o’tkazilgan qarzlarni hisobdan o’chirishdan olingan daromadlar; undirilgan jarimalar, peniyalar, neustoykalar va xo’jalik shartnomasining boshqa shartlarini buzganligi uchun undiriladigan boshqa turdagi sanktsiyalar; korxona ichidagi oshxonalar, yordamchi xo’jaliklar va boshqalardan olinadigan daromadlar va tushumlar; moliyaviy faoliyatga doir daromadlar va sarflar. Bunda moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarni hisobga oladigan schyolar (9500) guruhi bo’yicha 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560 va 9590 schyotlar ochilib, daromadlar tegishli tarzda hisobga olib borilganligi tekshiriladi. Moliyaviy faoliyatdan ko’rilgan zararlarni tekshirishda auditor moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobga oladigan 9610, 9620, 9630 va 9690 schyotlarning ma’lumotlarini ham tekshiradi. Shuningdek, favqulodda olingan foydalar va ko’rilgan zararlar ham tekshirilishi lozim. Bunda auditor 9710«Favqulodda olingan foyda» va 9720«Favqulodda ko’rilgan zarar» schyotlarining analitik hisobi va dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini tekshirishi zarur. «Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxiga qo’shiladigan, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom»ning sharhlarida ko’rsatilishicha, xorijiy davlatlar amaliyotida favqulodda zararlarga quyidagilar kiradi: tabiiy ofatdan ko’rilgan katta yo’qotishlar; urush va boshqa siyosiy notinchliklar natijasida ko’rilgan yo’qotishlar; mamlakatda qonunchiligining o’zgarishi natijasida ko’rilgan yo’qotishlar, masalan, xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish (natsionalizatsiya) haqida qaror qabul qilish, ayrim faoliyat turlarini ta’qiqlash va boshqalar. Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: favqulodda