TASHKENT INSTITUTE OF
CHEMICAL TECHNOLOGY
5
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10
sentyabrdagi 190- sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimida magistratura
faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida ishchi guruh tomonidan 1-2 kurs
magistrantlari bilan ilmiy- tadqiqot ishlari, pedagogik
texnologiya va pedagogik
mahorat, xorijiy tillarni bilish darajasi , axborot kommunikatsion texnologiyalarni
oʻzlashtirganligi darajasi yuzasidan suhbat oʻtkazildi.
Umummetodologik fanlar
boʻyicha davlat test markazi tomonidan test sinovlari oʻtkazilib, oʻzlashtirgan qoldiq
bilimlari tahlil qilindi.
Vino ishlab chiqarish kafedrasi professor- oʻqituvchilari ilmiy tadqiqot olib borishmoqda.
Institutda hozirgacha tahsil olganlardan 5 nafari Oʻzbekiston
Respublikasi Fanlar
akademiyasining akademigidir. Kadrlar tayyorlash dastlab 3 ta mutaxassislikda olib
borilgan boʻlsa, hozirgi kunda 30 ga yaqin ta'lim yoʻnalishlarida bakalavrlar, 35 dan
ziyod mutaxassislik boʻyicha raqobatbardosh magistrlar yetkazibberilmoqda.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining tarixiy
binosi
Institutda iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularni ragʻbatlantirishga
alohida e'tibor qaratilgan. Yuqori koʻrsatkichlar bilan oʻqiyotgan iqtidorli va iste'dodli
TASHKENT INSTITUTE OF CHEMICAL TECHNOLOGY
6
talabalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, A.R.Beruniy, I.Karimov va koʻplab atoqli
olimlar nomidagi Davlat stipendiyasi boʻyicha oʻtkazib
kelinayotgan Respublika
tanlovlarida faol qatnashib kelmoqdalar va sovrinli oʻrinlarni egallamoqdalar. Institutda
tayyorlangan kadrlar “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzdonmahsulot” AJ,
“Oʻzqurilish materiallari” kompaniyalari, “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” va
“Ustyurt gaz kimyo majmuasi”da yetakchi mutaxassis boʻlib samarali faoliyat
koʻrsatmoqdalar.
Institutning
hozirgi kundagi binosi
Dostları ilə paylaş: