Birinchi element aniq istiqbolli siyosatni shakllantirish jarayonini qamrab oladi. Uning dastlabki ustuni sifatida mazkur siyosatni omma e’tiboriga havola etish, ongiga singidirish, tadbiq etish vazifalarini belgilashga, imkoniyatlarni hisobga olishga qaratiladi.
Ikkinchi element maqsadga erishish yo‘lida moddiy va ma’naviy resurslarni to‘g‘ri taqsimlash, ketma-ket bog‘liq vazifalarni aniqlash orqali erishilinadi. Bunda asosiy e’tibor rejalarni amalga oshirish faoliyatini to‘g‘ri rag‘batlantirish muhim ahamiyat kasb qiladi.
Uchinchi element faoliyat natijalarining monitoringini tashkil qilish, samarali omillarni takomillashtirib borish, nazoratni ko‘chaytirish lozim, deb qaraydi. Mazkur unsurlar yaxlit jarayon sifatida biri ikkinchisini mustahkamlashga xizmat qiladi.64 Agar birinchi vazifalar ta’minlanmasa, qolgan bosqichlar amalga oshmaydi. YOki rasmiyatchilik holati vujudga keladi. SHu sababdan ushbu qonuniyatlar bir-biri bilan ziddiyatlarga ham kirishishi mumkin. Bunday vaziyatlar strategiya jamiyat sohalarini to‘liq qamrab olishga erishmaganligidan dalolat beradi. Masalan, fan-ta’limni rivojlantirmay turib yuqori texnologiyaga erishib bo‘lmaydi. YOki tadbirkorlik va xususiy mulk vakolatlarini kafolatlamasdan turib, iqtisodiyot, investitsiya sohalarini rivojlantirib bo‘lmaydi.
Xulosa qilib aytganda strategiya, bu – fundamental fan hisoblanadi. Uning asosiy tamoyillari va ilmiy kategoriyalari har bir millatning o‘ziga xos xususiyatlari asosida takomillashtiriladi hamda muvofiqlashtirladi. Ammo, har qanday strategiya – strategiyalash ob’ektidan qat’i nazar, umumiy tabiatga ega va, demak, umumiy nazariy asoslarga ega bo‘lishi lozim. SHu sababli strategiyaning yaxlit tizimi milliy, mintaqaviy, sohaviy va korparativ strategiyalarni integratsiyalashuvi jarayonlaridan hosil bo‘lib boradi.
2.O‘zbekiston milliy taraqqiyoti yangi bosqichi. Har bir davr o‘ziga xos siyosiy vaziyati bilan ijtimoiy hayot rivojiga ta’sir ko‘rsatadi. Har bir davrning o‘z ta’limoti va yondashuv tamoyillari yuzaga keladi. Ushbu vaziyatni anglash, shunga mos yo‘l-yo‘riq tanlash strategik tamoyillarning talablaridan hisoblanadi. Rivojlanishning o‘z qonuniyatlari mavjud bo‘lgani kabi, favqulotda ijtimoiy o‘zgarishlar ham rivojlanishning mohiyatiga zid keladi. Boshqacha qilib aytganda, inqilobiy ta’sirni jamiyatning o‘zi inkor qiladi. Tadrijiy ta’limot ijtimoiy qonuniyatlarning jamiyat imkoniyatlariga muvofiqlashtirilgani, uyg‘un siyosiy islohotlar belgilangani bilan samarali natijalar beradi. Iqtisodiy islohotlarning bozor munosabatlariga yo‘naltirilishi, infratuzulmalarning joriy etilishi, ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil etish, mulkdorlar qatlamining o‘sib borishi bilan jamiyatda inson manfaatlari, qonun ustuvorligi, ijtimoiy himoya kabi demokratik qadriyatlar ta’minlanadi. SHu tariqa yangi jamiyat asoslariga daxldor ijtimoiy omillar biri ikkinchisini to‘ldirishga xizmat qiladi.
Ko‘rib turganimizdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar strategik ta’limotlarga to‘liq mos keladi. Ular respublikamizning bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davrida davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishda namoyon bo‘lmoqda. Inchinun, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida Prezidenti SHavkat Mirziyoev mamlakat taraqqiyotining kompleks dasturini ilgari surdi. Bu hujjat «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» deb nomlandi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yillik tantanalariga bag‘ishlangan ma’ruzalarida muhtaram Prezident –“ Asosiy qomusimiz negizida yaratilgan Harakatlar strategiyasi bugungi kunda jonajon Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishda, innovatsion va industrial rivojlanish sari odimlashda beqiyos o‘rin egallamoqda deb, ulkan o‘zgarishlarga dahildor yangi g‘oyalarni ilgari so‘radi.
Mazkur dastur nafaqat ichki va tashqi siyosatdagi islohotlar sari tashlangan qadamda, balki, eng avvalo, davlatning xalqqa bo‘lgan munosabatini o‘zgarganligida namoyon bo‘lmoqda. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida ham mavjud o‘tkir muammolarga e’tibor qaratilib, ularni hal etishning aniq yo‘llari ko‘rsatib berildi. 2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinishi, 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash” yillarida amalga oshirilgan islohotlar asosida «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan insonparvar g‘oya izchillik bilan hayotga tatbiq etishning dasturiy chora-tadbirlari belgilandi. Bu borada davlat organlari hamda fuqarolarning o‘zaro munosabatiga bo‘lgan yondashuvni tubdan qayta ko‘rib chiqishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida qayd etildi. Mazkur erishilgan natijalar zaminida 2019 yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” sifatida davlatning strategik yo‘nalishlari yanada samarali, mustahkam va izchil qarorlar bilan boyitildi.