o
fanning ayrim mavzularini o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil
o’zlashtirish, o’quv manbalari bilan ishlash;
o
amaliy mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib kelish;
o
ma’lum mavzu bo’yicha referat tayyorlash;
o
kurs ishi (loyihalari)ni bajarish;
o
bitiruv malakaviy ishi uchun materiallar to’plash;
o
hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;
o
amaliyotdagi mavjud muammoning echimini topish, test, munozarali
savollar va topshiriqlar tayyorlash;
o
amaliy mazmundagi nostandart masalalarni echish va ijodiy ishlash;
o
uy vazifalarini bajarish va boshqalar;
Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa
shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi
topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta
o’ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, talabalarning
auditoriya mashg’ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish,
kengaytirish va to’ldirishga xizmat qilishi kerak.
Mustaqil ish tayyorlashnig mazmuni va shakllari
Mustaqil ish tayyorlashning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari mavzulari kelgusida
bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi.
Mustaqil ta'limni tashkil etish jarayonida talabalar mavzuga oid darsliklardan foydalanish
tavsiya etiladi. Mavzuni yoritish jarayonida moliyaviy boshqaruv, moliyaviy nazorat, davlat
byudjeti, sug'urta hamda xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatiga taaluqli va ularni tartibga
soluvchi me'yoriy hujjatlarni o'rganishga alohida ahamiyat qaratish lozim.
Bunda O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari,
Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining asosiy mazmuni talabalarga etkazilishi, ularning
mavzuga oid qismlaridan ko'chirmalar tarqatma material sifatida o'rganilishi tavsiya etiladi.
Qonun hujjatlarini o'rganishda axborot tizimlaridan foydalanish mumkin. Internet saytlari
ma'lumotlaridan samarali foydalanish, O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan
ishlar, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va ularning rasmiy saytlaridan yangi
ma'lumotlarni olib foydalanish lozim. Mustaqil ish tayyorlashni shakli bo'lib quyidagilar
hisoblanadi: taqdimot tayyorlash, ilmiy loyiha yozish, tarqatma materiallar (jadval, grafik,
chizma, sxemalar) tayyorlash.
Bundan tashqari, fan mazmunini boyitish va uning ma'lumotlarini yangilab borishda
axborot resurslaridan foydalanishni yo'lga qo'yish; fanning mazmunini yanada
takomillashtirish maqsadida tavsiya etilgan chet el adabiyotlari ma'lumotlarini tarjima qilish
va fanni chuqurroq o'rganish; talabalar fanni mukammal o'zlashtirish maqsadida mazkur
fanga oid muammolarni hal qilish yo'llarini izlab topish va muammolarni maqolalar orqali
yoritishlar ham kiradi.
Dostları ilə paylaş: