Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi nomining
mazmun-mohiyati
Jamoatchilik muhokamalari yakunlari bo‘yicha kelib tushgan taklif va
tavsiyalar asosida maromiga yetkazilganidan so‘ng davlatimiz rahbari
tomonidan imzolanishi kutilayotgan “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026
yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmon
asosida:
birinchidan, Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan
taraqqiyot strategiyasi;
ikkinchidan,
Yangi
O‘zbekistonning
2022–2026
yillarga
mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish
bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
uchinchidan,
Yangi
O‘zbekistonning
2022–2026
yillarga
mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha milliy
komissiya tarkibi tasdiqlanadi.
Xususan, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasining 11-
maqsadida “Xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini
takomillashtirish” muhim vazifa etib belgilanmoqda.
Xalq
bilan
ochiq
muloqotning
mexanizmlarini
yanada
takomillashtirish, muhim qarorlarni jamoatchilik fikrini inobatga olgan
holda qabul qilish amaliyotini kengaytirish, davlat organlariga kelib
tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini raqamlashtirish,
murojaatlarni tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash ko‘zda
tutilmoqda.
Eng
asosiysi, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026
yillarga
mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish
bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasida “Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi
shart” g‘oyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi “Xalqchil davlat” milliy
dasturini ishlab chiqish vazifasi zimmamizga yuklangani bejiz emas.
Albatta, ushbu Dastur loyihasi, ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribasini
inobatga olgan holda, belgilangan muddatda ishlab chiqiladi va taqdim
etiladi.
“Yo‘l xaritasi” loyihasida yana bir muhim vazifa – Xalq
qabulxonalarining huquqiy maqomini takomillashtirish masalasi uchun
mas’ul etib belgilanganmiz. Xalq qabulxonalari faoliyatining huquqiy
asoslarini takomillashtirish va ularning davlat boshqaruvi tizimidagi
maqomini mustahkamlashga qaratilgan Konstitutsiyaviy qonunni qabul
qilish bo‘yicha ishlarni allaqachon boshlab yubordik.
Xalq bilan bevosita muloqot qilish, yurtdoshlarimizning dardu
tashvishlari, muammolarini ijobiy hal etish bo‘yicha mutlaqo yangi
demokratik tizim – Xalq qabulxonalari o‘tgan besh yilda faoliyat yuritib
kelmoqda va o‘zini oqladi.
Bundan tashqari barcha davlat organlari faoliyatida “xalq dardiga
kuloq solish”, muammolarni joyida hal etish va xalqni rozi qilish
bo‘yicha samarali ishlar qilinmoqda.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasining 12-maqsadi
“Ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-
huquqiy asoslarini takomillashtirish” deb nomlangani bejiz emas.
Zero, bu o‘rinda ommaviy axborot vositalarining roli va
jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuchaytirish,
odamlarni qiynayotgan muammolar hamda islohotlarning ijrosi ahvolini
o‘rganishda ijod ahli mehnatidan samarali foydalanish ko‘zda tutilmoqda.
Bularning barchasi, o‘z navbatida, yurtimizda ta’sirchan jamotchilik
nazoratini o‘rnatishga xizmat qiladi.
Ma’lumki, Harakatlar strategiyasi doirasida yurtimizda ommaviy
axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi
o‘rni va ahamiyati qonunchilik negizida tubdan kuchaytirilgandi.
Taraqqiyot
strategiyasida
ana
shu tashkiliy-huquqiy
asoslarni
takomillashtirish ko‘zda tutilgani yangi davr talabidir.
Shu nuqtai nazardan, Taraqqiyot strategiyasi loyihasining 83-maqsadi
“Fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini
yanada mustahkamlash” deb atalgani hamda unda bir qator muhim
vazifalar ko‘zda tutilgani ham katta hamiyatga ega.
Avvalambor, bu o‘rinda axborot sohasini tartibga solishga qaratilgan
mavjud qonunlar O‘zbekiston Respublikasi Axborot kodeksi shaklida
unifikatsiya qilinishi haqida so‘z bormoqda. Shuningdek, fuqarolarning
axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanish madaniyati oshiriladi.
Turli yosh toifasi uchun mo‘ljallangan o‘quv kurslari hamda onlayn
dasturlar ommalashtiriladi. Xalq ta’limi va professional ta’lim tizimining
tegishli darsliklariga media savodxonlik bo‘yicha mavzular joriy qilinadi.
Shaxsiy va sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni internet
tarmog‘ida oshkor qilish bilan bog‘liq daxlsizlik huquqlari buzilishining
oldini olish ham ko‘zda tutilgan. Bunda Jinoyat kodeksi va Ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning daxlsizlik huquqlari bilan bog‘liq
moddalariga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi
qonun loyihasi tayyorlanadi.
O‘z navbatida, “Yo‘l xaritasi” 46-bandida qiynoqlarning oldini olish
bo‘yicha preventiv mexanizmlarni takomillashtirish haqida so‘z boradi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ushbu
vazifaning asosiy ijrochilaridan biridir.
Bunda, birinchidan, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha tegishli
xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqish taqozo
etiladi. Ikkinchidan, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv milliy
mexanizmning qonuniy asoslarini rivojlantirish kerak bo‘ladi. Hamkor
tashkilotlar bilan har ikki masala bo‘yicha, umuman, Taraqqqiyot
strategiyasi ijrosi doirasida o‘zaro hamjihatlikda faol ish olib boramiz.
Taraqqiyot strategiyasi loyihasining 19-maqsadi – advokatura
institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi va
tadbirkorlik sub’ektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bo‘lgan
talabini to‘liq qondirishdan iborat. Bunda:
advokatura institutini to‘laqonli o‘z-o‘zini boshqarish tizimiga
o‘tkazish, Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar
hamjamiyati oldidagi hisobdorligini kuchaytirish, tizimga yosh
malakali kadrlarni jalb qilish;
advokatlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy va samarali
mexanizmlari va institutsional asoslarini shakllantirish;
advokatlik faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy
qilish orqali ortiqcha byurokratiya va qog‘ozbozlikka chek qo‘yish,
sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari
bilan elektron hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
bepul huquqiy yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, notariat va
fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlarining xizmatlaridan
ovoragarchiliksiz, shu jumladan masofadan turib va “yagona darcha”
tamoyili asosida foydalanishni ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.
Yana bir muhim jihat: Loyihaning 90-maqsadida BMT organlari va
institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar
tashkilotlardagi faoliyatni kuchaytirish haqida so‘z boradi.
Ya’ni, O‘zbekistonni BMT tuzilmalari orqali dunyo hamjamiyatiga
keng tanitish;
O‘zbekiston rahbariyatining
BMT
doirasidagi
tashabbuslarini amalga oshirishni ta’minlash; BMT va uning
muassasalari bilan iqtisodiy-moliyaviy va konsultativ hamkorlikni
rivojlantirish bunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan
madaniy-gumanitar hamkorlikni jadallashtirish;
BMTning “Inson
huquqlari yo‘lida harakatga da’vat” tashabbusini ilgari surish uchun
barcha sheriklar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish istiqbollari
ko‘rsatib berilmoqda.
Muxtasar aytganda, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi
loyihasi negizida bir qancha yangi dasturlar, yangi konsepsiyalar, yangi
qonun hujjatlari qabul qilinishi nazarda tutilmoqda. Bu bilan
mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik
rivojlanishining keyingi bosqichida amalga oshiriladigan islohotlar keng
qamrab olinmoqda.
Shunday ekan, Taraqqiyot
strategiyasining
tasdiqlanishi
va
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi O‘zbekistonda demokratik huquqiy
davlat barpo etish hamda erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali
inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ulkan maqsad va vazifalarimizga
erishish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |