Fermentlar ishlatiladigan soxalar
Fermentlarni ishlatilishiga zamonamizni yutug‘i sifatida qarash noto‘g‘ri bo‘ladi. CHunki, fermentlar bir necha asrlar avval teri oshlashda, pishloq, tayyorlashda, solod ishlab-chiqarishda (sumalak tayyorlashni eslang), pivo pishirishda, xamirturush sifatida va boshqa soxalarda ishlatib kelingan. Bu jarayonlarda xayvon va o‘simlik tuqimalari yoki butun mikroorganizmlar tarkibidagi fermentlar ishlatilgan. Fermentlardan tozalangan preparatlar sifatida foydalanish biroz kechroq, yaъni XIX asrning oxirrog‘ida boshlangan. AQSHda yashovchi, yapon olimi Iokishi Takamine ferment olish buyicha 1-patentni 1884-yilda ruyxatdan o‘tkazgan. O‘sha jarayonda Aspergillus oryzae zamburugi namlangan guruchda yoki bug‘doy kepagida o‘stirilib, sekretsiya bo‘lgan amilaza fermentini suv yoki tuzli eritma yordamida ekstraksiya qilib olingan. Mana shu "Takadiastaza" xozirgacha ovqat xazm bo‘lishiga yordam beruvchi vosita safatida ishlatilib kelinadi.
Fermentlar oziq-ovqat, engil sanoatda, tibbiyotda, farmakalogiya, qishloq xujaligi, organik sintez, ilmiy izlanishlarda, gen muxandisligida keng ishlatiladi. Jadvalda ferment preparatlari ishlab chiqarishda etakchilik qilib kelayotgan mamlakatlarda sanoat uchun muljallangan ferment tayyorlashni yillik miqdori keltirilgan:
Sanoatda ishlatishga muljallangan fermentlarni ishlab chiqaruvchi mamlakatlar
Mamlakat nomi
|
1 yilda
|
Solishtirma %
|
Daniya
|
25,00
|
45
|
Gollandiya
|
10,10
|
19
|
AKSH
|
6,36
|
12
|
YAponiya
|
4,24
|
8
|
Olmoniya
|
3,18
|
6
|
Fransiya
|
1,59
|
3
|
SHveysariya
|
1,06
|
2
|
Buyuk Britaniya
|
1,06
|
2
|
Boshqa mamlakatlar
|
1,00
|
1
|
Xammasi bo‘lib
|
53,00
|
100
|
Fermentlarni sanoatning xar xil soxalarida ishlatish buyicha olib boriladigan ishlar taxlil qilinganda, bu jarayon yildan-yilga oshib borayotganligini kursatadi. Bashorat qilinishicha, ekstremal sharoitda yashaydigan mikroorganizmlardan olinadigan va xar xil sharoitda chidamli bo‘lgan fermentlardan foydalanish, bu soxani jadal rivojlanishiga olib keladi.
Xozirgi vaktda xam past (00S) xam yuqori (+1150S) xaroratda xamda juda xam keng bo‘lgan rN kursatkichida (rN 2,0-14,0) ishlaydigan fermentlar borligi aniqlangan. Fermentativ reaksiyalarni odatdagidan uzoqroq bo‘lgan xaroratda yoki rN da o‘tkazilishi, yuqori tozalikka ega bo‘lgan mahsulot olish, keraksiz moddalarni xosil bo‘lishini kamaytirish, fermentlarni ajratishni oddiy chizmasini ishlab chiqish kabi jarayonlarni yaratishga imkon beradi. Umumiy tavsif sifatida, bunday fermentlarni toksinlik xususiyati juda xam kattaligi, biodegradatsiyaga engil uchrashini taъkidlash mumkin. Bu esa bunday fermentlarni tibbiyotda va oziq-ovqat sanoatida kengrok ishlatishga imkon yaratadi. Fermentlarni biokatalizatorlar sifatida eng asosiy ustivorligi ularni o‘ta murakkab kimyoviy reaksiyalarni oddiy sharoitda, juda xam kam energiya sarf qilib bajarishlaridir.
Jadvalda fermentlar ishlatiladigan texnologik jarayonlar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |