bir yo‘nalishni taraqqiyotning yangi bosqichida mantiqiy va izchil asosda
rivojlantirish hamda yangi ustuvor yo‘nalishlarda muhim natijalarga
erishish ko‘zda tutilmoqda.
Taraqqiyot strategiyasida asosiy e’tibor, bir tomondan, fuqarolik
jamiyatini
rivojlantirishga doir qonunlar, kodekslar, konsepsiya va
dasturlar qabul qilinishiga qaratilgan.
Ikkinchi
tomondan,
unda
qonun
ustuvorligini
taminlash,
konstitutsiyaviy islohotni hayotga izchil tatbiq etish, milliy iqtisodiyotni
rivojlantirish, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, manaviyatni
rivojlantirish,
shuningdek, global muammolarga O‘zbekistonning
munosabati, xavfsizlik va tashqi siyosat borasidagi muhim vazifalar
qamrab olingan.
Eng asosiysi, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi 7 ustuvor
yo‘nalishning bosh g‘oyasi – inson qadrini ta’minlashdir. Chunki,
Prezidentimizning saylovoldi dasturidagi asosiy g‘oya ham “Inson qadri
uchun” tamoyili edi.
Uchinchi omil: inson qadrini joyiga qo‘yishni qonuniy va tashkiliy-
huquqiy yo‘llar bilan hayotimizning barcha sohalarida milliy, mintaqaviy
va xalqaro hamkorlik darajalarida qanday qilib amalga oshirish kerak?
Taraqqiyot strategiyasida bu dolzarb savolga juda ko‘plab aniq
maqsadlarga qaratilgan amaliy javoblar bor.
Harakatlar strategiyasining har bir ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha hozirgi
kunga qadar 26 ta konsepsiya va bir qator dasturlar qabul qilingan bo‘lsa,
kelgusida Taraqqiyot strategiyasi doirasida 13 ta kodeks, 12 ta qonun,
ya’ni har bir ustuvor yo‘nalishda zarur qonun hujjatlari qabul qilinishi
ko‘zda tutilgan.
Jumladan, Tadbirkorlik kodeksining ishlab chiqilishi –
yurtimizda
tadbirkorlikni rivojlantirish va tadbirkorlar huquqlarini to‘liq himoya
qilishning mustahkam qonuniy asosiga aylanadi.
Bo‘lajak Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksda
fuqarolik jamiyatining huquqiy mezonlari o‘z aksini topadi.
Axborot kodeksi – shu vaqtga qadar amal qilayotgan ommaviy
axborot vositalari, jurnalistlar faoliyati, axborot va so‘z erkinligiga
bag‘ishlangan o‘ndan ortiq qonun kodifikatsiya qilingan yagona va yaxlit
qonun hujjati sifatida qabul qilinishining natijasi bo‘ladi.
To‘rtinchi omil: Yangi O‘zbekiston tarraqqiyot
strategiyasining
nafaqat nomlanishi, ayni chog‘da unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar
va muhim vazifalar ham milliy yoki mintaqaviy miqyosdagina emas,
balki global darajada ulkan ahamiyatga molik xalqaro hujjatlar bilan
uyg‘un va hamohangdir.
irlashgan Millatlar Tashkiloti 2015-2030 yillarda Barqaror taraqqiyot
maqsadlarini elon qilgan. Bu xalqaro hujjat o‘zbek tilida “Barqaror
taraqqiyot maqsadlari” yoki “Barqaror rivojlanish maqsadlari”, degan
nomlar bilan sizu bizga yaxshi tanish.
Dastlab
Harakatlar
strategiyasida,
endilikda
esa Taraqqiyot
strategiyasida ham O‘zbekiston bajarishni o‘z
zimmasiga olgan BMT
Barqaror taraqqiyot maqsadlarini mamlakatimiz hayotiga tatbiq etishning
aniq taktika va strategiyalari belgilab berilmoqda.
Boshqacha aytganda, O‘zbekiston tashqi xalqaro munosabatlarning
teng huquqli a’zosi sifatida o‘zining BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlari
bilan hamohang holda rivojlanishi, bu boradagi o‘ziga xos o‘rni va
ahamiyati, yanada muhimi, ibratli tajribasini butun dunyoga ko‘rsata oldi.
O‘z navbatida, Yangi O‘zbekiston tarraqqiyot strategiyasi ushbu muhim
taraqqiypravar jarayon uzluksiz davom etayotganidan dalolat beradi.
Bugungi kunda xalqaro hamjamiyat
tomonidan Taraqqiyot huquqi
to‘g‘risidagi konvensiya loyihasi ishlab chiqilyapti. Qolaversa, 35 yildan
buyon Taraqqiyot huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiya amal qilmoqda. Shu
ma’noda, O‘zbekiston Prezidenti taqdim etayotgan Taraqqiyot
strategiyasi xalqaro hamjamiyatning rivojlanish tendensiyalariga, butun
dunyoning taraqqiyot trendlariga to‘la mos keladi.
Shuni ham aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qo‘shma qarori bilan Barqaror taraqqiyot maqsadlarini
amalga oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy
parlament komissiyasi
tuzilgan.
Parlament komissiyasi Barqaror taraqqiyot maqsadlari ijro etilishini
parlament nazorati yo‘li bilan ta’minlamoqda. Binobarin, Taraqqiyot
strategiyasini amalda tatbiq etishda ham parlamentning roliga alohida
e’tibor qaratilayotgani juda muhim.
Dostları ilə paylaş: