Fanning maqsadi: talabalarga er shari va er qatlamining tuzilishi, ifloslantiruvchi moddalarning
tabiatga kelib tushish manbalari, nurlanish va uning ta’siri, atmosferaning tuzilishi va barqarorligi,
ifloslantiruvchi moddalarning atmosfera va gidrosferadagi kimyoviy o‘zgarishlari haqidagi asosiy
tushunchalarini hozirgi zamon ma’lumotlaridan foydalanib, chuqur bilim berish va talabalarda
mantiqiy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi: ➢
Er va er qatlamining tuzilishi; kimyoviy elementlarni tarqalganligi; nurlanish va uning atrof
muhitga ta’siri; atmosferaning tuzilishi va tarkibi; atmosferaning barkarorlik sharoitlari; ozon
qatlamining yemirilishi; atmosferada organik moddalarni kimyoviy o‘zgarishlari; atmosferada
fotokimyoviy smog hosil bo‘lish jarayoni; havoni oltingugurt va azot birikmalari bilan ifloslanishini;
tabiiy suvlarning sinflanishini; tabiiy suv xavzalaridagi gidroliz va oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini
to`g`risida tasavvurga ega bo`lishi;
➢
atmosferaning tuzilishi va tarkibi, ifloslanish yo‘llari va oqibatlari, ifloslantiruvchi
moddalarning atmosferadagi kimyoviy o‘zgarishlari, ozon qatlamining antropogen emirilishi,
fotokimyoviy smog hosil bo‘lish mexanizmi, tabiiy suvlarning sinflanishi, suv havzalardagi gidroliz,
oksidlanish-qaytarilish, nordonlanish jarayonlarini
bilish va ulardan foydalana olish ;
Atrof muhitda ifloslantiruvchi moddalarning ta’sirida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni baholash;
atmosfera xavosida va tabiiy suv xavzalaridagi kimyoviy jarayonlarni tahlil qilish; atrof muhitda
ifloslantiruvchilarning ta’sirida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni oldindan aytib berish va
tadqiqot qilish;.
Ma’ruza mashg’ulotlari Ma’ruza mashg’ulotlari katta sig’imli, multimedia qurilmalari bilan jihozlangan o’quv auditoriyalarida
olib boriladi.