Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali



Yüklə 34,17 Kb.
səhifə2/3
tarix25.03.2022
ölçüsü34,17 Kb.
#54153
1   2   3
2 ҳафта 9-21 OOT MUSTAQILLIK DARSI bayonnomasi

Majoritar saylov tizimi - tegishli saylov okrugidan saylovchilarning eng ko‘p ovozini olgan nomzodlar o‘rtasida mandatlar taqsimlanishini ko‘zda tutuvchi saylov tizimidir. Majoritar saylov tizimi ko‘pchilik ovozi prinsipiga asoslanadi va bunda agarda nomzod saylov okrugidagi saylovchilarning yarmidan ko‘proq ovozini olgan bo‘lsa, unda u saylangan deb hisoblanadi. O‘zbekistonda mutloq ko‘pchilik ovozga asoslangan majoritar saylov tizimi qo‘llanadi. Bunday saylov tizimiga ko‘ra saylovchilarning yarmidan ko‘pi qo‘llab-quvvatlagan nomzod deputat etib saylangan hisoblanadi. Ushbu tizimda odatda ovoz berishda ishtirok yetuvchi saylovchilar sonining quyi chegarasi belgilanadi (O‘zbekistonda -33%). Faqat kamida ana shu ko‘rsatkichga erishilgandagina saylov bo‘lib o‘tgan deb e’tirof etiladi. Agar birorta ham nomzod mutloq ko‘pchilikning ovozini to‘play olmagan bo‘lsa, saylanganlik masalasi hal etilmagan bo‘ladi. Bunday joylarda eng ko‘p ovoz olgan ikki nafar nomzod bo‘yicha okrugda takroriy ovoz berish o‘tkaziladi. 

Majoritar saylov tizimining ijobiy jihati shundaki, saylovchilar bevosita nomzodning shaxsiga e’tibor beradilar, ular u bilan tanishadilar, uning o‘zi bilan muloqotda bo‘ladilar va faoliyati yuzasidan aniq nazorat o‘tkaza oladilar. 




Yüklə 34,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin