Toshkent moliya institut Iqtisodiyot fakulteti Talaba: Eshmuradov Doston


Sun'iy intellekt sohasida o'tgan asrning o'rtalaridan boshlab tadqiqot ishlari boshlangan. Ingliz matematigi va kriptografi Alan Tyuring (1912-1954) mazkur yo'nalishda ilk tadqiqot muallifi hisoblanad



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə3/6
tarix02.04.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#92415
1   2   3   4   5   6
Sun\'iy intellekt mustaqil ish 1

Sun'iy intellekt sohasida o'tgan asrning o'rtalaridan boshlab tadqiqot ishlari boshlangan. Ingliz matematigi va kriptografi Alan Tyuring (1912-1954) mazkur yo'nalishda ilk tadqiqot muallifi hisoblanadi.

Xususan, 1950 yili texnologiyalar imkoniyatlari insonlarni aql jihatdan ortda qoldirishi haqida savollarga asoslangan maqola chop etilgan. Uning muallifi Alan Tyuring edi. Keyinchalik olim o'zining nomi bilan atalgan “Tyuring testi” tartibini ishlab chiqdi.

Sun'iy intellekt sohasida dastlabki ishlar “Sun'iy intellekt” atamasi 1956 yilga kelib paydo bo'ldi. Shu yilning yozida AQSHning Dartmut universitetida sun'iy tafakkur masalalari bo'yicha anjuman bo'lib o'tdi. Unda Klod Shennon (Bell Laboratories), Nataniel Rochester (IBM), Gerbert Saymon (Karnegi universiteti, Trenchard Mur (Prinston universiteti), Jon Makkarti (Dartmut universiteti), Marvin Minski (Garvard universiteti) kabi olimlar ishtirok etgan.

Ushbu anjumanda ma'ruza qilgan amerikalik informatika sohasidagi olim Jon Makkarti (1927–2011) “Artificial Intelligence” (“Sun'iy tafakkur”) atamasi muallifi sifatida tarixga nom qoldirdi.

XX asrning 80-yillari sun'iy intellekt – kashfiyot deya e'tirof etila boshladi. Olimlar ushbu yo'nalishda darsliklar ishlab chiqa boshladilar.

Shuningdek, 1997 yilda shaxmat bo'yicha Jahon chempioni Garri Kasparovni mag'lubiyatga uchratgan mashhur shaxmat dasturi – “Deep Blue” yaratildi. Shu yillarda Yaponiyada neyron tarmoqlari asosida 6-avlod kompyuter loyihasi ishlab chiqilayotgan edi.

Sun’iy intellektning amaliy qo’llanilishida sezilarli yutuq 70-yillarda sodir bo’ldi, universal fikrlash algoritmini izlash ekspert-mutaxassislarning aniq bilimlarini modellashtirish g’oyasi bilan almashtirildi. Birinchi tijorat bilimlariga asoslangan tizimlar yoki ekspert tizimlar Qo’shma Shtatlarda paydo bo’ldi. Sun’iy intellekt bilan bog’liq muammolarni hal qilishda yangi - bilimlarni namoyish etish yondashuv yaratildi. "MYCIN" va "DENDRAL" - tibbiyot va kimyo bo’yicha zamonaviy klassik tizimlar yaratildi. Muayyan ma’noda ushbu ikkala tizimni diagnostik deb atash mumkin, chunki birinchi holda ("MYCIN") kasallik bir qator alomatlar (tana patologiyasi belgilari) bilan belgilanadi (tashxis qo’yiladi), ikkinchisida - kimyoviy birikma bir qator xususiyatlar bilan aniqlanadi. Asosan, sun’iy intellekt tarixining ushbu bosqichini ekspert tizimlarining tug’ilishi deb atash mumkin.


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin