Finlandiya_info Fayl:Koli National Park in Northern Karelia.jpg thumb Pielinen
Finlandiya (fincha: Suomi, shvedcha: Finland), Finlandiya Respublikasi (fincha Suomen Tasavalta, shvedcha: Republiken Finland) — Shimoliy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 337 ming km². Aholisi 8 mln. kishi (2023). Poytaxti — Helsinki shahri; Tampere ikkinchi yirik shahar. Maʼmuriy jihatdan 5 lyani (guberniya) ga bo‘linadi. 1981-yildan o‘zini o‘zi boshqarish maqomini olgan. Aland orollari bu hisobga kirmaydi. BMT aʼzosi. Xelsinki-Finlandiyaning eng rivojlangan shaharlaridan biri hisoblanadi.
Finlandiya — suveren respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2000-yil 1-martda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan Tarya Halonen xonim), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan mamlakat fuqarolari tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament, ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat birgalikda amalga oshiradi