Mustaqil ish bajarilishi va jihozlash
Mustaqil ish bajarilishi jarayonida turli manbalardan axborotlar yig'ish va ularni
jamlashda, yozma ravishda o'zining fikrini bayon etishda, auditoriya oldida o'zining ravon
nutqi bilan chiqishda talabaning malakasi shakllanadi va oshadi. Talaba kutubxonalarda
faqat adabiyotlar bilan ishlashda cheklanmasdan, balki davlat tashkilotlari, statistika
boshqarmasi, jurnal, ro'znoma va internet saytlari ma'lumotlaridan foydalanishini bilish
lozim. Shuningdek, har bir talaba olingan zaruriy ma'lumot va axborotlarni to'g'ri va aniq
tahlil qilish muhimdir. Mustaqil ishlarning keng tarqalgan shakli taqdimotdir.Talabalar
taqdimotni seminar darslariga tayyorlab kelishlari mumkin. Taqdimotni adabiyotlarni
o'rganib, tanlangan mavzuga chuqur yondashib, o'z kuzatishlarini ham ishlata bilgan holda
tayyorlashlari kerak. Taqdimot tayyorlash jarayonida talaba adabiyotlar bilan ishlash, turli
manbalardan olgan materiallarini umumlashtirish va xulosa qilishga o'rganadi.
Taqdimot tayyorlash uchun talaba, avvalo, fanni nazariy jihatdan puxta o'zlashtirishi
kerak. Tanlab olingan mavzuni yoritish uchun kirish, 3-4 reja tuziladi va shu reja asosida
mavzu yoritiladi. Mustaqil ta'lim taqdimot ko'rinishida bo'lsa, u Power Point dasturida
tayyorlanadi va unda titul varog'i, mavzu, reja va slaydlardan iborat bo'lishi kerak.
Mustaqil ishning yana bir shakli "Ilmiy loyiha"dir. Ilmiy loyihani talabalarning ilmiy
ish yozishi, tadqiqot o'tkazishini dastlabki shakli sifatida ko'rish mumkin. Ilmiy loyiha
(lotincha refero- axborot beryapman) — biror ilmiy asar, o'qilgan kitob, maqola kabilar
mazmunining qisqacha yozma yoki og'zaki bayoni, o'rganilgan ilmiy masalaning natijasi
haqidagi axborot, tegishli adabiyot va boshqa manbalar obzorini o'z ichiga olgan ma'lum
mavzudagi doklad. Ilmiy loyiha odatda, ilmiy axborot vazifasini o'taydi. Unda muayyan
mavzu bilan birgalikda, tegishli ilmiy nazariyalar, xulosalar yoritilishi va tanqid qilinishi
mumkin. Ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o'quv yurtlarida ilmiy dokladlar sifatidagi «Ilmiy
loyiha»lar keng tarqalgan. Odatda talabalarning seminar mashg'ulotlariga tayyorlab
keladigan maxsus axborotlari ham «Ilmiy loyiha» deyiladi.
Ilmiy loyiha yozish bilan talaba ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni, statistik
ma'lumotlar va boshqa materiallarni to'plash, ularni qayta ishlash, ya'ni hisob kitob qilish,
tahlil qilish, o'rganilayotgan hodisalarga tanqidiy ko'z bilan qarashni, baholashni, nazariyani
amaliyot bilan bog'lashni o'rganadi.
Ilmiy loyiha mustaqil yozilib, uni yozish qoidalariga amal qilinsa, darslik bo'yicha
savolga tayyorlanib kelib, seminar darslarda so'zga chiqishga qaraganda katta foyda beradi.
Talaba «Ilmiy loyiha»da bildirgan o'z fikrini auditoriya oldida himoya qila olishi kerak.
Mustaqil ta'lim "Ilmiy loyiha" tarzida (kompyuterda) tayyorlanadigan bo'lsa, unda
titul varag'i, reja, asosiy matn va adabiyotlar ro'yxati ko'rsatiladi.
Mustaqil ish bajarishda talaba o'rganiyotgan mavzuning mohiyati va mazmunini
faqatgina asosiy matnda nazariy jihatdan yoritmasdan, balki mavzu bo'yicha amaliy
ma'lumotlardan
sxema,
grafik,
diagramma,
jadvallar
ko'rinishida
tarqatma
materiallartayyorlashlari va ularni tahlil qilish talablari qo'yilgan. Chunki, har qanday
mavzuning nazariy qismi amaliy topshiriqlar bilan to'ldirilganda dars samarasi yanada
yuqori bo'ladi
Shunday qilib, taqdimot tayyorlash, ilmiy loyiha va amaliy materiallar foydalanish
bir tomondan, ilmiy ishlarning yakuni sifatida, o'z ustida ishlashlari, izlanishlariga yakun
yasasa, ikkinchi tomondan, ularni yanada yangi ishlarga rag'batlantiradi, dunyoqarashini
rivojlanishi, o'z faoliyatini aniq maqsadga yo'naltirishga, yanada chuqurroq bilim olish, o'z
ustida ishlashga, iqtisodiy fikrlash, ilmiy izlanishga, fikrini mantiqiy izchillikda ham
og'zaki, ham yozma ravishda bayon qilishga o'rgatadi.
Mustaqil ishni bajarilishida talaba bu ishga ijodiy yondoshmog' i kerak. Talabalarni
fanini mustaqil o'zlashtirishlari uchun quyidagi talablar qo'yilgan:
-bir mavzuni yoritishda talaba faqatgina ilmiy adabiyotlardan emas, balki ham ilmiy
maqolalar, ham axborot vositalari, ham internet tarmoqlaridan birgalikda foydalanishi
lozim;
-o'rganilayotgan mavzu bo'yicha rivojlangan davlatlar tajribalari qay darajada
ekanligiga e'tibor berilishi lozim;
-Ilmiy loyiha reja asosida va talab darajasida tayyorlangan bo'lib, har bir reja bo'yicha
talaba o'z fikr mulohazalarini bayon etishi shart;
-mavzuni yoritishda keltirilgan statistik ma'lumotlar aniq va to'g'riligiga ishonch hosil
qilish uchun manbasi ko'rsatilishi shart;
-Ilmiy loyiha tarzda (kompyuterda) yoziladigan bo'lsa (A4 format qog'oz, chap-3 sm,
yuqori-2sm, past-2,5 sm, o'ng-1 sm va 14 shriftda, 1 interntervalda yozilishi kerak) 14-15
betdan va taqdimot ko'rinishida 10-15 slayddan iborat bo'lishi kerak, tarqatma materiallar
esa 8-10tadan kam bo'lmasligi lozim.
Mavzuni mustaqil o’zlashtirish
Dostları ilə paylaş: |