tasdiqlangan biznes-reja bajarilishini;
korporativ boshqarish tamoyillariga rioya qilinishini;
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobning holatini;
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’g’ri hisoblab chiqilishi va to’lanishini;
moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya etilishini;
aktivlarning holatini;
ichki nazoratning holatini tekshirish va ularning monitoringini olib borish yo’li bilan faqat ichki audit xizmati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
tuziladigan xo’jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o’tkazish;
buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda korxonaning tarkibiy bo’linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo’yicha maslahatlar berish;
texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshirishlarini o’tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning kuzatuvchi kengashiga ko’maklashish.
Kuzatuvchi kengash tomonidan korxona ixtisosidan kelib chiqib qonun hujjatlariga muvofiq tekshirishni o’tkazishning boshqa yo’nalishlari belgilanishi mumkin. B.A.Hasanovning ilmiy izlanishlarida ko’rsatilishicha ichki audit xizmatining asosiy vazifasi korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlangan o’zining Nizomi, mutaxassislik maqomi asosida korxona rahbariyatini mehnat unumdorligini va ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish bo’yicha axborotlar bilan ta’minlashdan iborat. Ichki audit tizimini yaratishda quyidagi muhim tamoyillar asos qilinib olinishi kerak.