Dastlabki (yuqishdan oldingi signal) o‘zaro munosabatlar
Har qanday simbiotik munosabatlarda hamkorlar o‘rtasida molekulyar
signallar almashinuvi sodir bo‘ladi.Simbiozning boshlang‘ich bosqichlaridagi
signal organizmlarning erkin holatidan simbiotik munosabatga o‘tishlarini
ta’minlaydi, biroz keyingi boqichlarda esa - metabolitik va morfogenetik
jarayonlar simbiozning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
Signallar ko‘pincha nishon-genlar transkripsiyasi va translyasiyasi darajasida
faoliyat ko‘rsatadi, bu esa simbiozni yuksak organizm genlari differensial
ekspressiyasini o‘rganish uchun juda qulay modelga aylantiradi [12].
24
1.2.1-jadval .
Tugunak bakteriyalar va dukkakli o‘simliklar munosabatlarining
spetsifikligi
Bakteriyalar
O‘simliklar
R.meliloti,
Medicaga (beda),
Melilotus (qashqarbeda),
Trigonella (yo‘ng‘ichqa)
R.leguminasarum bv.trifolii
Trifolium (sebarga)
R.leguminasarum bv.viceae
Pisum (rus no‘xat, oqburchoq),
Vicia (vika),
Lathyrus (no‘xatak),
Lens (yasmiq)
R.leguminasarum bv phaseoli
(R.etli), R. tropici
Phaseolus (loviya)
R.galegae
Galega (kozlyatnik)
Sinorhizobium fredii
Glycine (soya)
Mezorhizobium loti
Lotus (lyadvinets),
upinus (lyupin, bo‘ri dukkagi)
Bradyrhizobium japonicum
Glycine (soya)
Signallar sintezi va ajralishi
Tugunak bakteriyalar va o‘simliklar o‘rtasidagi simbioz rizobiylarning
o‘simliklarning flavanoidlariga ta’siridan boshlanadi, bu esa bakteriyalarni
virulentligini (nod, nodulation - ingliz tilidan- tugunak hosil bo‘lishi) genlarini
faollashishiga olib keladi. Mazkur genlar nazorati ostida rizobiylar tugunaklar
taraqqiyotining
boshlang‘ich
bosqichlarini
jadallashtiruvchi
lipo-xito-
oligosaxaridlar Nod-faktorlarini sintezlaydi. Hozirgi vaqtga qadar rizobiylarda 50
dan ortiq virulentlik genlari aniqlangan. Ulardan ba’zilari barcha rizobiylar uchun
“umumiy” (tuzilishi va faoliyati bo‘yicha bir xil) bo‘lsa, boshqa birlari har bir tur
yoki har bir shtamm uchun o‘ziga xosdir. “Umumiy” nod genlar (nodA, nodB,
nodC) dagi mutatsiyalar simbiozning dastlabki rivojlanish bosqichi -ildiz
tukchalarining buralishi bosqichining buzilishiga (o‘zgarishlariga) olib keladi.
Xo‘jayinga xos genlar (nodH, nodP, nodQ, nodZ) mutatsiyalari natijasida odatda
simbiotik munosabatlarning so‘nggi, infeksion iplar va tugunak meristemalari
hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan bosqichlari buziladi.
25
Mazkur virulentlik genlari guruhlari orasidagi asosiy farqlar ularning har xil
turga mansub rizobiylar o‘rtasidagi ko‘chishida ham yaqqol namoyon bo‘ladi.
Xo‘jayinga xos genlarning ko‘chishi donor shtammning xo‘jayin-o‘simligida
retsipient shtammning tugunak xosil qilish xususiyatiga ega bo‘lishiga olib keladi.
“Umumiy” nod genlarning ko‘chishida bunday holat kuzatilmaydi, agar retsipient
o‘zining “umumiy” nod-genlari o‘zgargan (buzilgan) avirulent mutant bo‘lsa,
unda dastlabki ona o‘simlik-xo‘jayinda tugunak xosil qilish xususiyati tiklanishi
kuzatiladi.
Ikkala guruh genlari ham indutsibel hisoblanadilar: ularning faolligini
dastlab rizobiylarning o‘simlik rizosferasiga tushgan vaqtidagina qayd etishga
muvaffaq bo‘lingan [13].
Dukkakli o‘simliklar ildizlari yoki urug‘laridan ajralib chiqadigan
flavonoidlar bakteriya oqsili NodD bilan bog‘lanadi, u esa qolgan nod-genlar
(nodD- rizobiylarning alohida mustaqil ishlaydigan virulentlik geni)
transkripsiyasini faollashtirish xususiyatiga ega bo‘ladi. nodD- geni
transkripsiyani boshqaruvchi genlar oilasining vakili bo‘lib, bu oilaga juda yaxshi
o‘rganilgan lysR va araC genlari ham kiritiladi. NodD oqsilida ikkita domen:
DNK bilan bog‘lanadigan kuchli konservativ N-qism va taxminlarga ko‘ra,
flavonoidlar bilan bog‘lanadigan C-qism mavjudligi aniqlangan. NodD oqsili
rizobial hujayraning flavonoidlar o‘tadigan ichki membranasi bilan bog‘langan
bo‘ladi. Ular bilan munosabatga kirishgan NodD oqsili o‘zining konformatsiyasini
o‘zgartiradi, natijada unda virulentlikning indutsibely genlari promotor qismida
joylashgan konservativ ketma-ketlik “nod-box” bilan bog‘lanish imkoniyati
tug‘iladi. Oqibatda mazkur promotorlarning RNK-polimerazaga o‘xshash qismlari
ko‘payadi va ularning transkripsiyasi kuchayadi.
Virulentlik genlari faoliyatining oxirgi mahsuloti Nod-omillar bo‘lib, ularni
sintez qilish qobiliyati rizobiylarning noyob xususiyatidir. Bu omillar N-
atsetilglyukozaminning 3-6 qoldig‘i va 16-20 ta uglerod atomidan iborat bo‘lgan
to‘yinmagan yog‘ kislotasi radikalini saqlovchi modifikatsiyalangan lipo-xito-
26
oligosaxaridlardan iborat (1-rasm). Mazkur omillar biosintezi quyidagi
jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
1.
1-4-
β
-glikozidli bog‘lar hosil bo‘lishi bilan kechadigan N-atsetilglyukozamin
(NodM-oqsili nazorati ostida fruktozadan sintezlanuvchi) ning polimerizatsiyasi.
NodC oqsili katalizlaydigan mazkur reaksiya xitin oligomerlari hosil bo‘lishiga
olib keladi;
2)
glyukozaminning «reduksiyalanmaydigan» qoldiq qismini R1 holatda (NodV
bloki tomonidan katalizlanadi) deatsetillanishi va yog‘ kislotasi qoldig‘ini azot
atomiga birikishi (NodA oqsili katalizlaydi);
3)
hosil bo‘lgan lipo-xito-oligosaxarid modifikatsiyasi (Nod – omilning po‘stloq
qismi); vodorod atomlari «reduksiyalanadigan» va «reduksiyalanmaydigan»
uchlarda turli xil radikal (fukozil, sulfat, metil, atsetil va h.k.) larga joylashadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, Nod – omil biosintezining mazkur bosqichlari Nod-
genlarning turli guruhlari tomonidan nazorat qilinadi: po‘stloq qismining sintezi
«umumiy» Nod-genlar nazorati ostida bo‘lsa, uning modifikatsiyasi esa -
xo‘jayinga xos genlar nazoratida bo‘ladi.
Nod-omillarning tozalangan juda ham kam atigi 10
-8
–10
-12
M miqdori
simbiozni shakllanishining dastlabki bosqichlari: ildiz tukchalarining buralishi;
tugunak meristemalarini paydo bo‘la boshlashi; ba’zi dukkaklilar (beda) da esa
hattoki tugunaklar gistogenezining boshlang‘ich bosqichlari kabi jarayonlarni
jadallashtiradi.
Nod-omillarni 5-10 minut davomida Vicia sativa o‘simligiga ta’sir
ettirilganda, 1 soatdan
keyin
sodir
bo‘ladigan
ildiz
tukchalarining
deformatsiyasiga (shakl o‘zgarishi), 3 soat o‘tgach esa, ildizning shimuvchi
qismlaridagi ildiz tukchalarining yarmidan ko‘prog‘ining shakl o‘zgarishlariga
olib keladi. Nod-omillar chaqiradigan dastlabki biokimyoviy reaksiyalar
(inokulyasiyadan 10 minut o‘tgach sodir bo‘ladigan), ildiz tukchalari hujayra
membranasining qutbsizlanishi (depolyarizatsiyasi) va epidermis hujayralarida ion
oqimlarining modullanishi hisoblanadi [13].
27
Shuni qayd etish kerakki, Nod-omillar – bu barcha simbiotik o‘zaro
ta’sirlarning a’loqalarining o‘ziga xosligi (spetsifikligini) ma’lum darajada
aniqlaydigan signallardir. Bunda xo‘jayinga xos genlar nazorati ostida amalga
oshiriladigan
Nod-omillarning
modifikatsiyalari
muhim
rol
o‘ynaydi.
«Reduksiyalanadigan qism» da R6 holatining sulfatlanishi qashqarbeda o‘simligi
rizobiylari (R. meliloti) uchun xos bo‘lib, u «gomologik» xo‘jayinda kechadigan
boshlang‘ich simbiotik reaksiyalar induksiyasi uchun zarur bo‘ladi, sulfat
guruhlarning bo‘lmasligi esa xuddi shu reaksiyalarning induksiyasiga sabab
bo‘ladi. Sulfatlanish jarayonini amalga oshiruvchi Nod N oqsilining faolligini
mutatsiyalar oqibatida pasayishi R.meliloti bakteriyasini qashqar bedaga nisbatan
virulentligini yo‘qolishiga va vika o‘simligi (R. leguminasarum bv. viceae) ga
nisbatan simbiontlik xususiyatiga ega bo‘lgan NodN genidan ajralgan virulentlikni
hosil bo‘lishiga olib kelishi kuzatilgan.
Nod-omillarni modifikatsiyalarining xo‘jayinga xoslik belgisini nazorat
qilishdagi ishtirokining eng yaxshi o‘rganilgan tomoni bu – NodX geni
katalizlaydigan R6 holatining «reduksiyalanuvchi qism»ida atselirlanishidir.
расм - 1.2.1.
Tuganak bakteriyalar va dukkakli o’simliklar
orasidagi o’zaro signally tizim.
28
Bunday
modifikatsiya
no‘xat
o‘simligining
tugunak
bakteriyalari
(R.leguminasarum bv viciae) ga «afg‘on» no‘xatlarini zararlash (infeksiyalash)
xususiyatini beradi.
Ma’lumki, «Afg‘on» no‘xatlari Sym2 allellari bo‘yicha gomozigot
bo‘lganliklari sababli mazkur bakteriyalar bilan inokulyasiyalanishiga moyilligi
bo‘lmaydi. NodX geni saqlamagan shtammlarga bu genni ko‘chirib o‘tkazilganda,
bu shtammlar atsetillangan Nod-omilni sintezlash qobiliyatiga ega bo‘ladilar va
«afg‘on» no‘xati o‘simligida tuganak hosil qila oladilar. O‘simliklarning Sym2
genlari nazorat qiluvchi chidamliligini engish xususiyati rizobiylarga R6 holatini
fukozillanishini belgilaydigan NodZ genini ko‘chirib o‘tkazilganda ham hosil
bo‘lishi kutilmagan xodisa bo‘ldi. Bu gen soya tugunak bakteriyalaridan ajratib
olingan bo‘lib, u «afg‘on» no‘xatlarida hattoki eng dastlabki simbiotik
reaksiyalarni ham chaqira olish xususiyatiga ega emas [14].
29
1.3. Tugunaklar xosil bo‘lish jarayoni, tugunak va rizosohali bakteriyalar
dukkakli va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari rizosohasida, tuproqning
sho‘rlanishi azotli ozuqlanish o‘zgarishi va tuzli stressda o‘simlik
rivojlanishining turlari
Tugunaklarni xosil etishda bakterial lipopoplisaxarid – Nod-faktorning
signal molekulasi ta’siri talab etiladi. Barcha turdagi rizobiylar Nod-faktorlari ayni
bir xil asosiy kimyoviy tuzilishga ega, biroq ular bir biridan oligosaxaridli
karkaslarga bog‘liq dukkakli guruhlar borligi va uzunligi hamda lipid
harakatchanlikka to‘yinganlik darajasi bilan farqlanadi [15].
O‘simliklarning
tugun
xosil
bo‘lish
vaqtida
Nod-faktor
bilan
indutsiriyalashgan javoblari tugunchak kurtagi xosil bulishi uchun ichki
po‘stloqda hujayralar bo‘linishi initsiatsiyasini, o‘simlik genlari induksiyasini,
kalsiy eritmasi (konsentratsiya)ning o‘zgarishi, ildiz tukchalarining qiyshayishi va
uning o‘ralib ketishini o‘z ichiga oladi [10]. Manbalarda keltirilishicha, bedaning
kasallanishi rizobial bakteriyalar ildiz tukining ikki hujayrali devori orasida tushib
qolgan paytdan boshlanadi. Bu shakli o‘zgargan (deformatsiyalashgan) ildiz tuki
keskin egilgan yoki chirmalgan bo‘lsa xosil bo‘ladi va ildiz tukiga biriktirilgan
bakteriyalar siqilgan hujayra devorlari
o‘rtasida ushlangan bo‘ladi (rasm 1.3.1).
Bunday
joylarning
kasallanish
initsiatsiyasi
paydo
bo‘layotgan
o‘ramaning xosil bo‘lishi uchun ildiz
devorining ichkariga bo‘rtib chiqishi
birga kechuvchi ildiz tuki hujayra
devorining tuzilmaviy o‘zgarishlarini,
shuningdek
ildiz
uchiini
o‘sishida
o‘ramaning bo‘rtib chiqishini o‘z ichiga
oladi.
Rasm - 1.3.1.
30
Dukkakli usimliklarda infeksion tola xosil bo‘lishining sxematik tasviri:
(a) S. Melilotining o‘suvchi ildiz tukiga birikishi.
(b) Nod-omillar ta’siri ostida, ildiz tuki o‘raladi va bakterialar mikrokoloniyasini
ushlab oladi.
(c) Ildiz tuki hujayra devori mikrokoloniya joylashgan joyda bo‘rtib chiqadi va
ildizning uchlari o‘sganda ildiz tukining pastiga tomon tortiladi.
(d) Infeksion tolalar tarmoqlarga bo‘linadi va bo‘linib, tugunchak primordiyasi
meristemasini xosil qiluvchi ichki qobiq hujayralari yo‘nalishi bo‘ylab o‘sadi.
Mitotik rasmlar eng pastki hujayrada mitozaning ushbu hujayralardagi
initsiatsiyasini ko‘rsatish maqsadida chizilgan.
(e) (c)da ko‘rsatilgan ildiz tukining kattalashtirilgan tasviri. Infeksion toladagi
bakteriyalar ildiz tukining tashqi tomonida joylashganligini topologik nuqtai
nazardan ko‘rsatish maqsadida tukning bukilganligi kattalashtirilgan.
Bakteriyalar tolaning uchi tomonidan kurtak xosil qilib, membranali
o‘ralgan bakteriya sifatida tugunak hujayrasiga kirguniga qadar ildizning topolik
tashqarisida qoladilar. Mazkur o‘rama, yoki boshqacha so‘zlar bilan infeksion
tola, ildiz tukining hamda ildiz tuki hujayrasining (epidermal hujayra) tanasining
ichiga qarab tomon o‘sadi Infeksion tola ichidagi rizobiylar o‘sadi va o‘ramani
bakteriyalar bilan to‘ldirib bo‘linadi. Vaqt o‘tishi bilan bakteriyalar infeksion
tolalar to‘ridan chiqadi, shu tarzda, tugunchak hujayralari sitoplazmasiga kirib,
hujayra sitoplazmasi tomonidan yutib olinadi; so‘ng ulardan atmosfera azotini
to‘plashga qodir bakteroidlar hosila bo‘ladi. Agar rizobiyalar ildiz tuklariga biriki
olib, Nod-omillarni yashirsa, bu bosqich o‘simlikka kirish uchun qurilmasi
hisoblanadi.
Muvaffaqiyatli
kirish
ildiz
tuklarining
shakli
o‘zgarishi
(deformatsiyasi) hamda infeksion tolani po‘stloq hujayra devorining bo‘rtib
chiqishi orqali initsiatsiyalash uchun o‘simlik hujayra devori o‘sish yo‘nalishi
o‘znarishiga olib keladi. Hujayralar shakli hamda o‘sish yo‘nalishidagi mazkur
asosiy o‘zgarishlar o‘simlik sitoskeletining muhim o‘zgarishlaridan kelib chiqadi.
Aktin depolimerizatsiyasi ildiz tukchalarining Nod-omil bilan qayta ishlangandan
so‘ng kuzatiladigan eng dastlabki ta’sirlardan biri hisoblanadi.
Tugunak hosil bo‘lish initsiatsiyasi vaqtida, ichki po‘stloq ildiz hujayralari
Nod-faktorga hujayraviy sikl va ko‘ndalang bo‘linishini takroran amalga oshiradi
va bu bilan tugunak va meristema kurtagi o‘sishini tezlashtiradi. Tashqi po‘stloqda
31
rivojlanayotgan tugunchak ustida ildiz hujayralarining bir yoki ikki ustunlari
bo‘lina boshlaydi. Sitoplazma hujayraviy bo‘linish vaqtida bo‘linish vaqtida
bo‘lgani kabi hujayra chetidan markazga tomon yo‘nalishda harakatlana
boshlaydi, biroq shundan so‘ng hujayralar rivojlanmaydi va ko‘rinishidan hujayra
siklining G2-fazasi bosqichida to‘xtaydi [10].
Rizobiyalar tuproq bakteriyalarining nisbatan uncha katta bo‘lmagan
qismini tashkil etadi. Rhizobium va Bradyrhizobium shtammalari rizosohadagi
bakteriyalarning 0,1-8,0 % va ular biomassasining 0,01-0,14 % tashkil etishi
ko‘rsatilgan. Rizobiyalarning soni omillarga bog‘liq tarzda 1 g. tuproqqa 10
3
-10
7
hujayra doirasida o‘zgarishi mumkin [1].
Hududdagi dukkakli o‘simliklar tuproqdagi rizobiylar taqdiriga ancha
sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu quyidagilar bilan izohlanishi mumkin: a)
rizobiyalar bilan metabolizatsiya qilinuvchi ildiz eskudatlarining nisbatan
nomaxsus ta’siri; b) tugunchaklardagi rizobiylarning ko‘payishi va tuproqqa
chiqazilishi; v) o‘simliklarning tuproq populyasiyasidan rizobiylarning ma’lum bir
genotiplarini “tanlash” qobiliyati. Rhizobium va Bradyrhizobium japonicum
shtammalari tuproqda xo‘jayin yo‘qligida ham uzoq vaqt davomida mavjud bo‘la
olsada, xo‘jayinning Rhizobiumning maxsus biotiplariga ta’siri ko‘rsatilgan.
masalan, no‘xat o‘simliklarida R.leguminosarum bv. viceae populyasiyasi
R.leguminosarum bv. phaseoli populyasiyasiga qaraganda 3 marotaba ko‘proq
bo‘ladi. Loviya ekilgan qo‘shni maydonda vaziyat aksincha bo‘lgan. Beda va
hashaki no‘xatda R.leguminosarum bv. viceae va R.leguminosarum bv. trifolii
shtammalari taqsimoti tahlilda ham shunga o‘xshash ma’lumotlar olingan [1].
Dukkakli o‘simliklar rizosohasi sharoitlarining unga xos bo‘lgan rizobiylar uchun
alohida ajratib olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zaro zid hisoblanadi.
R.leguminosarum bv. viceae shtammalari no‘xat eksudatlaridagi gomoserindan
foydalanishi mukinligi bunday ajratilganlik isbotidir. Rizosoha sharoitlariga
nisbatan o‘ziga xoslik darajasi turli organizmlarda farqlanadi. Rotamsted
stansiyasi sharoitlarida R.leguminosarumning yashovchanligi o‘simlik xo‘jayin
mavjud bo‘lmaganda 1 g. tuproqqa 10
4
- 10
6
ujayra darajasida bo‘ladi. Ayni vaqtda
32
tuproqda S.melilotining borligi birlamchi xo‘jayinga bog‘liq bo‘ladi. Soyani
(dukkakli o‘simlik turi) dukkakli bo‘lmagan o‘simlik (raps, tritikale) bilan
almashlab ekishda 4 yil mobaynida o‘simlik xo‘jayin bo‘lmaganda B. japonicum
shtammalari titrasida jiddiy kamayish aniqlanmagan. Bunday uzoq vaqt
yashovchanlik polisaxaridlarning himoyaviy ta’siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin,
garchi bu moddalar tuproq sharoitlarida o‘zgarmas bo‘lmasada [1].
Sinszyan (Xitoy) ning sho‘rlangan dalalarida o‘suvchi Medicago sativa va
Melilotus sppdan ajratib olingan 42 rizobial izolyatlardan, 40tasi Sinorhizobium
meliloti sifatida belgilangan. Oqsillar raqamli taksonomiyasi va SDS-PAGE
elektroforezasi yordami bilan mazkur izolyatlarning pH 10,5 da o‘sishi mumkin
bo‘lgan va 2,5-4,0 % NaCl ga chidamli turli guruhlari ajratilgan [7].
Beda novdalari bo‘ylab ifloslanish bilan bog‘liq enterobakteriyalar
kolleksiyasi, ATSS 14028 shtammlari Typhimurium Escherichia coli K-12,
Salmonella enterica serotipi, va makkajo‘xori endofiti, Klebsiella pneumoniae
342, yashil fluoressent oqsil bilan belgilangan, va ularning rizosohani va ichki
tomonlar hamda o‘simliklar kovagini kolonizatsiya qilish qobiliyati solishtirilgan.
Bu shtammalar ularning endofit kolonizatsiyasiga (egallab olishga) nisbatan
qobiliyatlari bilan juda farqlanadi, K.pneumoniae 342 va E.coli K-12 tegishlicha
eng yaxshi va eng yomon mustamlaka qiluvchi mikroorganizmlar bo‘lgan. Garchi
infeksion tavsiflar har bir shtammm uchun turlicha bo‘lsada, Salmonellaning
barcha bakteriyalari inokulyumning 10
2
hujayralari titrida (cfu) o‘simtalarning
ichki tomoni va kovagini egallab oladi. Ko‘pchilik shtammlarda endofitnoy
egallash bilan rizosoha egallanishi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasiya
kuzatildi. Bu natijalar mazkur shtammlarning o‘simlikka kirishi uchun muhim
shtamma o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatadi. Beda yon ildizlari yoriqlarining
jiddiy egallanishi kuzatiladi va bu ushbu yoriqlar bakteriyalarning o‘simlikka
kirish joyi ekanligini tasdiqladi. Inokulyumning pastki titralarida, Salmonella-
endofit Medicago truncatula o‘simligi dmi1 simbioz mutanti rizosohasini va ichki
tomonlari hamda kovagini Medicago truncatula o‘simligining yovoyi turiga
qaraganda nisbatan yuqori sonlarda egallagan. Aftidan, Medicago truncatula
33
endofit yo‘li (kirish) Sinorhizobium meliloti yoki mikorizal qo‘ziqorinlar yordami
bilan simbiotik infeksiyadan mustaqil bo‘lgan mexanizm bo‘yicha amalga
oshiriladi [8].
Manbalarda issiqxona sharoitlarida mikrotizimda «tuproq-o‘simlik»
ta’sirining o‘simlik turlari, tuproq va bakterial inokulyant xosil bo‘lishining
o‘simliklar ildizini egallab oluvchi mikrobial turkumini aniqlash (xosil bo‘lishiga)
ta’sirini o‘rganishga doir ma’lumotlar keltiriladi. Ikki turdagi o‘simliklar, beda
(Medicago sativa) va javdar (Secale cereale) turli hududdagi qishloqxo‘jalik
maydonlaridan olingan va almashlab ekish tarixi bilan o‘zaro farqlanuvchi alohida
ikki turdagi tuproqda o‘stirildi. Tajribalar variantlari geni lyusiferaz xatkash bilan
belgilangan M.sativaning simbiotik sherigi Sinorhizobium meliloti L33
shtammlarining 1 g. tuproqda 10
6
(cfu) hujayralarda to‘plangan. Mikroblar
turkumi beda rizosohasidan 10 haftadan so‘ng javdardan 11 haftadan keyin
to‘plangan. S.meliloti L33 populyasiyasi beda rizosohasida o‘z miqdoriga ko‘ra
javdarnikidan 10-100 ko‘proq edi. Oldingi beda ekinida beda tugunaklarining 80
% mahalliy bakteriyalar (tuproq tarkibida bo‘lgan) tomonidan egallangan, ayni
vaqtda boshqa tuproqda o‘sgan bedada tugunaklar faqat (90% oshiqroq) S.meliloti
L33 shtammi tomonidan egallangan edi. Ishda qo‘llangan barcha usullar shuni
ko‘rsatdiki, qishloq xo‘jalik o‘simliklarining turi mikrobial turkumni belgilovchi
asosiy omil hisoblanadi va tuproq ta’siri minimal ahamiyatga ega [9].
Erkin yashovchi rizobiyalar ularning sho‘rga chidamliligi bilan farqlanadi.
SHunday qilib, Acacia, Prosopis va Leucaena ajratib olingan rizobial shtammalar
500-850 mM NaCl dosh bergan, R.meliloti esa 300-700 mM NaClga bardosh
bergan. Ko‘plab mikroorganizmlar osmoadaptatsiyasi kaliya (K
+
) ionlari hamda
molekulyar massalarning ma’lum diapazoniga ega bir yoki bir nechta organik
eritmalarini («o‘zaro mos eritmalar») o‘z ichiga oladi. Mazkur eritmalar o‘sish
muhitining osmotik bosimini bir meyorda saqlash hamda hujayraning tekislanishi
uchun harakatlantiruvchi kuchni ta’minlaydigan hujayra turgor bosimini
quvvatlash uchun ko‘plab konsentratsiyalarda to‘planadi. Tuzning yuqori
eritmasida (konsentratsiyasida) (300-400 mM NaCl gacha), hujayraichi erkin
34
glutamat darajasi ayrim rizobiy hujayralarida oshadi, masalan, R.meliloti va
L.leucocephala dukkakli daraxtida [15] . Rizobial hujayralarning sho‘rlanishga
boshqa bir fiziologik javobi ekzopolisaxarid va lipopoli-saxarid hujayralarning
sintez strukturasidagi o‘zgarishlar bo‘lib, bu qishloq xo‘jalik ekinlari va dukkakli
daraxtlardan ajratib olingan rizobiylar uchun qayd etilgan edi [16]. Sirtqi antigen
polisaxaridlar va lipoolisaxaridlarning tuz stressida o‘zgarishi dukkakli-rizobial
o‘zaro ta’sirini o‘zgartirishi yoki unga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Lipopolisaxaridlar dukkakli o‘simliklarning ildiz tugunchaklari o‘sishida juda
muhim [17]. Sho‘rlanishga rizobial bardoshlilik mexanizmlari identifikatsiyasi
sho‘rlanish sharoitlari uchun oldingi simbiotik ma’lumotlardan (sifatlardan)
oshuvchi rizobial shtammalarni tanlash va qurish uchun zarur. Shuningdek NaCl
chidamlilikda zarur bo‘lgan bakterial genlar ekspressiyasini manipulyasiya
qilishning simbiotik ta’sirini yaxshilash imkonini beradi [19].
Beda foydalanishiga ko‘ra muhim va har tomonlama o‘simlik bo‘lganligi
bois, undan foydalanishning ko‘plab usullari olimlar tomonidan tadqiq etilmoqda.
Masalan, atmosfera azotini (odatdagidek) utilizatsiya qilish o‘rniga tuproq azotini
utilizatsiya qiluvchi yangi beda navi ishlab chiqildi. Bu nav SHimoliy Dakotada
poezd halokatidan so‘ng o‘g‘itlardan tozalash uchun foydalanilgan. Beda to‘kilgan
o‘g‘itning nitratlarini yo‘qota olgan va ularni ifloslangan tuproq va suvdan
ketkizgan. Olimlar shuningdek beda tomirlari neft va ma’lum bir kanserogen
birikmalarni yo‘qota oladigan mikroorganizmlar uchun yaxshi atrof muhitni
yaratishini aniqladilar. SHunday qilib, beda mazkur birikmalar bilan ifloslangan
hududlarni qayta tiklash va tozalash uchun ekilishi
mumkin.
Bugungi kunda og‘ir metallar ham kundalik (kundalik chiqindilrar,
avtomobil gazlari), ham sanoat chiqindilar shaklida atrof muhitni ifloslantirmoqda.
Bu o‘rinda ularning amaldagi konsentratsiyasi (PDK) odatiy xlorid-sulfat
sho‘rlanishdan ancha past va bunda og‘ir metallar ham o‘simliklarning er usti
qismida (poyalarida, barglarida va boshqalarda), ham ildiz tizimida to‘planishi
mumkin. Og‘ir metallar bilan ifloslanishni o‘ziga xos «sun’iy sho‘rlanish» sifatida
35
baholash mumkin bo‘lib, bunda metallar atrof muhit ob’ektlarining va biologik
ob’ektlar ichida to‘planadi.
Neft ifloslanishi, o‘z navbatida, tuproqni qat-qat qilish hamda tuproqni
nafas oluvchi va mikrobiologik faolligini kamaytirishdan tashqari, shuningdek,
normal suvalmashinuvi jarayonlarining kechishini buzadi va bu bilan namlik
yetishmovchiligini keltirib chiqaradi, bu esa ham o‘simliklarga, ham tuproq
mikroorganizmlariga ta’sir qiladi.
Sho‘rlanish yerning butun quruqlik maydonining bir milliard gektariga
ta’sir qiladi va bu ekin ekiladigan erlarning 60 % tashkil etib, sug‘oriladigan
erlarning uchdan bir qismini o‘z ichiga oladi [11].
Biologik nazorat sho‘rlangan yerlarni qayta tiklashda foydali. O‘simliklar
tuproqni qoplab oladi va uni quyoshdan, bug‘lanish pasayishidan himoya qiladi va
bu bilan sho‘rlangan suvning tiklanayotgan maydon yuzasiga chiqishini
kamaytiradi. O‘simliklar tuproqni eroziyadan ham himoyalaydi. Tuproqqa
chidamli ko‘pyillik qishloqxo‘jalik ekinlari odatda tiklanayotgan (reabilitatsiya
qilinayotgan) yerlarda ekiladi [12].
Tabiatda kuzatiladigan sho‘rlanish ikki turdagi natriy tuzlari – xlorid va sulfat
tufayli kelib chiqadi. Ayrim mualliflar fikricha, natriy sulfat natriy xloridga
qaraganda kuchliroq ingibitor ta’sir ko‘rsatadi. Na
2
SO
4
tuzi bilan sho‘rlanishga
duchor bo‘lgan suspenzion ekinlarning o‘simlik hujayralarining o‘sishi
o‘rganilganda SO
4
2-
hujayralar ichida Na
+
ga qaraganda
60-70 marta ko‘proq
to‘planishi aniqlandi. Ayni vaqtda Na
2
SO
4
tuzi bilan sho‘rlanishga duchor
bo‘lgan SO
4
2
ning hujayralarda to‘plangan ionlari konsentratsiyasi NaCl ayni
shunday eritmasida yetishtirilgan Cl
-
kalluslardagi konsentratsiyasiga qaraganda
10-12 barobar yuqoriroq [13].
Jadval 1.3.1.
Dostları ilə paylaş: |