1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
Qo’lyozma huquqida
UDK
579. 85.631.461.557.633.
Otanazarov Denis Xudaynazarovich
Tuproq unumdorligini oshirishda Bradyrhizobium japonicum
bakteriyasi shtammlarining faolligini aniqlash
Mutaxassislik: 5A320501- biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyoviy
mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi uchun
biopreparatlar ishlab chiqish)
Magistrlik akademik darajasini olish uchun
DISSERTATSIYA
Ilmiy rahbar: b.f.n., dotsent Qobilov G‘.U.
Toshkent - 2016
2
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
Fakultet:
Magistratura bo‘limi
Magistratura talabasi:
Otanazarov Denis Xudaynazarovich
Kafedra:
”Biotexnologiya”
Ilmiy rahbar:
b.f.n., dotsent Qobilov G‘.U.
O‘quv yili:
2015-2016
Mutaxassislik:
5A320501- biotexnologiya (oziq-ovqat,
ozuqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq
xo‘jaligi uchun biopreparatlar ishlab
chiqish)
“Tuproq unumdorligini oshirishda Bradyrhizobium japonicum bakteriyasi
shtammlarining faolligini aniqlash” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi
ANNOTATSIYASI
Mavzuning dolzarbligi: Dukkakli o‘simlik birinchi marta tuproqqa
qadalganda, rizobiyning o‘ziga xos shtammalari odatda uncha ko‘p sonli
bo‘lmaydi va azotni to‘plashning yuqori darajasini ta’minlash maqsadida
hosilning sezilarli darajada o‘sishiga olib keluvchi sun’iy inokulyasiya zarur
hisoblanadi. Dukkakli o‘simliklarni ko‘p yillar mobaynida yetishtirish natijasida
tuproqda ko‘psonli maxsus rizobiylar populyasiyasi shakllanadi.
Qishloq xo‘jalik ekinlaridan unumli hosil ko‘tarish jarayonini va tuproqda
mikrobbiokimyoviy jarayonlarni boshqarish qishloq xo‘jalik fanida yangi
yo‘nalish - tuproq biotexnologiyasini paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu yo‘nalish
tuproq sharoitida mikroorganizmlar tarkibini o‘rganish va boshqarish
muammolariga asoslangan bo‘lib, mikroorganizmlar faoliyatini boshqarish va ular
tomonidan olib borilayotgan metabolitik reaksiyalarni, qishloq xo‘jalik ekinlari
hosildorligini oshirishga yo’naltirishni taqazo etadi.
Dukkakli o‘simliklarda azotni to‘plovchi simbiozning kelgusi rivojlanishi
Rhizobiaceae oilasiga kiruvchi bir qancha urug‘larning bakteriyalar bilan
zararlanishiga javoban yuzaga keladi. Tabiatda mazkur o‘simlik simbiontlari
birikkan azotni etkazuvchi sifatida muhim o‘ringa ega.
3
Ma’lumki, qishloq xo‘jalik ekinlarini hosildorligini oshirishda biologik
preparatlardan ya’ni asosan bakterial preparatlardan foydalaniladi. Ammo, keyingi
yillarda eng dolzarb muammolardan biriga aylanayotgan ekologik holatning
buzilib borishi, tuproq mikroflorasi, uning fizik kimyoviy tarkibi, suv
havzalarining ifloslanishi,
bular oqibatida insonlar va issiq qonli hayvonlar
organizmida keskin salbiy oqibatlar hosil bo‘layotganligi kimyoviy preparatlardan
foydalanish imkoniyatlarini chegaralanib bormoqda.
Keyingi vaqtlarda qishloq ho‘jalik ekinlarini hosildorligini oshirish va
tuproqlar
unumdoligini oshirish
maqsadlarida
rizobakteriyalardan
Bradyrhizobium, Azotobacter, Azospirillum va Rhizobium avlodi vakillaridan
foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki, bu avlodlar vakillari boshqa
rizobakteriyalarga qaraganda o‘simliklar uchun optimal miqdorlarda azot va bir
qator fiziologik faol moddalar, jumladan fitogormonlar - auksinlar, gibberellin
tabiatli moddalar sintezlaydi, tuproqlardagi qiyin eruvchan fosfatlarni harakatchan
shakllarga o‘tkaza oladi. Bakterial o’gitlar tuproqning oziqalik rejimiga ta’sir
etuvchi foydali mikroorganizmlarning rivojlanishiga yordam beradi.
Mikroorganizm va bakteriyalardan biologik usulda tayyorlangan bu o’gitlarning
ta’sirchanligi bakteriyalarning turiga va uning tugri qo’llanishiga xamda sharoitga
bog’liq.
Shu boisdan ushbu magistrlik ilmiy tadqiqot ishimda tuproq unumdorligini
oshirishda Bradyrhizobium japonicum bakteriyalari shtammlarining ustida ilmiy
tadqiqot ishlari olib bordim.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari: ilmiy ishdan asosiy maqsad
Bradyrhizobium japonicum
bakteriyalarining kulturalarini toza holda ajratib olish,
ularni morfologik, fiziologik biokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish, ajratilgan
shtammlar asosida tayyorlangan
bakterial preparatlarni qishlok xo’jaligida
foydalanib ularni tuproq unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladi.
Shu boisdan quyidagilar amalga oshrilishi lozim bo‘lgan vazifalar sifatida
belgilab olindi:
-
Bradyrhizobium japonicum
bakteriyalarining shtammlarini ajratib olish;
4
- ajratib olingan shtammlarning morfologik, fiziologik va bikimyoviy
xususiyatlarini o‘rganish;
- Qishloq xo‘jalik ekinlaridan unumli hosil ko‘tarish jarayonini va tuproqda
mikrobbiokimyoviy jarayonlarni boshqarish.
- tuproq sharoitida mikroorganizmlar tarkibini o‘rganish va mikroorganizmlar
faoliyatini boshqarish.
Tadqiqot uslubiyati va uslublari: Kulturalarni o‘stirish va saqlashda
asosan
№79 ozika muxitiga (g/l)- mannit -10,0; drojjevoy ekstrakt – 1,0; K
2
HPO
4
- 0.5; CaSO
3
– sledi; NaCl – 0,1; pH 7.0; MgSO
4
– 0,2; agar-agar – 20,0, dist.
Suv - 1 l, agar-20, pH-7.0) dan foydalanildi. Tekshirishlarni asosan MBI-3
yorug‘lik mikroskopida olib bordik (LOMO, Rossiya). Kulturalarni bo‘yashda
fuksin va Kongo qizil bo‘yog‘idan foydalanildi. Shtammlarning morfologik-
kultural va fiziologik-biokimyoviy xususiyatlari umumiy qabul qilingan
mikrobiologik usullar yordamida Berdji aniqlagichi asosida aniqlanadi. Bakterial
kulturalar suyuq ozuqa muhitiga ekib, 28-30
0
C haroratda, 36-48 saot davomida
mikrobiologik chayqatgich yordamida minutiga 180-200 aylanma harakatda
o‘stirildi.
Ilmiy
yangiligi:
Ajratib
olingan
Bradyrhizobium japonicum
bakteriyalarining morfologik, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari o‘rganildi.
Bakteriyalarning o’sishi va yuqori hosil to‘plashi uchun me’yoriy o‘stirish
biotexnologiyasi ishlab chiqildi va oziqa muhiti tanlandi. Hujayralar sonining tez
ko‘payishi va yuqori to‘plashining yorug‘lik, harorat va muhitidagi ozuqa
moddalarning miqdoriga bog‘liqligi aniqlandi.
Ishning amaliy ahamiyati: Tadqiqotlar asosida Bradyrhizobium japonicum
bakteriyalari asosida tayyorlangan bakterial preparatlarni qishloq xo’jaligida
foydalanib ularni tuproq unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladi.
Natijalarning e’lon qilinganligi. Dissertatsiya ishining asosiy natijalari 2 ta
maqola anjuman ma’ruzalarida e’lon qilingan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya ishi kirish, uchta bob,
xulosa, ishlab chiqarishga tavsiyalar, qo‘llanilgan adabiyotlar ro‘yxati va
5
ilovalardan iborat. Dissertatsiya ishi 83 iborat bo‘lib, kompyuter uslubida
yozilgan, 7 ta rasm va 9 ta jadvallarga ega. Qo‘llanilgan adabiyotlar ro‘yxati 45
ta.
Ish bajarilgan joy. Tadqiqot ishi Toshkent kimyo texnologiya instituti va
O‘zR FA Mikrobiologiya instituti, Mikroorganizmlar molekulyar biologiyasi va
genetikasi laboratoriyasida bajarilgan.
Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi: Olingan
natijalarga
asoslanib,
Bradyrhizobium japonicum
bakteriyalari asosida
tayyorlangan bakterial preparatlarni qishloq xo’jaligida foydalanib ularni tuproq
unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladi.
Ilmiy rahbar:
___________________
imzo
Magistratura talabasi:
___________________
imzo
.
6
MINISTRY OF HIGHER AND SECONDARY SPECIALIZED
EDUCATION REPUBLIC OF UZBEKISTAN
TASHKENT CHEMICAL-TECHNOLOGICAL INSTITUTE
Faculty:
Master’s department
Master’s student:
Otanazarov Denis Hudaynazarovich
Chair:
”Biotechnology”
Scientific leader:
c.ph.sc.docent Qobilov G.U.
Education year:
2015-2016
Speciality:
5A320501-biotechnology (food-feed,
chemical productsand production of
biopreparators for agriculture
Annotation to the master’s dissertation on the theme “Determination the
activity of Bradyrhizobium japonicum bacteria shtammes in increasing the
fertility of the soil ”
The actuality of the theme: When the bean plants stuck to the soil for the
first time, specific shtammes of risoby usually is less numerous, and in order to
provide a high level of collecting nitrogen, artificial inoculation, which causes to
the significant level increase is very important. As the result of cultivation of bean
plants over the years, the population of numerous specific rizoby in the soil is
formed.
The process of increasing the efficiency of agricultural plants and managing
the microbiological processes in the soil are the new directions in the agricultural
subject-caused to the appearance of soil biotechnology.
This direction is based on learning and managing the mi
сroorganisms
structure in soil condition, it demands directing to the increase the harvest of
agriculture plants, managing the mi
сroorganism activity and metabolic reactions
carried out by them.
The future development of nitrogen collecting symbioz in bean plants,to
Rhizobiaceae family including several seeds are affected by the cause of facterias.
The given plant’s symbionts in the nature has a great role in delivering the united
nitrogen also.
7
МИНИСТЕРСТВО ВЫСШЕГО И СРЕДНЕГО СПЕЦИАЛЬНОГО
ОБРАЗОВАНИЯ
РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
ТАШКЕНТСКИЙ ХИМИКО-ТЕХНОЛОГИЧЕСКИЙ ИНСТИТУТ
Факультет:
Отдель Магистратура
Студент магистратуры:
Отаназаров Денис Худайназарович
Кафедра:
”Биотехнология”
Науч. руководитель:
к.б.н., доцент Кобилов Г.У.
Учеб. год:
2015-2016
Специальность:
5А320501 - Биотехнология
(производство пищевых, кормовых,
химических продуктов и биопрепаратов
для сельского хозяйства)
АННОТАЦИЯ НА МАГИСТРАЦИОННУЮ ДИССЕРТАЦИЮ
На тему «Изучение активность штаммов бактерий Bradyrhizobium
japonicum
при улучшении плодородность почвы»
Актуальность темы. При первом посеве бобовых растений, в почве не
бывает много особых штаммов ризобия и чтобы улучшать накопление азота
в больших количествах необходимо использовать искусственную
инокуляцию, при этом урожай значительно увеличивается.
Чтобы увеличить урожайность и управлять микробиологическими
процессами в почве в сельском хозяйстве появилась новая наука
биотехнология почвы. Это направление изучает состав микроорганизмов в
почве и проблемы их управление, управление деятельностью
микроорганизмов и процессами метаболических реакции, пути улучшение
плодотворность сельскохозяйственных растений.
Чтобы обеспечить симбиотическую жизнь бактерий накопляющих азот
и бобовых растений инфицируется несколько семян растений
микроорганизмами семейство Rhizobiaceae. В природе этот симбиотическая
жизнь играет важную роль проставлении азотистых соединений растениям.
8
MUNDARIJA
Kirish
I BOB ADABIYOT MANBALARI SHARHI
1.1
Tuproq unumdorligini oshirishning biologik asoslari
1.2
Dukkakli o‘simliklar va rizobial bakteriyalar simbiozi
1.3
Tugunaklar hosil bo‘lish jarayoni, tugunak va rizosohali
bakteriyalar dukkakli va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari
rizosohasida, tuproqning sho‘rlanishi
va azotli ozuqlanish
o‘zgarishi va tuzli stressda o‘simlik rivojlanishining turlari
1.4
Dukkakli o‘simliklarning stress sharoitlarida dukkakli-rizobial
simbiozi, tugunak bakteriyalarning tuproqda
osmoadaptatsiyasi
1.5
Tugunaklar hosil bo‘lishining avtoregulyasiyasi va azotning
o‘zlashtirilishi
II BOB TADQIQOTLARNING MANBA VA USULLARI
2.1
Tajriba uchun xom ashyo manbalri
2.2.
Tuproq namunalarining kimyoviy tarkibi tahlili
2.3.
Bradyrhizobium japonicum shtammlarining sho‘rlanish va
og‘ir metallarga chidamliligini aniqlash.
III BOB OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING
MUXOKAMASI
3.1.
Tadqiqot ob’ektlarining morfo-kultural, fiziologik va
biokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish
3.2.
Tuproqda mikrob senozlari faoliyatini boshqarish, organik va
mineral o‘g‘itlar, almashlab ekish
3.3.
Tuganak bakteriyalarning tuproqda azot muvozanatidagi roli
va bakteriyalar asosida preparatlar tayyorlash texnologiyasi
Хulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar
9
KIRISH
Dukkaklilar butun dunyo bo‘ylab tarqalgan va iqtisodiy qiymatiga ko‘ra
boshoqlilardan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Dukkaklilar dunyoda ishlab
chiqariladigan oqsilning 25-35 % ta’minlaydi, ular qariyb 250 million gektar
maydonni egallagan. Caesalpinioideae kenja oilasida faqat ayrim turlarigina
(o‘rganilgan turlardan 23 %) boshoqlilarni tashkil etadi, Mimosoideae va
Papilionoideaelarning ko‘plab turlarida - 90 % i 97 % [1].
Tuproq hosildorligini tashkil etish va boshqarishda biologik omillarni rolini
birinchilardan bo‘lib tuproqshunoslik fanining asoschilari V.V.Dokuchaev,
P.A.Kostichev va V.R.Vilyamsonlar baholab berganlar. Ular tuproq hayotida
biologik birikmalarni roli juda ham katta ekanligini isbotlab berdilar. Bu g‘oya
keyinroq S.N.Vinogradskiy, E.N.Mishustin, M.M.Kononova, D.G.Zvyaginsev,
V.T.Emsev, D.I.Nikitin va boshqa olimlarni izlanishlarida o‘z rivojini topdi va
ancha-muncha aniqlik ham kiritdi. Ayniqsa E.N.Mishustin, D.G.Zvyaginsev,
V.T.Emsev va boshqalar tuproq hosildorligida mikroorganizmlarni roli beqiyos
ekanligini isbotlab berdilar [2].
Hozirgi vaqtda mikroorganizmlar o‘zlarining faoliyati va massasi bilan
tuproq hosildorligini belgilashda asosiy rol o‘ynashi aniq bo‘lib qoldi. Shunday
ekan, har xil qishloq xo‘jaligi tizimida tuproq hosildorligini oshirish va uni saqlab
turish, bu jarayonni boshqarish ko‘p ma’noda, tuproqda mikrobiologik
jarayonlarni boshqarish bilan uzviy bog‘liq [4].
Rhizobiace oilasi o‘simliklar bilan o‘zaro munosabatga kirishuvchi 6 urug‘
bakteriyalarni: Rhizobium, Bradyrhizobium, Sinorhizobium, Azorhizobium,
Agrobacterium, Phylobacterium o‘z ichiga oladi. Yaqinda 7-urug‘ Mezorhizobium
ajratish taklif etildi. Rhizobium, Bradyrhizobium, Mezorhizobium, Sinorhizobium,
Azorhizobium urug‘lari vakillari oddiy tuproq organizmlari hisoblanmaydi, boisi
erkin yashovchi geterotroflarning normal bosqichiga qo‘shimcha ravishda ularning
hayot siklida dukkakli o‘simliklar bilan simbiotik ta’sir bosqichi ham kuzatiladi.
Bunday «ikkitalik hayot» bakteriyalar oldiga ko‘plab muammolarni yuzaga
keltiradi, biroq qo‘shimcha imkoniyatlar ham ochadi. Yangi dukkakli o‘simlik
10
birinchi marta tuproqqa qadalganda, rizobiyning o‘ziga xos shtammalari odatda
uncha ko‘p sonli bo‘lmaydi va azotni to‘plashning yuqori darajasini ta’minlash
maqsadida xosilning sezilarli darajada o‘sishiga olib keluvchi sun’iy inokulyasiya
zarur hisoblanadi. Biroq dukkakli o‘simliklarni ko‘p yillar mobaynida yetishtirish
natijasida tuproqda ko‘p sonli maxsus rizobiylar populyasiyasi shakllanadi.
Shundan so‘ng sun’iy inokulyasiya tugunaklar sonining uncha ko‘p bo‘lmagan
oshishini ta’minlaydi xalos va har doim ham hosil ko‘payishi kuzatilmaydi [3].
Dukkakli o‘simlik birinchi marta tuproqqa qadalganda, rizobiyning o‘ziga
xos shtammalari odatda uncha ko‘p sonli bo‘lmaydi va azotni to‘plashning yuqori
darajasini ta’minlash maqsadida xosilning sezilarli darajada o‘sishiga olib
keluvchi sun’iy inokulyasiya zarur hisoblanadi. Dukkakli o‘simliklarni ko‘p yillar
mobaynida etishtirish natijasida tuproqda ko‘psonli maxsus rizobiylar
populyasiyasi shakllanadi [5].
Qishloq xo‘jalik ekinlaridan unumli hosil ko‘tarish jarayonini va tuproqda
mikrobbiokimyoviy jarayonlarni boshqarish qishloq xo‘jalik fanida yangi
yo‘nalish - tuproq biotexnologiyasini paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu yo‘nalish
tuproq
sharoitida
mikroorganizmlar
tarkibini
o‘rganish
va
boshqarish
muammolariga asoslangan bo‘lib, mikroorganizmlar faoliyatini boshqarish va ular
tomonidan olib borilayotgan metabolitik reaksiyalarni, qishloq xo‘jalik ekinlari
hosildorligini oshirishga yunaltirishni taqazo etadi.
Tuproq mikrobiologiyasi fanining asosiy muammosi tuproqda, ayniqsa
o‘simliklar rizosferasi va rizoplanida o‘tadigan mikrobiologik jarayonlarni
boshqarishdir. Bu muammo, faqatgina ma’lum bir belgilangan sharoitda, ma’lum
tarkibga ega bo‘lgan mikroblar assotsiatsiyasini tashkil qilish bilan belgilanadi.
Bu muammolarni yechishni aniq yo‘llari belgilab olingan. U ham bo‘lsa
quyidagilar bilan belgilanadi [7]:
• agronomik ahamiyatli mikrob senoziga yoki mikroorganizmlar guruhiga
tashqaridan turib ta’sir qilishni boshqarish, ya’ni ularni ko‘payishi, o‘sishi,
rivojlanishi va o‘simlik uchun zarur bo‘lgan FFM (antibiotiklar, fitogarmonlar va
11
o‘simlikni o‘sishini boshqaruvchi boshqa moddalar va x.k.) ishlab chiqarishini
tashkil qila bilish;
• tuproqda mikroblarni o‘sishi va rivojlanishini ta’minlovchi o‘simliklar
ishtirokida almashlab ekishni tashkil qilish va shu tufayli mikrobbiokimyoviy
jarayonlarni boshqarish;
• tuproq miroorganizmlarining azot yutish va fosforli birikmalarni eritish
qobiliyatidan samarali foydalanish;
• mikrobiologik jarayonlarni to‘laqonli o‘tishi uchun har xil turdagi tuproq
melioratsiyasidan unumli foydalanish va x.k.
Boshoqlarning hosil bo‘lishi va dukkakli o‘simliklarda azotni to‘plovchi
simbiozning kelgusi rivojlanishi Rhizobiaceae oilasiga kiruvchi bir qancha
urug‘larning bakteriyalar bilan zararlanishiga javoban yuzaga keladi. Tabiatda
mazkur o‘simlik simbiontlari birikkan azotni yetkazuvchi sifatida muhim o‘ringa
ega [9].
Rhizobiaceaening barcha vakillari ham foydali bo‘lmasdan, ayrim
Agrobacterium turlari qoplamali gallar borligi yoki tomirlarning turlicha o‘sishiga
qarab aniqlanadigan o‘simliklar kasalligini keltirib chiqaradi. Phylobacterium turi
vakillari Myrsinaceae va Rubiaceae oilalari o‘simliklari barglarida tugunlarini
hosil qilib, ularning ta’siri hali noma’lum. O‘simliklarda yangi hosilalarni keltirib
chiqarish qobiliyati Rhizobiaceae larning asosiy xususiyati hisoblanadi [1].
Rizobiyalar
tomirlarda
va
ayrim
hollarda
Leguminosae
oilasi
o‘simliklarining poyasida azot to‘plovchi tugunlarni hosil qilishga qodir tuproq
bakteriyalar hisoblanadi. Ayrim mualliflar ma’lumotiga ko‘ra, dukkakli
o‘simliklarning 700 urug‘i va 18000-20000 turi borligiga qaramasdan
o‘simliklarning faqat 27 turi 6 urug‘ga tegishli bo‘lgan tugunaklarni xosil qiladi
[6].
Ma’lumki, qishloq xo‘jalik ekinlarini hosildorligini oshirishda biologik
preparatlardan ya’ni asosan bakterial preparatlardan foydalaniladi. Ammo, keyingi
yillarda eng dolzarb muammolardan biriga aylanayotgan ekologik holatning
buzilib borishi, tuproq mikroflorasi, uning fizik kimyoviy tarkibi, suv
12
havzalarining ifloslanishi,
bular oqibatida insonlar va issiq qonli hayvonlar
organizmida keskin salbiy oqibatlar hosil bo‘layotganligi kimyoviy preparatlardan
foydalanish imkoniyatlarini chegaralanib bormoqda
.
Bu usulning kimyoviy usulga nisbatan bir qancha afzalliklari mavjud bo‘lib,
ulardan quyidagilarini keltirish mumkin: ekologik tozaligi, tuproqda to‘planib
qolmasligi, ularni tayyorlash, saqlash, tashish va qo‘llashning qulayligi, iqtisodi
samaradorligi va ayniqsa issiq qonli hayvonlargi nisbatan zararsizligi olimlar
e’tiborini tortib kelmoqda.
Tuproq sho‘rlanishi O‘zbekiston qishloq ho‘jaligidagi
dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, tuproqlarning sho‘rlanishi
nafaqat qishloq ho‘jalik ekinlarining hosildorligini pasaytiradi, balki tuproq
unumdorligiga keskin ta’sir ko‘rsatib, unda mavjud bo‘lgan mikroorganizmlar
miqdorining kamayishiga sabab bo‘ladi. Tuproqlarning mikrob populyasiyalari
qishloq ho‘jalik ekinlarining turli kasalliklarga chalinishini oldini oladi, ularning
hosildorligini oshishida muhim o‘rin tutadi. Respublikamiz iqtisodining ma’lum
ulushi qishloq ho‘jaligiga bog‘liq ekani bu muammoning naqadar katta ahamiyat
kasb etishini ko‘rsatib turibdi.
Keyingi vaqtlarda qishloq ho‘jalik ekinlarini hosildorligini oshirish va
tuproqlar bioremediatsiyasi maqsadlarida rizobakteriyalardan Azotobacter,
Azospirillum va Rhizobium avlodi vakillaridan foydalanishga alohida e’tibor
berilmoqda. Chunki, bu avlodlar vakillari boshqa rizobakteriyalarga qaraganda
o‘simliklar uchun optimal miqdorlarda azot va bir qator fiziologik faol moddalar,
jumladan fitogormonlar - auksinlar, gibberellin tabiatli moddalar sintezlaydi,
tuproqlardagi qiyin eruvchan fosfatlarni harakatchan shakllarga o‘tkaza oladi.
Kichik molekulali oqsillar va antifungal birikmalar sintezlab, rizosferadagi Fe
+3
kationini xelatlaydi, fitopatogen mikrofloraning hayot faoliyatini cheklaydi [8].
Dostları ilə paylaş: |