Toshkent moliya instituti andijon fakulteti



Yüklə 69,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü69,72 Kb.
#162435
növüReferat
  1   2   3
falsafa (1)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR 
VAZIRLIGI 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
ANDIJON FAKULTETI 
“SSST’’
yo’nalishi 
I bosqich talabasi 
SOBIROV HIKMATULLO
ning 
FALSAFA
fanidan 
,,Prezident Sh. Mirziyoyevning ,,Yangi 
O’zbekiston strategiyasi’’ kitobining falsafiy 
mohiyati mavzusida tayyorlagan 
REFERATI 
Bajardi:
SOBIROV HIKMATULLO 


Tekshirdi:
ABDULLAYEV.T 
Andijon – 2023-y.
Reja: 
1.
 
Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi haqida 
2.
 
Yangi 
O’zbekiston 
taraqqiyot 
strategiyasida 
belgilangan ustuvor yo’nalishlar 
3.
 
Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi nomining 
mazmun-mohiyati 
 
 
Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi haqida 
Yangi O‘zbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim 
shakllanmoqda. Ya’ni, “Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, 
qadri – eng muhim qadriyat” degan tamoyil e’tirof etilmoqda. Eng 
asosiysi: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida yillar davomida 
amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat – 
davlat” tamoyiliga o‘zgartirilmoqda. 
Prezident Shavkat Mirziyoev taqdim etgan Yangi O‘zbekistonning 
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasida 
belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar va eng muhim vazifalarning 
atroflicha tahlili shundan dalolat beradi. 
Avvalambor, loyihasi muhokama qilinayotgan asosiy tarixiy 
hujjatning nomi – “Yangi O‘zbekiston tarraqiyot strategiyasi” deyiladi. 
Prezidentimiz inauguratsiya nutqida qayd etganidek, o‘tgan saylov 
davomida davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli 
yangi kitobi birinchi navbatda Tadbirkorlar harakati – O‘zbekiston 


Liberal-demokratik partiyasi elektorati o‘rtasida o‘ziga xos umumxalq 
muhokamasidan o‘tkazildi. 
Yangi 
O‘zbekiston 
strategiyasida 
2017 
yil 
fevralida 
Prezidentimizning Farmoni bilan tasdiqlanib, 5 yil davomida hayotga 
izchil tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar, 
xususan, asosiy natijalarga oid dalil va raqamlar ham keltirilgan. 
Bitta raqamga e’tibor qarataylik: Harakatlar strategiyasini ijro etish 
uchun 300 dan ortiq qonun va kodeks, Prezidentimizning 4 mingdan ortiq 
farmon va qarorlari qabul qilingan. Shu tariqa Harakatlar strategiyasi 
yakuniga kelib, Yangi O‘zbekiston poydevorining huquqiy asoslari 
yaratildi. 
Yangi hujjat – Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi endi Yangi 
O‘zbekistonning poydevorini tiklash va binosini qurishga qaratilgan. Bu 
buyuk bunyodkorlik jarayoni 2026 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi 
va yilma-yil amalga oshirib boriladi. 
Jamoatchilik muhokamalari shu yil 15 yanvarda yakunlanadigan 
mazkur Taraqqiyot strategiyasi zamirida qanday ma’no-mohiyat 
mujassam, degan savol tug‘ilishi tabiiy. 
Avvalambor, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”, degan 
nomning mazmun-mohiyatiga muxtasar to‘xtalamiz. Zero, bu nomning 
kelib chiqishi, fikrimizcha, bir qator muhim omillarga borib taqaladi. 
Birinchi omil: ushbu nom Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi – 
Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi ekanini anglatadi. Agar 
Harakatlar strategiyasida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilab olingan bo‘lsa, 
Taraqqiyot strategiyasida ham ushbu ustuvor yo‘nalishlar davomiyligi 
saqlab qolingan. 
Shu bilan bir qatorda, taraqqiyot o‘zgarishlarining yangi tarixiy 
bosqichda davom ettirilishi ko‘zda tutilgan holda, Taraqqiyot 
strategiyasiga 2 ta yangi ustuvor yo‘nalish qo‘shilyapti. Bulardan biri – 
ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi – 


O‘zbekistonning dunyoda yuz berayotgan global muammolarga 
munosabati negizida belgilangan yangi ustuvor yo‘nalishdir. 

Yüklə 69,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin