Va innovatsiyalar vazirligi angren universiteti mustaqil ish



Yüklə 24,05 Kb.
səhifə1/5
tarix29.07.2023
ölçüsü24,05 Kb.
#137959
  1   2   3   4   5
www.mitc.uz elektron hukumat tizimi imkoniyatlari.


OʻZBEKISTAON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN
VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANGREN UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH
Fan: Iqtisodiyotda information-kommunikatsion
texnologiyalar

MAVZU: www.mitc.uz elektron hukumat tizimi imkoniyatlari.



BAJARDI: I-101 guruhi talabasi
Pardayeva Ruxsora
TEKSHIRDI: katta oʻqituvchi
Uralov Sirojiddin


Angren - 2023
www.mitc.uz elektron hukumat tizimi imkoniyatlari.


Reja:
Kirish
Imkoniyatlarni kengaytirish — asosiy maqsad
Xorijda bu qanday yo‘lga qo‘yilgan
Hukumat — harakatda
Biznes uchun qulay

Kirish
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatda kechayotgan jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, islohotlar samaradorligini oshiradi, aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi, yangidan-yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Shu nuqtai nazardan aytganda, bugun “Elektron hukumat” degan tushuncha kundalik turmushimizdan chuqur o‘rin egallamoqda. Garchi respublikamiz aholisining hammasi ham bu haqda to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, vaqt o‘tishi bilan ushbu tizim jamiyat hayotining butun jabhasini qamrab olishini dunyo tajribasi ko‘rsatayapti.
Ta’kidlash joizki, “Elektron hukumat” atamasini an’anaviy hukumat tushunchasi bilan adashtirmaslik lozim. Mohiyatiga ko‘ra, mazkur tizim mamlakat miqyosida ma’muriy tartib-taomillarni avtomatlashtiradi, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga hamda ortiqcha sarf-xarajatlarning qisqarishiga zamin yaratadi.
Imkoniyatlarni kengaytirish — asosiy maqsad
Elektron hukumat faoliyati uch yo‘nalishda belgilangan. Ya’ni “davlat — davlat”, “davlat — biznes” va “davlat — fuqaro” yo‘nalishlarini qamrab oladi. Bu tizim idoralararo darajada davlat muassasalari o‘rtasida axborot almashish samaradorligini hamda joylarda rejalashtirish va boshqaruvning sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Jamoatchilik fikrini muntazam monitoring etib borish hamda unga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Davlat va biznes munosabatlarida esa ma’muriy tartib-taomillar avtomatlashtiriladi. Natijada biznesni ro‘yxatga olish, soliq hamda statistika hisobotlarini, bojxona deklaratsiyalarini topshirishda tadbirkorlarning vaqti va mablag‘i tejaladi. Elektron hukumat xalq bilan muloqot uchun qo‘shimcha mexanizmlarni yaratish, davlat organlari faoliyatining samaradorligi, tezkorligi hamda shaffofligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ijro intizomini yanada mustahkamlaydi.
Aytish kerakki, davlat boshqaruvi tizimiga “yagona darcha” tamoyilini joriy qilish ham ustuvor vazifalardan sanaladi. 2013 yili mamlakatimizda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushirildi. Joriy yilning mart oyiga kelib esa ushbu portalda 308 ta elektron xizmat joriy etildi. Bunda xizmatlar axborot (oflayn), yarimavtomat, avtomatlashtirilgan va interaktiv ko‘rinishlarda taqdim qilinayapti. Portal Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, ID.UZ identifikatsiya tizimi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki axborot tizimlari hamda resurslariga, normativ-huquqiy hujjatlar ta’sirini baholash tizimi portali (https://regulation.gov.uz)ga hamda “Tadbirkorlik” tizimiga ulangan. Hozirgi kunda “yagona darcha” axborot tizimi, yagona identifikatsiyalash axborot tizimiga integratsiyalash bo‘yicha ishlar olib borilayapti.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida to‘xtaladigan bo‘lsak, ular soni milliondan oshdi. Yana bir jihati, keyingi paytda portalda interaktiv davlat xizmatlari soni ortgani ham murojaatlar ko‘payishiga turtki bo‘ldi. Bugungi kunda 2400 dan ziyod davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shu jumladan, idoralar huzuridagi tuzilmalar ham Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xizmat taqdim qilib kelayapti.

Yüklə 24,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin