarning qonuniyatlari asoslarini
bilishi va ulardan foydalana olishi ;
–
ishlab chiqarish samaradorligini baholash mezonlarini, noorganik va organik mahsulotlarni
ishlab chiqarish texnologik tizimlarining tahlilini tadqiq qilish