Mavzu: Davlat strategiyasining tizimli boshqaruv omillari. Reja: Davlat strategiyasining tizimli boshqaruv omillari. O‘zbekiston milliy taraqqiyoti yangi bosqichi



Yüklə 40,97 Kb.
səhifə1/6
tarix14.07.2023
ölçüsü40,97 Kb.
#136542
  1   2   3   4   5   6

Mavzu: Davlat strategiyasining tizimli boshqaruv omillari.
Reja:
1. Davlat strategiyasining tizimli boshqaruv omillari.
2.O‘zbekiston milliy taraqqiyoti yangi bosqichi.


1. Davlat strategiyasining tizimli boshqaruv omillari.
Davlat strategiyasi o‘z mazmuniga ko‘ra, nazariy va metodologik asoslariga ega, rivojlanib kelayotganlar fanlardan. Bugungi kunda davlat strategiyasini amalga oshirishning tamoyillari, strukturaviy funksional asoslari rivojlangan mamlakatlar ta’limotida nazariy jihatdan muqim shakllanganligiga guvohmiz. Mazkur nazariy metodologik asoslar islohotlarning izchil yo‘nalishlarini kafolatlashga xizmat qiladi.
Strategik maqsadlar qanday omillar orqali erishiladi? Bu vazifa umumiy va xususiy, birlamchi va ikkinlamchi omillarni o‘zaro bog‘liq harakat qonuniyatlarini idrok etish va uyg‘un faoliyatiini ta’minlashga erishishdan boshlanadi. Hukumatlar aksariyat hollarda milliy strategik muvoffaqiyatlarni YAIMning o‘sishida, fuqarolarining farovonlik darajasining yuksalishida deb qaraydi. YAqin o‘tmishda davlatning birlamchi vazifalari hududlarini kengaytirish, hosildorlikni o‘stirish, oltin-neftni ko‘paytirish, armiyani mustahkamlash bilan izohlangan. Bugun milliy qadriyatlar bilan qurollangan davlatning strategik maqsadi fuqarlarning g‘oyaviy e’tiqodi, bilim-salohiyati, jamiyatdagi mukammal qonunlar va barqaror ijtimoiy institutlarning mavjudligi birlamchi omil sifatida qaraladi. G‘oyaviy iroda jamiyatni harakatga keltiradi. Harakatsiz harajat nolga teng. Bu nomoddiy resurlarning kengayishi bilan moddiy imkoniyatlarning rivojiga xizmat qiladi. YA’ni, ilm yangi bilimlarni vujudga keltiradi. Barqaror institutlar iqtisodning rivojiga, jamiyat institutlarining takomillashuviga, provard natijada ijtimoiy farovonlikka olib keladi. Strategik xatoga yo‘l qo‘ygan davlatlar islohotlarni iqtisodiy omillardan boshlaydi.
Davlat strategiyasining metodologik asoslari amaliy faoliyatni rejalashtirishda ma’lum nazariy me’yorlarga amal qilishni taqoza qiladi.

Yüklə 40,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin