Toshkent kimyo texnalogiyalar instituti


Kombinatsiyalashtirilgan turbinalar



Yüklə 490 Kb.
səhifə7/10
tarix18.09.2023
ölçüsü490 Kb.
#145068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1407813531 58533

Kombinatsiyalashtirilgan turbinalar


Kombinatsiyalashtirilgan turbinalarda bosim va tezlik bosqichlarining ijobiy tomonlaridan foydalaniladi va bunday turbinalar aktiv va aktiv-reaktiv bo‘ladi. Masalan, ba’zi kombinatsiyalashtirilgan turbinalarda yuqori bosim qismiga aktiv turbina, pastki bosim qismiga reaktiv-turbina qo‘yiladi. Bunday turbinalarda bosim bosqichlarining soni kamayadi binobarin turbina ixchamlashadi, ancha arzon va ishonchli bo‘ladi.

5. Bug‘ turbinasi.


Bug‘ning issiqlik energiyasini bosqichma-bosqich mexanik energiyaga aylantirib beruvchi issiqlik mashinasi bug‘ turbinasi deyiladi. Hozirgi paytda bug‘ turbinasi zamonaviy yirik elektr stantsiyalarining yagona dvigateli hisoblanadi.


Italiyalik olim D.Branko bug‘ turbinasi modeliga hos bo‘lgan bug‘ g‘ildiragini 1629 yilda yaratgan, unda bug‘ oqimining kinetik energiyasi uyg‘otgan impulps kurakli gildirakni aylantirishga sarflangan. Quvvati 4,4 kVt bo‘lgan birinchi bug‘ turbinasini (reaktiv turbina) 1885 yili ingliz muxandisi Parsons yaratdi, 1913 yilda esa , turbinaning kuvvati 25 MVt gacha yetkazildi. Keyinchalik bug‘ turbinalarining nominal kuvvati 60 MVt, bosimi 12,8 MPa ga yetkazildi, u kupchilik issiqlik elektr stantsiyalarida qo‘llanilib kelinmokda. Zamonaviy turbinalarning kuvvati 1200 MVt dan ortib ketgan. Turbina rotorining aylanishlar soni esa 2000-50000 ayl/min oralig‘ida. Suv bug‘ining kinetik energiyasini mexanik energiyaga aylantirish mumkinligini shved muxandisi Loval 1888 yilda (aktiv turbina) isbotladi.
Shunday kilib, bug‘ turbinasi yaratilgandan so‘ng, uni takomillashtirish tadqiqotlari davom etdi. Natijada bir, ikki va ko‘p bosqichli bug‘ turbinalari yaratildi. Turbinadagi ish jarayoni ketma-ket kechadigan ikki bosqichdan tashkil topgan: bug‘ning potentsial energiyasini kinetik energiyaga aylanishi va bug‘ning energiyasini turbina valining aylanma energiyasiga aylanishi.
Turbinaning ishlash tarzi sodda. Turbinaning (11-rasm) oqib o‘tish qismi ikkita asosiy qismdan: soplo apparati 4 va turbinaning vali 1 ga o‘rnatilgan disk 2 dan tashkil topgan. Diskning aylanasi bo‘ylab ishchi kuraklar 3 maxkamlangan, ular kanallar hosil kiladi.


Yüklə 490 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin