1
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI ANDIJON
FAKULTETI 70-22 GURUH TALABASI
O’LMASBOYEV O’KTAMJONNING
FALSAFA FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Bilish va uning asosiy bosqichlari
2022-2023 o’quv yili
2
Mavzu: Bilish va uning asosiy bosqichlari
Reja:
1.
Bilishning mazmun va mohiyati
2.
Bilishning bosqichlari. Hissiy va mantiqiy bilish
3.
Bilish metodologiyasi: asosiy tushunchalar.
3
Kirish
Bizning zamonamizda, umuman olganda, bilimlarni faqat ilmiy bilimlar
bilan (yoki hatto ilmiy deb hisoblanadigan narsalar bilan) aniqlash va boshqa
barcha turdagi bilimlardan voz kechish yoki ularni faqat mumkin bo'lgan
darajada hisobga olish xatosiga yo'l qo'yish oson. ilmiy bilimga qiyosladi.
Bilish nazariyasi (gnoseologiya, epistemologiya)— falsafa bo’limi bo’lib, u
bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning ob’yektiv reallikka
munosabatini o’rganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini,
bilishning ishonchliligi va haqqoniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi.
Bilish nazariyasi hozirgi zamon fanida qo’llaniladigan usullar (tajriba,
modellashtirish, analiz va sintez va hokazolar) ni umumlashtirib, uning
falsafiy-metodologik asosi sifatida namoyon bo’ladi. Bilish jarayonida tajriba
va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) keng
ma’noda bo’lib, insonning jamiyatga ta’siri, tabiat hodisalarini o’zgartirishi,
yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shartsharoitlar yaratishi
tushuniladi. Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi bilimiga asoslangan amaliy
faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini belgilaydi. Sezgi,
tasavvur va tushunchalarimizning ob’yektivligini tekshirish bilish jarayonining
eng muhim vazifasidir. Amaliyot — haqiqat mezoni. Bilimlarimizning
haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiqlanadi. Bilish jarayoni jonli
mushohada (hissiy bilish)dan abstract (mavhum) tafakkurga, undan esa
amaliyotga o’tish bilan xarakterlanadi. Jonli mushohada, deganda biz sezgi,
idrok, tasavvur kabilarni, ya’ni sezgi a’zolari orqali tashki olamning miyaga
ta’siri natijasida paydo bo’ladigan in’ikos shakllarini tushunamiz.
4
Dostları ilə paylaş: |