Fanning maqsadi: Fanni oʼqitishning maqsadi – mustaqillik yillarida Oʼzbekiston Respublikasida
yuz bergan muhim oʼzgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini koʼrsatish va jamiyat hayotida
talabaning oʼrnini, oʼzligini anglatishdan iborat.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi: ➢
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz bosib o‘tgan tarixiy yo‘lning mazmun-mohiyatini,
O‘zbekistonning eng yangi tarixida amalga oshirilgan o‘zgarishlar haqida bilimlarni egallash;
➢
Oʼzbekistonning eng yangi tarixi muammolarini oʼrganish;
➢
Zamonaviy jarayonlarda Oʼzbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasi, xavfsizlik,
millatlararo totuvlik va diniy bagʼrikenglikni taʼminlash, Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro reyting
va indekslardagi oʼrni va nufuzini ortib borishi kabi jarayonlarni tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan
bilishi kera;
➢
Oʼzbekistonning eng yangi tarixi muammolarini oʼrganish, dunyoqarashni mustahkamlashda
milliy mustaqillik gʼoyasini qoʼllay bilish, atrofida sodir boʼlayotgan jarayonlarga oʼz munosabatini
bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining oʼrnini anglash va bugungi kunda
sodir boʼlayotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bogʼliqligini bilish koʼnikmalariga ega
boʼlish;
➢
Oʼzbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, maʼnaviy-milliy va umuminsoniy masalalar
boʼyicha oʼz qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik gʼoyalariga amal
qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga ega boʼlish;
Ma’ruza mashg’ulotlari Ma’ruza mashg’ulotlari katta sig’imli, multimedia qurilmalari bilan jihozlangan o’quv
auditoriyalarida olib boriladi.