O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
ANDIJON FAKULTETI
“SSST’’
yo’nalishi
I bosqich talabasi
SOBIROV HIKMATULLO
ning
FALSAFA
fanidan
,,Prezident Sh. Mirziyoyevning ,,Yangi
O’zbekiston strategiyasi’’
kitobining falsafiy
mohiyati mavzusida tayyorlagan
REFERATI
Bajardi:
SOBIROV HIKMATULLO
Tekshirdi:
ABDULLAYEV.T
Andijon – 2023-y.
Reja:
1.
Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi haqida
2.
Yangi
O’zbekiston
taraqqiyot
strategiyasida
belgilangan ustuvor yo’nalishlar
3.
Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi nomining
mazmun-mohiyati
Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi haqida
Yangi O‘zbekistonda mutlaqo
yangi milliy huquqiy tizim
shakllanmoqda. Ya’ni, “Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa,
qadri – eng muhim qadriyat” degan tamoyil e’tirof etilmoqda. Eng
asosiysi: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida
yillar davomida
amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat –
davlat” tamoyiliga o‘zgartirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoev taqdim etgan Yangi O‘zbekistonning
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasida
belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar va eng muhim vazifalarning
atroflicha tahlili shundan dalolat beradi.
Avvalambor, loyihasi muhokama
qilinayotgan asosiy tarixiy
hujjatning nomi – “Yangi O‘zbekiston tarraqiyot strategiyasi” deyiladi.
Prezidentimiz inauguratsiya nutqida qayd etganidek, o‘tgan saylov
davomida davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”
nomli
yangi kitobi birinchi navbatda Tadbirkorlar harakati – O‘zbekiston
Liberal-demokratik partiyasi elektorati o‘rtasida o‘ziga xos umumxalq
muhokamasidan o‘tkazildi.
Yangi
O‘zbekiston
strategiyasida
2017
yil
fevralida
Prezidentimizning Farmoni bilan tasdiqlanib, 5
yil davomida hayotga
izchil tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar,
xususan, asosiy natijalarga oid dalil va raqamlar ham keltirilgan.
Bitta raqamga e’tibor qarataylik: Harakatlar strategiyasini ijro etish
uchun 300 dan ortiq qonun va kodeks, Prezidentimizning 4 mingdan ortiq
farmon va qarorlari qabul qilingan. Shu tariqa
Harakatlar strategiyasi
yakuniga kelib, Yangi O‘zbekiston poydevorining huquqiy asoslari
yaratildi.
Yangi hujjat – Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi endi Yangi
O‘zbekistonning poydevorini tiklash va binosini qurishga qaratilgan. Bu
buyuk bunyodkorlik jarayoni 2026 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi
va yilma-yil amalga oshirib boriladi.
Jamoatchilik muhokamalari shu yil 15
yanvarda yakunlanadigan
mazkur Taraqqiyot strategiyasi zamirida qanday ma’no-mohiyat
mujassam, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Avvalambor, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”, degan
nomning mazmun-mohiyatiga muxtasar to‘xtalamiz. Zero, bu nomning
kelib chiqishi, fikrimizcha, bir qator muhim omillarga borib taqaladi.
Birinchi omil: ushbu nom Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi –
Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi ekanini anglatadi. Agar
Harakatlar strategiyasida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilab olingan bo‘lsa,
Taraqqiyot strategiyasida ham ushbu ustuvor yo‘nalishlar
davomiyligi
saqlab qolingan.
Shu bilan bir qatorda, taraqqiyot o‘zgarishlarining yangi tarixiy
bosqichda davom ettirilishi ko‘zda
tutilgan holda, Taraqqiyot
strategiyasiga 2 ta yangi ustuvor yo‘nalish qo‘shilyapti. Bulardan biri –
ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi –