V. Kurs ishlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
1. Asfalt bitum olish jarayonini avtomatlashtirish.
2. Soda ishlab chiqarishda absobsiya jarayonini avtomatlshtirilgan boshqarish tizizmini shakillantirish
3. Sintetik yoqilg‘i olishda distilatsiya jarayonin avtomatlshtirish.
4. Giletsirin distelatsiya qilish jarayonini modellashtirish va avtomatlashtirish.
5. Ekestrsaksiya ususli bilan bir pog‘onali destilash jarayonini avtomatlashtirish.
6. Benzin fraksiyasini gidrodesulfirizatsiya qilish jarayoni avtomatlashtirish.
7. Bug‘ni qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish.
8. Mazutni destruktiv ususlda haydash texnologik jarayonini avtomatlshtirish.
9. Mavhum qaynash qatlamida shakarni qurutish jarayonini avtomatik boshqarish tizimini shakillantirish .
10. Kaliy o‘g‘tini olish flotatasiya apparatini avtomatlashtirish tizimini shakilllantirish.
11. Butanni degidirlash bilan buten olish jarayonini avtomatlashtirish.
12. Propan-butan aralshmasini olish qurilmasini avtomatlashtirish.
13. Piroliz gazini ishqor bilan tozalash jarayonini avtomatlshtirish.
14. Glifosat ishlab chiqarish jarayonin avtomatlshtirish.
15. Mettani yuqori bosimda kondensatsiyalash jarayonini avtomatlashtirish.
GRAFIK ORGANAYZERLAR Grafik organayzerlar ma’ruza, amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarida talabalar o‘quv materiallarini samarali o‘zlashtirishlari uchun joriy etiladi. Quyida ularning ba’zilari keltirilgan.
1) BBB jadvali. Barcha ma’ruza darslarida qo‘llaniladi. BBB usuli (“bilaman”, “bilishni xohlayman”, “bilib oldim”) orqali talaba o‘zini kuzatishi, o‘qituvchi esa darsga baho berishi mumkin. Talaba dars boshida mavzu bo‘yicha nimani bilishini (B1) va yana nimalarni bilishni xohlashini (B2) daftariga yozib qo‘yadi. Dars so‘ngida nimalarni bilib olganligini (B3) qayd qilib qo‘yadi.
2) Insert usuli.Bu usul matnni o‘zlashtirishda qo‘llaniladi. Talaba sahifa hoshiyasiga o‘z belgilarini qo‘yib ularga munosabat bildiradi. Masalan: “V” – zarur; “–“ - xato; “+” - yangi; “!” – e’tibor qiling; “x” - ortiqcha; “*” - ko‘chirish kerak; “?” – tushunarsiz va h.k.
3) Klaster sxemasi
Bu usul fikrni erkin bayon qilish uchun qo‘llaniladi. Masalan, talaba o‘tilgan mavzu bo‘yicha klaster tuzishi mumkin.
O‘rtaga kalit so‘z, tarmoqlarga unga bog‘liq boshqa atamalar yoziladi. Ular ham o‘z navbatida tarmoqlarga ajralishi mumkin.
4) Venn diagrammasi
O‘rganilayotgan obyektlarni taqqoslash, o‘xshash va farqli jihatlarini topish, tahlil qilish uchun qo‘llaniladi. Diagrammadagi doirachalar alohida obyektni, kesishmalar esa ularning o‘xshash va bog‘liq jihatlarini bildiradi.
Talabadan obyektlarning alohida (1-3), o‘zaro bog‘liq (4-6) va umumiy (7) jihatlarini yozma ifodalab berish talab etiladi.