Toshkent moliya instituti andijon fakulteti iqtisodiyot yo



Yüklə 48,61 Kb.
səhifə3/4
tarix16.12.2023
ölçüsü48,61 Kb.
#182317
növüReferat
1   2   3   4
amina iqtisodiyot

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Q=60-P.
2.Monopolistik sharoit
Monopolistik sharoitida faoliyat yurituvchi firmalar samarasiz faoliyat yuritishadi, chunki odatda narx siyosatini nazorat qilishga sarflanadigan xarajatlar aynan shu nazorat qilishdan keladigan daromaddan koʻproq hisoblanadi. Bundan tashqari monopolistik hokimiyatga ega firma ishlab chiqarishini chekli xarajat chekli daromadga teng boʻlganda toʻxtatadi. Vaholanki, bunda oʻrtacha umumiy xarajatlar hali minimal nuqtaga yetmagan boʻladi. Mukammal raqobatdan farqli ravishda monopolistik raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchi foyda olsada, jamiyat farovonligi bu holatda kamayadi. Bundan tashqari differensial tovarlar isteʼmolchi ehtiyojini yaxshiroq qondirgani uchun jamiyat uchun manfaatli mukammal raqobatdan koʻra monopolistik raqobat afzal koʻriladi. Boshqa muammo esa monopolistik raqobat reklamani rivojlantirishidadir. Albatta, makro iqtisodiy darajada bu muammo sifatida koʻrilmasada ammo mikro iqtisodiyotda, xususan iste'molchi tanlovi nazariyasi, iqtisodiy foyda va alternativ xarajatlar bogʻliq muammolarda bu hal qilinishi kerak boʻlgan muammo hisoblanadi. Reklamaning monopolistik raqobat sharoitida ishlashining ikkita yoʻli mavjud. Yaʼni, reklama firmaning qabul qiluvchi talab chizigʻini noelastikroq qilishi mumkin yoki reklama orqali firma tovarlariga talab ortadi. Ikki holatda ham firma yoki koʻproq tovar sotadi, yoki narxni oʻzi uchun foydali darajagacha oshiradi, yoki ikkala holat ham amalga oshib baribir firma foydasi oshadi. Bu firmaga oʻz savdo belgisini yaratishga imkoniyat beradi. Reklama isteʼmolchilarga ratsional omillarga tayanib emas, balki faqatgina uni nomi sababli koʻproq xarajat qilishga undaydi. Reklama himoyachilari esa savdo belgisi isteʼmolchilarga ishonchlilik belgisi hisoblanishi va kerakli tovarni topishga boʻlgan axborot xarajatlarini kamaytirishini aytishadi. Lekin, bu holat murakkabroq. Monopolistik raqobatga ega bozorda aniq axborotga ega boʻlish va uni qayta ishlashning oʻz xarajatlari mavjuddir. Monopol bozorda faqatgina 1 firma mavjudligi sababli axborot xarajatlari past. Mukammal raqobatda juda koʻp firmalar boʻlsa-da, tovarlar bir xilligi sababli bu holatda ham axborot xarajatlari nisbatan past. Ammo monopolistik bozorda firmalar koʻpligi va tovarlar bir-biridan farq qilishi sababli ratsional isteʼmolchi juda koʻp sonli brendlarni oʻrganishi kerak. Koʻpgina hollarda eng yaxshi brendni topishga ketgan xarajatlar ana shu eng yaxshi brenddan olingan foydaga qaraganda koʻproq boʻladi. Oqibatda isteʼmolchi zarar koʻradi. Isteʼmolchilar reklama orqali nafaqat reklama qilinayotgan brendni baholash uchun, balki boshqa isteʼmolchilar eʼtibor bermagan boshqa shunday brendlar borligini aniqlashga urinishadi. Uzoq muddatli oraliqda firmalarning asosiy maqsadi tarmoqda qolish hisoblanadi. Shu sababli ham firmalar MC=MR boʻlgunicha yoki eng minimal zarar keltiruvchi ishlab chiqarish hajmida ishlab chiqarishni toʻxtatishadi. Uzoq muddatli oraliqda istalgan ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish mumkin boʻlsa-da, tarmoqqa kirish uchun toʻsiqlarning juda kamligi foydani nolga tenglashtiradi. Agar qandaydir sabablarga koʻra bozorda narx oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatlardan kichik boʻlsa, bunday sharoitda hech qanday firma bu tarmoqda faoliyat yuritmaydi (narxlar jangi bundan mustasno). Uzoq muddatli oraliqda masshtabdan ijobiy samara ishlaganligi sababli SSSR iqtisodiyoti shiddat bilan oʻsadi, ammo keyinchalik turli salbiy omillar sababli masshtabdan salbiy samara ishlay boshladi. Buni SSSR iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot 1980—1991-yillar oraligʻida avval sekinlashgani, keyinchalik faqat pasayganligi buni isbotlaydi.
Monopolistik raqobat sharoitida maʼlum firmaning mahsulotiga talab funksiyasi berilgan Q=60-P. Firmaning xarajatlar funksiyasi TC=40+5Q². Firmaning maksimal foyda olishini taʼminlovchi monopol kuchga ega ishlab chiqarish hajmi topilsin. Belgilanuvchi narx va foyda topilsin.
Yechish:
1) TR = 60*Q-Q² , bundan MR = 60-2Q
2) Chekli xarajat topiladi. Bunda umumiy xarajatlar(Total Cost=TC) dan olingan hosila chekli xarajatga teng boʻladi(Marginal Cost=MC):
MC=TC'=10Q va foydani maksimallashtirish shartiga koʻra yoziladi.
10Q=60-2Q bundan ishlab chiqarish hajmi Q=5. Tovar narxi P=60-5=55
3) Maksimal foyda aniqlanadi.
TR (5)=275; TC(5)=165; Foyda P(5)=110



Yüklə 48,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin